Ablaeva Alie Ayderovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Temir yo‘l aloqa vositalarini kafolatlangan uzlyuksiz elektr ta’minoti tizimini boshqarish va nazorat qilish usulini takomillashtirish, 05.08.03 – Temir yo‘l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T6014
Ilmiy rahbar: Yaronova Natalya Valerevna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.10/2025.27.12.T.01.06 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Reymov Kamal Mambetkarimovich, texnika fanlari doktori, professor, Boltaev Sunatillo Tuymurodovich texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l aloqa vositalarining kafolatlangan uzlyuksiz elektr ta’minoti tizimini boshqarish va nazorat qilish usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
baholashlar dispersiyasini kamaytirish va butun tizimning to‘liq ishdan chiqish ehtimolini aniq baholashni ta’minlash imkonini beruvchi nazoratli o‘zgaruvchini qo‘llash orqali temir yo‘l aloqa vositalarining elektr ta’minoti ishonchliligini modellashtirish usuli takomillashtirilgan;
muqobil energiya manbalari va invertorlarni qo‘llash hisobiga energiyaning saqlanish qonuniga asoslangan holda, talab etilgan parametrlarning sof sinusoidal kuchlanishini shakllantirishni ta’minlovchi kafolatlangan elektr ta’minotini tashkil etish tizimi takomillashtirilgan;
datchiklar va sanoat mantiqiy kontrollerlarini qo‘llagan holda temir yo‘l aloqa vositalarining elektr ta’minoti parametrlarini boshqarish va nazorat qilish tizimining asosiy va zaxira ta’minot manbalari parametrlarining uzlyuksiz telemetriyasini ta’minlaydigan o‘z-o‘zini zaxiralash usuli yaratilgan;
temir yo‘l aloqa vositalarining kafolatlangan uzlyuksiz elektr ta’minoti tizimini parametrlarini tartibga solishni ta’minlash va uning himoyalanganligini oshirish uchun elektron kalitni qo‘llash asosida boshqarish va nazorat qilish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temir yo‘l aloqa vositalarini kafolatlangan uzlyuksiz elektr ta’minoti tizimini boshqarish va nazorat qilish usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
muqobil ta’minot manbalari va invertorlarni qo‘llash hisobiga kafolatlangan sinusoidal elektr ta’minotini tashkil etish tizimini takomillashtirish usuli, shuningdek, datchiklar va sanoat mantiqiy kontrollerlarini qo‘llash orqali temir yo‘l aloqa vositalarining elektr ta’minoti parametrlarini boshqarish va nazorat qilish tizimini o‘z-o‘zini zaxiralash usuli “Temiryo‘linfratuzilma” AJning “Toshkent signallashtirish va aloqa masofasi” temir yo‘l stansiyalari obektlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 20-yanvardagi № 4/500-son ma’lumotnomasi). Natijada pog‘onali invertirlashni qo‘llash hisobiga garmonik buzilishlar darajasi 1,71% oshmaydigan sof sinusoidal kuchlanish hosil bo‘lishini ta’minlash imkonini bergan, bu esa xalqaro standartlarga mos keladi, elektr ta’minoti tizimining foydali ish koeffisienti 99% gacha, tizimning tayyorlik koeffisienti esa 0,99 gacha oshgan;
temir yo‘l aloqa vositalarining kafolatlangan uzlyuksiz elektr ta’minoti tizimini boshqarish va nazorat qilish usuli temir yo‘l aloqa vositalarining elektr ta’minoti parametrlarini boshqarish va nazorat qilishning elektron kaliti va avtomatlashtirilgan ish joyi (AIJ) interfeysini qo‘llash asosida “Temiryo‘linfratuzilma” AJning “Toshkent signallashtirish va aloqa masofasi” temir yo‘l stansiyasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 20-yanvardagi № 4/500-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektron kalitni qo‘llash orqali “nol ishonchlilik” tamoyili amalga oshiriladi, bu esa ma’lumotlarni almashtirish imkoniyatini istisno qiladi va xavfli hodisa ehtimolini 0,00075…0,0003 darajasida ta’minlaydi, ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot nazorat va boshqaruv funksiyalarini yagona raqamli platformaga birlashtiradi va real vaqt rejimida AIJ interfeysidan foydalanish temir yo‘l aloqa vositalarining elektr ta’minoti tizimining parametrlarini uzlyuksiz boshqarish va nazorat qilishni ta’minlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish