Gafurova Mexrnoz Odiljonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektr magnit maydon asosida oqova suvlarni tozalash qurilmasini takomillashtirish”, 05.05.02 – “Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualari va qurilmalar” (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2886.
Ilmiy rahbar: Abidov Kudrat Gayratovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.28.11.T.02.01.
Rasmiy opponentlar: Pirmatov Nurali Berdiyorovich, texnika fanlari doktori, professor; Kolesnikov Igor Konstantinovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektr magnit maydon asosida boshqariladigan oqova suv tozalash qurilmasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektr magnit maydon ta’sirining chulg‘amda hosil qiladigan magnit induksiyasi va tok zichligi tahlili asosida chulg‘amdagi issiqlik yo‘qotishlarini kamaytirish hisobiga oqova suv tozalash qurilmasining chulg‘am parametrlari takomillashtirilgan;
sanoat oqova suvlari tarkibining fizik-kimyoviy xususiyatlarini inobatga olgan holda boshqaruv chulg‘amlarining ish rejimlarini optimallashtirish hisobiga energiya samarador elektr magnit maydon ta’sirida oqova suv tozalash qurilmasining yangi sxemasi takomillashtirilgan;
reagentlarsiz tozalash jarayonida elektr magnit maydon ta’sirini hisobga olish asosida maydon kuchlanganligi va tok parametrlarining o‘zaro bog‘liqligini hisobga olib uyurmali aylanuvchi elektromagnit maydon ta’sirida oqova suv tozalash jarayonining matematik modeli takomillashtirilgan;
oqova suvlarni elektr magnit maydon asosida tozalash jarayonining elektr energiya sarfi va quvvat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish asosida tok, kuchlanish va chastotaning ta’sirini hisoblash hisobiga suv tozalash qurilmasining energetik tavsiflari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat korxonalarida elektr magnit maydon asosida oqova suvlarni tozalash qurilmasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
elektr magnit maydon asosida oqova suv tozalash qurilmasini takomillashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan qurilmaga foydalanilgan quvurga foydali model uchun patent olingan (2025-yil 20- dekabrdagi № FAP 2887). Natijada, taklif etilayotgan energiya tejamkor suv o‘tkazgich quvurida issiqlik izolyasiyalovchi materialdan tayyorlangan qobiqdagi isitish elementlarini turli elektr yuklamasining qiymatiga qarab, elektr energiyasining minimal sarflash imkoniyati yaratilgan;
 reagentlarni ishlatmaslikni hisobga olgan holda, elektr  magnit maydon asosida oqova suvlarni  tozalash qurilmasi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ da joriy qilingan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ ning 2025- yil 12- dekabrdagi №12-25/01-01734 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 1 m3 oqova suv tozalash uchun elektr energiyasi 2,5 kW.soatdan, 1,205 kW.soatga kamaytirish,  reagentlardan voz kechish natijasida resurslarni 20% ga tejash hamda elektr magnit maydonda korroziya va cho‘kindilarning yo‘qligi hisobiga ekspluatatsiya muddatini 2 barobarga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish