Berdimurodov Akmaljon Azamat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish yo‘nalishlari”, 08.00.04-“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1976
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Umarov Suxrob Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03
Rasmiy opponentlar: Aliev Yashnarjon Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nazarova Umida Avazovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligida joriy etilgan yangi texnologiyalarning innovatsion faoliyat samaradorligiga ta’sirini integral ko‘rsatkich orqali baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyatni rivojlantirish bilan bog‘liq tashkilot va subektlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni muvofiqlashtirish va boshqarish tizimi samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan “AgroUnion” raqamli platforma ishlab chiqilgan hamda uni amaliyotga joriy etish tartib-qoidalari va  mexanizmlari tavsiya etilgan;
qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, innovatsion echimlarni keng joriy etish va fermerlarni axborotlar bilan ta’minlash samaradorligini oshirish maqsadida @Fermer_yoldoshibot telegram-botning ishlash mexanizmi va undan foydalanish yo‘llari bo‘yicha amaliy-texnologik tavsiyalar tayyorlangan;
qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyatni moliyalashga ajratiladigan mablag‘lar hajmining 2029-yilgacha prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligida joriy etilgan yangi texnologiyalarning innovatsion faoliyat samaradorligini integral ko‘rsatkich orqali baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv Toshkent viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 12-dekabrdagi 05/04-04-885-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligida joriy etilgan innovatsion texnologiyalarni indekslar orqali innovatsion faoliyat samaradorligini aniqlash imkoniyati yaratiladi;
qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan “AgroUnion” raqamli platformaning ishlash tartibi va uni joriy etish mexanizmi bo‘yicha taklifi Toshkent viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 12-dekabrdagi 05/04-04-885-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, platforma orqali fermerlar, agronomlar, talabalar, tadbirkorlar va ilmiy xodimlarga kerakli ma’lumotlarni topish, amaliy maslahat olish va o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyati yaratiladi;
qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, innovatsion echimlarni keng joriy etish va fermerlarni axborotlar bilan ta’minlovchi @Fermer_yoldoshibot telegram-botning ishlash mexanizmi bo‘yicha taklifi Toshkent viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 12-dekabrdagi 05/04-04-885-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, undan foydalanuvchilar uchun qishloq xo‘jaligining turli sohalari bo‘yicha yagona axborot maydoni yaratilib, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish imkoniyati kengayadi;
qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyat uchun ajratiladigan mablag‘lar hajmining 2029-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari Toshkent viloyatida istiqbolda qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish istiqbollarini belgilash uchun foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 12-dekabrdagi 05/04-04-885-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2029-yilga borib, innovatsion faoliyat uchun ajratiladigan mablag‘lar hajmi 45,5 foizga o‘sib, 39648,7 mln. so‘mni tashkil etadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish