Atajanov Maxmud Kenjabaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Shaharlarda yo‘lovchilar tashish faoliyatini maqbullashtirishda multimodal tashish texnologiyalarini qo‘llash uslubini takomillashtirish, 05.08.01 – Mamlakat, uning mintaqa, shahar va sanoat markazlarining transport tizimlari. Transport logistikasi (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4510
Ilmiy rahbar: Sidiknazarov Kaxramon Millebaevich, texnika fanlari nomzodi, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.10/2025.27.12.T.01.06 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdunazarov Jamshid Nurmuxammatovich, texnika fanlari doktori, professor; Merganov Avaz Mirsultanovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti. 
II. Tadqiqotning maqsadi shaharlarda yo‘lovchilar tashish faoliyatini maqbullashtirishda multimodal tashish texnologiyalarini qo‘llash uslubini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
modallar soni velotransport hisobiga ko‘payganini inobatga olgan holda yo‘lovchilarning manzillararo transport turini tanlash ehtimolligini baholash uslubi matematik diskret tanlov modeli asosida maqbullashtirilgan;
multimodal tashish texnologiyasi tamoyillarini hisobga olgan holda muntazam xizmatni ta’minlashga xissa qo‘shuvchi muqobil transport turlarini tasarruf etishning maqbul masofa chegarasi yo‘lovchi tashish samadorligini segmentlarga ajratib baholash orqali asoslangan;
multimodal tashish texnologiyalari elementlarini inobatga olgan holda, graflar nazariyasi – neyron tarmoqlari orqali transport turini va harakatlanish yo‘nalishlarini o‘zgartirish hisobiga yo‘lovchilarning manzillararo aloqa tezligini oshirish uslubi takomillashtirilgan;
yo‘lovchilarning manzillararo qatnovida barcha transport turlari afzalliklarini hisobga olgan holda texnik samaradorlikka asoslangan barqaror xizmatni tanlashning diskret modeli chiziqli regressiya tenglamalari yordamida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaharlarda yo‘lovchilar tashish faoliyatini maqbullashtirishda multimodal tashish texnologiyalarini qo‘llash uslubini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
multimodal tashish texnologiyasi velotransport hisobiga ko‘paytirilib samaradorlikka asoslangan qatnov vositasini tanlashning maqbullashtirilgan harakatlanish uslubiyoti, muntazam xizmatni ta’minlashga xissa qo‘shuvchi transport turlari muqobillarini tasarruf etishning maqbul masofa chegarasi, yo‘lovchilarning manzillararo aloqa tezligini oshirish uslubi, multimodal tashishda texnik samaradorlikka asoslangan barqaror xizmatni tanlashning diskret modeli “TAShMEDIYaTRANS” MChJ ga joriy qilingan (O‘zbekiston Respubliksai transport vazirligining 2024 yil 2 fevraldagi 4/889 son ma’lumotnomasi). Natijada manzillararo qatnovdagi transportni kutish vaqtini kamaytirilishiga muvaffaq bo‘lingan, transport turlarini tasarruf etishning maqbul masofa chegarasi 6 km bo‘lishi asoslangan, transmodal usulda qatnovga nisbatan multimodal usulda qatnovning aloqa tezligi 50 foizga, yunimodal usulga nisbatan multimodal usuldagi qatnovning aloqa tezligi 57 foizga yuqori natijani qayd etgan, velotransport xizmati orqali qatnov vaqti 100 foizga orsa, yo‘lovchilarning ushbu transport turini tanlashidagi salbiy ta’sir 6 foizga o‘zgarishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish