Muhiddinov Obidjon Omonjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Poezdlar harakatini markazlashtirilgan dispetcherlik boshqarish tizimining funksional imkoniyatlarini takomillashtirish, 05.08.03 – Temir yo‘l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5736.
Ilmiy rahbar: Boltaev Sunnatillo Tuymurodovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.10/2025.27.12.T.01.06 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Avazov Yusuf Shodievich, texnika fanlari doktori, professor, Kamaletdinov Shoxrux Shuxratovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi poezdlar harakatini markazlashtirilgan dispetcherlik boshqarish tizimining funksional imkoniyatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
poezdlar harakatini xavfsizligini ta’minlash uchun markazlashtirilgan dispetcherlik tizimining chiziqli punktlarida mantiqiy dasturlanadigan kontrollerlar asosida poezdlar harakatini nazorat qilish va boshqarish usulining matematik modeli yaratilgan;
temir yo‘l uchastkalaridagi markazlashtirilgan dispetcherlik tizimlarining chiziqli punktlari uchun nazorat qilish va boshqarish qurilmalarida ma’lumotlarni himoyalangan kodlar asosida shakllantirish usuli ishlab chiqilgan;
markazlashtirilgan dispetcherlik tizimlarining temir yo‘l uchastkalaridagi chiziqli punktlarida signallashtirish markazlashtirish va blokirovka qurilmalarining holatini inobatga olgan holda ma’lumotlarni markaziy post qurilmalariga yuborish orqali poezd marshrutlarini avtomatik tayyorlash usuli takomillashtirilgan; 
poezdlar harakatini markazlashtirilgan dispetcherlik tizimining chiziqli punktida signallashtirish, markazlashtirish va blokirovka qurilmalari holatini hisobga olgan holda signallashtirish va aloqa masofasi filiali navbatchi muhandisining avtomatlashtirilgan ish joyidagi yo‘l qismining holatini real vaqtda nazorat qilish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Poyezdlar harakatini markazlashtirilgan dispetcherlik boshqarish tizimining funksional imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
poyezd marshrutlarini avtomatik tayyorlash, signallashtirish, markazlashtirish va blokirovka obyektlarida ma’lumotlarni shakllantirish usullari “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Toshkent signallashtirish va aloqa” masofasi filiali “Xamza” stansiyasidagi markazlashtirilgan dispetcherlik tizimiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 24-dekabrdagi № 4/12857-son ma’lumotnomasi). Natijada chiziqli punkt obyektlari haqida ma’lumotlarni shakllantirish, poyezdlar harakatini nazorat qilish va boshqarish orqali markazlashtirilgan dispetcherlik tizimning har bir temir yo‘l uchastkasidagi kanallar soni 5 tadan 2 tagacha kamaytirilgan;
temir yo‘l qismlarini real vaqtda nazorat qilish usuli, signallashtirish va aloqa masofasining navbatchi muhandisining avtomatlashtirilgan ish joyi “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Toshkent signallashtirish va aloqa” masofasi filialiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 24-dekabrdagi № 4/12857-son ma’lumotnomasi). Natijada signallashtirish, markazlashtirish va blokirovka qurilmalarining holatini inobatga olgan holda markaziy post qurilmalariga yuborish, “Signallashtirish va aloqa” masofasi filialining navbatchi muhandisi tomonidan chiziqli punktlarda sodir bo‘ladigan barcha nosozliklarni tezkor aniqlash bosqichlari 2 barobarga kamaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish