Alpomeshev Erkin Xolmurodovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Markovian bo‘lmagan kvant Langevin yondashuvi doirasida ikki o‘lchamli materiallarda magnitlanganlik, galvanomagnit va galvano-dissipativ effektlar (Magnetization, galvano-magnetic and galvano-dissipative effecs in two dimensional materials within non-Markovian quantum Langevin approach)”, 01.04.07 – Kondensirlangan holat fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/FM1418
Ilmiy rahbar: Adamian Gurgen Grigor’evich, fizika-matematika fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.05/2025.27.12.FM/T.13.01.
Rasmiy opponetlar: Djumanov Safarali, fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Abdulazizov Baxrom Toshmirza o‘g‘li, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot ishining maqsadi tashqi elektr va magnit maydonlarda hamda dissipativ muhitda ikki o‘lchamli kvant sistemalarining Markovian bo‘lmagan dinamikasini tavsiflash uchun formalizmni ishlab chiqish, shuningdek uni grafen va ikki o‘lchamli elektron gazida diamagnetizm hodisalari, Shubnikov-de Haas tebranishlari va kvant Xoll effektini tahlil qilishda qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta grafenning diamagnit magnitlanganligining magnit maydon kuchlanganligi va haroratiga bog‘liqligi nazariy jihatdan tasvirlangan va uning tashqi elektr maydon chastotasi, siklotron va kollektiv chastotalar hamda termostat anizotropiyasi parametrlariga bogʻliq holdagi xatti-harakatlarining tabiati bashorat qilingan;
birinchi marta Shubnikov-de Haas tebranishlari va kvant Xoll effekti Langevinning Markovian bo‘lmagan kvant yondashuvi doirasida zaryad tashuvchilarning atrof-muhit bilan o‘zaro ta’siri hamda ikki jismli (two-body) effektlarini hisobga olgan holda tasvirlangan;
galvano- va termomagnit effektlarning relaksatsiya vaqti va o‘rtacha to‘qnashuv vaqti o‘rtasidagi nisbatga sezilarli darajada kuchli bog‘liqligi hamda ularning qiymatlari deyarli bir-biriga yaqin bo‘lganda Shubnikov-de Haas tebranishlari va kvant Xoll effekti o‘tish jarayonlari ekanligi ko‘rsatilgan;
ikki o‘lchamli elektron gazida kvant Xoll effekti past va yuqori chastotali elektr maydonlarida, zaryad tashuvchilarning dissipativ muhit bilan o‘zaro ta’siri hamda ikki jismli korrelyasiya effektlarini hisobga olgan holda tasvirlangan;
birinchi marta klassik Xoll effekti ikki o‘lchamli nomagnit materiallarda tashqi magnit maydon bo‘lmagan holda va Markovian bo‘lmagan effektlarni hisobga olgan holda bashorat qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tashqi bir jinsli magnit va vaqtga bog‘liq elektr maydonlarida zaryad tashuvchilarning Markovian bo‘lmagan dinamikasini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asoslanib:
grafenning diamagnit magnitlanganligining magnit maydon va haroratga bog‘liqligi, shuningdek, magnitlanganlikning elektr maydon chastotasi, siklotron, kollektiv chastota va termostat anizotropiyasi parametrlariga bog‘liqligi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetida OT-F2-09-sonli “Ko‘pkomponentli oksid kristallarining spektral xususiyatlariga optik va ionlashtiruvchi nurlanish ta’siri mexanizmlarining fizik asoslari” (2017-2020) fundamental loyihasi doirasida (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining 2025-yil 3-noyabrdagi 04/11-26545-sonli xati), shuningdek, xorijiy tadqiqotchilar tomonidan (xorijiy ilmiy jurnallarda Phys. Rev. B 110, L140405, 2024; Physica Scripta, 100, 115502, 2025) qo‘llanilgan. Olingan ilmiy natijalardan foydalanish ishqalanish koeffisienti qiymatlarini va burchak momentining haroratga bog‘liqligini vaqtga qarab hisoblash va baholash imkonini bergan;
Markovian bo‘lmagan kvant Langevin yondashuvi doirasida tasvirlangan Shubnikov-de Haas tebranishlari va kvant Xoll effekti Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetida OT-F2-09-sonli “Ko‘pkomponentli oksid kristallarining spektral xususiyatlariga optik va ionlashtiruvchi nurlanish ta’siri mexanizmlarining fizik asoslari” (2017-2020) fundamental loyihasi doirasida (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining 2025-yil 3-noyabrdagi 04/11–26545-sonli xati), shuningdek, xorijiy tadqiqotchilar tomonidan qo‘llanilgan (xorijiy ilmiy jurnallarda havolalar Phys. Rev. A 112, 012207, 2025; Materials Today Physics, 59, 101928, 2025; Phys. Lett. A 131185, 2025; Hans Journal of Chemical Engineering and Technology, 15-jild, 5-son, 278, 2025). Natijalardan foydalanish oksid kristallaridagi magnitlanishni aniqlash imkonini bergan;
tashqi elektr va magnit maydonlari va dissipativ muhitdagi ikki o‘lchamli kvant sistemalarining Markovian bo‘lmagan dinamikasini tasvirlash uchun formalizm, shuningdek, muvozanatsiz statistik fizika va kvant mexanikasining matematik apparati Malayziya Xalqaro Islom Universitetida Oliy ta’lim vazirligining FRGS19–039–0647-sonli “Neytronga boy yaxshi deformatsiyalangan lantanoid yadrolarining qo‘zg‘aluvchan holatlar dinamikasi” (2019–2023) granti doirasida qo‘llanilgan (Malayziya Xalqaro Islom Universitetining 2025-yil 7-oktyabrdagi 042–KOE–25-sonli xati). Natijalardan foydalanish anomaliyalarni aniqlash, yadro fizikasi sohasida ilgari noma’lum bo‘lgan o‘zaro ta’sirlarni bashorat qilish va simulyasiya qilish hamda zarrachalar dinamikasidagi xaotik xatti-harakatlarni tahlil qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish