Xamzaeva Shaxlo Mo‘minovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Anor tuplarini ko‘madigan mashina uyumlagich-yotqizgichining parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T3505.
Ilmiy rahbar: Rasuljonov Abduraxmon Ravshanbek o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.08/2025.27.12.T.13.01.
Rasmiy opponentlar: Kambarov Baxtiyor Akbaralievich – texnika fanlari doktori, dotsent; Musurmonov Azzam Turdievich – texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi anor tuplarini ko‘madigan mashina uyumlagich-yotqizgichining agrotexnika talablari darajasidagi ish sifatini ta’minlaydigan parametrlarini asoslash orqali uning ish ko‘rsatkichlarini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anor tuplarini ko‘madigan mashina uyumlagich-yotqizgichining konstruktiv sxemasi va texnologik ish jarayoni anor shoxlarini o‘rtaga uyumlanishi hamda ularga shikast etkazmasdan yotqizilishini ta’minlashi hisobga olinib ishlab chiqilgan;
anor tuplarini ko‘madigan mashina uyumlagich-yotqizgichining anor bilan o‘zaro ta’sirlashish jarayonlarini ifodalaydigan matematik modellar va uning parametrlari hamda tortishga qarshiligini aniqlash imkonini beradigan analitik bog‘lanishlar anor tanasi va shoxlarining fizik-mexanik xossalari hisobga olib keltirib chiqarilgan;
uyumlagich yon devorining harakat yo‘nalishiga nisbatan o‘rnatilish burchagi anor shoxlarini yon devor bo‘ylab sirpanishi ta’minlanishi, u roligining shakli esa anor shoxlari uyumlagichning o‘rtasiga uyumlanishi shartlaridan kelib chiqib asoslangan;
anor tuplarini ko‘madigan mashina uyumlagich-yotqizgichining ish ko‘rsatkichlarini uning parametrlariga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlari hamda ularni ifodalaydigan empirik formulalar va regressiya tenglamalari agregat harakat tezligini hisobga olib keltirib chiqarilgan;
anor tuplarini ko‘madigan mashina uyumlagich-yotqizgichining maqbul parametrlari ularni uning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholaydigan regressiya tenglamalarini anor tanasi va shoxlari minimal darajada shikastlanishi shartidan birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Anor tuplarini ko‘madigan mashina uyumlagich-yotqizgichining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan uyumlagich-yotqizgich bilan jihozlangan anor tuplarini ko‘madigan mashina Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi “Usmonobod anorzori” hamda Mirzaobod tumanidagi “Zulfiya Umarova” fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2025-yil 5-maydagi № 05/01-05/02-05/04-03-171-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, anor tuplarini ko‘madigan mashinaning ish ko‘rsatkichlari agrotexnika talablariga to‘liq javob berib, u qo‘llanilganda amaldagi texnologiyaga nisbatan mehnat sarfi 95,7 foizga va ekspluatatsion xarajatlar 20,9 foizga kamaygan;
anor tuplarini ko‘madigan mashinaning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2025-yil 5-maydagi № 05/01-05/02-05/04-03-171-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, uyumlagich-yotqizgich bilan jihozlangan anor tuplarini ko‘madigan mashinaning sanoat nusxalarini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.