Turg‘unmirzaev Azmiddin Shamsitdin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Raqamli iqtisodiyot sharoitida sug‘urta kompaniyalari raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integrasiya”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5280
Ilmiy rahbar: Abduraxmonov Ilyos Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: To‘raev Shavkat Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sagdiev Ravshan Sayfullaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan Davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyt sharoitidi sug‘urta kompaniyalarini xizmatlarini rivojlantirish orqali raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘urta kompaniyalarida raqamli texnologiyalar asosida shakllangan “raqamli ekotizim” (marketpleys) modelini joriy etish orqali elektron sug‘urta shartnomalarini rasmiylashtirish hamda sug‘urta mahsulotlarini onlayn sotish (e-polis) jarayonlarini amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
jismoniy shaxslarni sug‘urtalash jarayonida elektron sug‘urta xizmatlari sifatini oshirish, sug‘urta mahsulotlarini xarid qilish jarayonini soddalashtirish va mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida blokcheyn texnologiyasi (DLT) hamda sun’iy intellekt asosida ishlovchi identifikatsiya, avtorizatsiya va verifikatsiya tizimlari orqali mijozlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda “Face ID” biometrik identifikatsiyalash tartibi taklif etilgan.
yangi va zamonaviy sotuv instrumentlarini joriy etish orqali chuqur analitik tahlilni talab qilmaydigan sug‘urta turlarini raqamli platformalar orqali taqdim etish natijasida rasmiylashtiriladigan sug‘urta shartnomalariga 15 foizlik “Cashback” taqdim etish asoslangan;
sug‘urta kompaniyalarida sug‘urta da’volarini onlayn tarzda taqdim etish, ko‘rib chiqish va hal etish jarayonlarining samaradorligi hamda shaffofligini oshirish maqsadida “bulutli texnologiyalar” va “Big Data” imkoniyatlaridan foydalanishga asoslangan holda sug‘urta ma’lumotlarini saqlash, qayta ishlash va boshqarishni ta’minlovchi “raqamli arxiv” tizimini joriy etish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida sug‘urta kompaniyalari raqobatbardoshligini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sug‘urta kompaniyalarida raqamli texnologiyalar asosida shakllangan “raqamli ekotizim” (marketpleys) modelini joriy etish orqali elektron sug‘urta shartnomalarini rasmiylashtirish hamda sug‘urta mahsulotlarini onlayn sotish (e-polis) jarayonlarini amalga oshirish mexanizmiga doir taklifi “O‘zbekinvest” EISK AJ sug‘urta kompaniyasi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekinvest” EISK AJning 20-avgust 2025-yildagi 01/2-02/3522-son ma'lumotnomasi). Natijada, sug‘urta shartnomasini rasmiylashtirish 4 barobarga qisqargan, mijozlar uchun sug‘urta mahsulotining qo‘shimcha qiymati yaratilgan, hamda sug‘urtalash jarayoni soddalashtirildi va mijozlar bilan uzlyuksiz aloqalar o‘rnatilishiga erishilgan;
jismoniy shaxslarni sug‘urtalash jarayonida elektron sug‘urta xizmatlari sifatini oshirish, sug‘urta mahsulotlarini xarid qilish jarayonini soddalashtirish va mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida blokcheyn texnologiyasi (DLT) hamda sun’iy intellekt asosida ishlovchi identifikatsiya, avtorizatsiya va verifikatsiya tizimlari orqali mijozlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda “Face ID” biometrik identifikatsiyalash tartibini qoʼllashga doir taklifi “O‘zbekinvest” EISK AJ sug‘urta kompaniyasi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekinvest” EISK AJning 20-avgust 2025-yildagi 01/2-02/3522-son ma'lumotnomasi). Natijada, kompaniyada blokcheyn protokollari qo‘llanilishi oqibatida shartnoma oldi ekspertiza, anderrayting jarayonlari tez va xavfsiz shartnomalarni rasmiylashtirishga erishilgan, hamda kompaniya 2024-yildagi sug‘urta shartnomalarining 27 foizi blokcheyn protokollari orqali rasmiylashtirilgan;
yangi va zamonaviy sotuv instrumentlarini joriy etish orqali chuqur analitik tahlilni talab qilmaydigan sug‘urta turlarini raqamli platformalar orqali taqdim etish natijasida rasmiylashtiriladigan sug‘urta shartnomalariga 15 foizlik “Cashback” taqdim etishga doir taklifi “O‘zbekinvest” EISK AJ sug‘urta kompaniyasi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekinvest” EISK AJning 20-avgust 2025-yildagi 01/2-02/3522-son ma'lumotnomasi). Natijada, raqamli platformalar orqali sug‘urta mahsulotlarini sotib olish ko‘rsatkichlari 2024-yilda o‘tgan 2023-yilga nisbatan 32 foizga oshgan, hamda raqamli xizmatlar va imtiyoz tizimlarining joriy etilishi kompaniyaga foyda olish bilan birga, raqobatbardoshlikni oshirish va mijozlar bazasini kengaytirishga olib kelgan;
sug‘urta kompaniyalarida sug‘urta da’volarini onlayn tarzda taqdim etish, ko‘rib chiqish va hal etish jarayonlarining samaradorligi hamda shaffofligini oshirish maqsadida “bulutli texnologiyalar” va “Big Data” imkoniyatlaridan foydalanishga asoslangan holda sug‘urta ma’lumotlarini saqlash, qayta ishlash va boshqarishni ta’minlovchi “raqamli arxiv” tizimini joriy etishga doir taklifi “O‘zbekinvest” EISK AJ sug‘urta kompaniyasi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekinvest” EISK AJning 20-avgust 2025-yildagi 01/2-02/3522-son ma'lumotnomasi). Natijada, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqish, sug‘urta da’volari jarayonini samarali boshqarish, ma’muriy va operatsion harajatlarni kamaytirish, himoyalangan hujjatlar aylanishi, raqamli arxiv va raqamli ish yuritish texnologiyalaridan keng foydalanish asosida 2024-yilga kelib 2023-yilga nisbatan 25 foizga operatsion xarajatlarni kamaytirishga, shuningdek da’volarni ko‘rib chiqish muddatlarini esa 15 kundan uch ish kuniga qisqartirishga erishilgan.