Nabiev G‘ofurjon Nosirjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Korxonalarning to‘lovga qobiliyasizligi va sanatsiya jarayonlari buxgalteriya hisobi va tahlilini takomillashtirish”; 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5121
Ilmiy rahbar: Tursunov Ulug‘bek Sativoldievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.19.05 
Rasmiy opponentlar: Xojaev Azizxon Saidaloxonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Xasanov Baxodir Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: korxonalarning to‘lovga qobiliyasizligi va sanatsiya jarayonlari buxgalteriya hisobi va tahlilini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
sanatsiya jarayonida davlat subsidiyalari hisobini yuritish uslubiyoti 4870-“Olinadigan subsidiyalar” va 9381-“Davlat subsidiyalaridan daromadlar” nomli analitik ishchi schyotlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
sanatsiya jarayonlarida qisqa muddatli kreditorlik qarzlar muddatini 1 yildan ortiq muddatga kechiktirish bo‘yicha erishilgan bitimlar asosida joriy majburiyatlarni uzoq muddatli majburiyatlarga tasniflangan qismi hisobini yuritishda 7260-“Bitimlar asosida erishilgan uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar” ishchi schyotidan foydalanish taklif etilgan;
moliyaviy sog‘lomlashtirish taomillari amalga oshirilayotgan korxonalar moliyaviy-iqtisodiy ahvoli tahlilining asosiy ko‘rsatkichlari tizimi  “Qarz yuki koeffisienti”, “Qarzlarni pul oqimi orqali qoplash koeffisienti” va “Operatsion pul oqimlari orqali to‘lov qobiliyati koeffisienti” ko‘rsatkichlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
korxonalarning to‘lovga qobiliyasizligi va moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ta’sir kuchi ekonometrik modellashtirish asosida baholangan va 2030 yilgacha bo‘lgan muddatda korxonaning moliyaviy natijalari prognoz qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korxonalarning to‘lovga qobiliyasizligi va sanatsiya jarayonlari buxgalteriya hisobi va tahlilini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
sanatsiya jarayonidagi korxonalarda davlat subsidiyalari hisobini yuritish uslubiyotini 4870-“Olinadigan subsidiyalar” va 9381-“Davlat subsidiyalaridan daromadlar” nomli analitik ishchi schyotlar asosida takomillashtirish bo‘yicha bergan tavsiyasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi «Art soft tex” MChJ QK, Ksm Tex Group MChJ, Betlis Tekstil MChJ, Osiyo Grand Tekstil MChJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan(“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 14-avgustdagi 02/25-1974-sonli malumotnomasi). Mazkur tavsiyani joriy etilishi olingan subsidiyalarni buxgalteriya hisobida aniq va tizimli aks ettirishni ta’minlab, ularni maqsadli ishlatilishi, daromad hamda xarajatlarni to‘g‘ri tan olinishini obektiv baholash imkonini yaxshilagan;
sanatsiya jarayonlarida qisqa muddatli kreditorlik qarzlar muddatini 1 yildan ortiq muddatga kechiktirish bo‘yicha erishilgan bitimlar asosida joriy majburiyatlarni uzoq muddatli majburiyatlarga tasniflangan qismi hisobini yuritishda 7260-“Bitimlar asosida erishilgan uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar” ishchi schyotidan foydalanish bergan taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi «Art soft tex” MChJ QK, Ksm Tex Group MChJ, Betlis Tekstil MChJ, Osiyo Grand Tekstil MChJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan(“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 14-avgustdagi 02/25-1974-sonli malumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etilishi joriy va uzoq muddatli kreditorlik qarzdorliklarni aniq ajratish imkonini berib, moliyaviy hisobotlar ishonchliligi, shaffofligini ta’minlashga xizmat qilgan. Shuningdek, kreditor qarzdorliklarni qayta tasniflanishi natijasida korxona likvidlik va to‘lov qobiliyati bo‘yicha ko‘rsatkichlarini xolis baholash, to‘lov muddati kechiktirilgan kreditorlik qarzlarni nazorat qilish hamda moliyaviy tahlil sifatini oshirish imkoniyatlari yaxshilangan;
moliyaviy sog‘lomlashtirish taomillari amalga oshirilayotgan korxonalarda moliyaviy-iqtisodiy ahvol tahlilida takomillashtirilgan ko‘rsatkichlari tizimidan foydalanish bo‘yicha bergan taklifi O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi «Art soft tex” MChJ QK, Ksm Tex Group MChJ, Betlis Tekstil MChJ, Osiyo Grand Tekstil MChJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 14-avgustdagi 02/25-1974-sonli malumotnomasi). Mazkur tavsiyani joriy etilishi korxonaning real moliyaviy barqarorligiga obektiv baho berish imkoniyatini yaxshilab, qarz miqdorining daromad va pul oqimlariga nisbatini aniqlash hamda likvidlik va to‘lov qobiliyati xolati to‘g‘risidagi xulosalarni ishonchliligini mustahkamlashga xizmat qilgan;
korxonalarning to‘lovga qobiliyasizligi va moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ta’sir kuchi ekonometrik modellashtirish asosida baholangan va 2030-yilgacha bo‘lgan muddatda korxonaning moliyaviy natijalari bo‘yicha prognozi davlat ishtirokidagi sanoat korxonalarida foydalanish uchun qabul qilingan (“Davlat aktivlarini boshqarish agentligi”ning 2025-yil 18-avgustdagi 02/12-17/2571-sonli malumotnomasi). Mazkur tavsiyadan foydalanish xo‘jalik subektlarida 2030-yilga qadar to‘lovga qobilyasizlik hamda nolikvidlikga olib keluvchi omillarni oldini olishga qaratilgan aniq va ilmiy asoslangan prognozlar tuzish imkonini bergan. Shuningdek, mazkur modelni qo‘llash korxonalarda risklarni oldindan aniqlash, inqiroz ehtimolini kamaytirish va moliyaviy resurslarni oqilona taqsimlash, strategik rejalarni takomillashtirish, investisiya hamda kredit siyosatini asosli shakllantirish hamda uzoq muddatli barqaror rivojlanishni ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish