Yaqubov Fazliddin Muxitdinovichning
pedagogika fanlari doktori (DSc) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarida ilmiy tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik texnologiyasini takomillashtirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Ped415.
Ilmiy maslahatchi: Shopulatov Abdimalik Nurullaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.28/2025.27.12.Ped.02.01.
Rasmiy opponentlar: Yarashev Komiljon Dexkanovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Muxammadiev Komil Burxonovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ibraximov Sanjar Urunbaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarida ilmiy tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirishning takomillashtirilgan pedagogik texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining ilmiy tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirish uchun tadqiqot faoliyatining tamoyillari (ilmiylik, tizimlilik, amaliyotga yo‘naltirilganlik, kreativlik) hamda (analitik, yo‘naltiruvchi, monitoring, korreksiya) funksiyalari asosida sportdagi ilmiy izlanishlarning dolzarb yo‘nalishlarini tadqiqot ishiga aylantirishga qaratilgan uch bosqichli baholash diagnostikasini ishlab chiqish hisobiga tadqiqotchilik kompetentligining darajalarini aniqlash imkoniyati kengaytirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining o‘quv faoliyatini to‘liq tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirish uchun TOP-300 oliygohlaridagi (Loughborough, Kvinslend, Liverpul, Toronto) sport fanlari dasturlarining tadqiqotga qaratilgan kvantitativ (raqamli tahlil), kvalitativ (matnli tahlil) komponentlarini amaldagi magistratura fan dasturlariga kompetensiyaviy moslashtirish hisobiga majburiy va tanlov fanlari blokini ilmiy-amaliy boyitish imkoniyati oshirilgan;
jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining amaliy mashg‘ulot va musobaqa jarayonida kasbiy kompetentligini rivojlantirish uslubiyati konseptual, metodologik, mazmuniy, tashkiliy va natijaviy-baholovchi bloklardan iborat model tarkibiga multidisiplinar yondashuvni o‘z ichiga olgan pedagogik-integrativ mexanizmni kiritish hisobiga takomillashtirilgan;
jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarida natijador tadqiqotlarni loyihalashtirish kompetentligini rivojlantirish uchun “talab asosida taklif” mezoni bo‘yicha sport turlariga doir real tadqiqot muammolarini tadqiqotchi olim-izlanuvchilarga yo‘naltirishga qaratilgan “Sportresearchweb” platformasini ishlab chiqish hisobiga yuqori malakali sportchilarni tayyorlash jarayonini ilmiy optimallashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining mustaqil tadqiqot olib borish kompetensiyasini faollashtirish uchun ilmiy tadqiqot faoliyatini tizimli tashkil qilishga asoslangan “Research-based-learning” texnologiyasiga empirik tadqiqot va analitik bashoratlash topshiriqlarini strukturaviy integratsiyalash hisobiga sport tayyorgarlik tizimini rivojlantirish uslubiyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarida ilmiy tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik texnologiyasini takomillashtirish boʻyicha pedagogik tajribalar davomida olingan natijalar asosida:
jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining ilmiy tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirish uchun tadqiqot faoliyatining tamoyillari (ilmiylik, tizimlilik, amaliyotga yo‘naltirilganlik, kreativlik) hamda (analitik, yo‘naltiruvchi, monitoring, korreksiya) funksiyalari asosida sportdagi ilmiy izlanishlarning dolzarb yo‘nalishlarini tadqiqot ishiga aylantirishga qaratilgan uch bosqichli baholash diagnostikasini o‘qitish jarayonida qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti magistratura talabalarining o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 14-iyuldagi 02-16/7470-son ma’lumotnomasi). Natijada magistr talabalarning ilmiy tadqiqotni amalga oshirish strukturasini shakllantirish bo‘yicha bilimlari 17,9 %, ilmiy tadqiqotni boshlash ko‘nikmasi 14,1 %, ilmiy tadqiqot natijalarini olish va ommalashtirish malakasi 19,5 % ga oshgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining o‘quv faoliyatini to‘liq tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirish uchun TOP-300 oliygohlaridagi (Loughborough, Kvinslend, Liverpul, Toronto) sport fanlari dasturlarining tadqiqotga qaratilgan kvantitativ (raqamli tahlil), kvalitativ (matnli tahlil) komponentlarini amaldagi magistratura fan dasturlariga kompetensiyaviy moslashtirish bo‘yicha takliflar “Sport sotsiologiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025-yil 9-iyundagi 02/01-01-205-son ma’lumotnomasi). Natijada sport faoliyati, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejasining majburiy va tanlov fanlari blokini ilmiy-amaliy boyitish imkoniyati 9,1 % ga oshgan; 
jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining amaliy mashg‘ulot va musobaqa jarayonida kasbiy kompetentligini rivojlantirish uslubiyati konseptual, metodologik, mazmuniy, tashkiliy va natijaviy-baholovchi bloklardan iborat model tarkibiga multidisiplinar yondashuvni o‘z ichiga olgan pedagogik-integrativ mexanizm Chirchiq davlat pedagogika universiteti magistratura talabalarining o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025-yil 9-iyundagi 02/01-01-205-son ma’lumotnomasi). Natijada, magistratura talabalarida ilmiy tadqiqot usullari, statistik tahlil va tadqiqot strukturasini tushunish darajasi 14,6 %, ilmiy muammolarni tahlil qilish va innovatsion echim topish ko‘nikmasi 16,9 % oshishiga erishilgan; 
jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarida natijador tadqiqotlarni loyihalashtirish kompetentligini rivojlantirish uchun “talab asosida taklif” mezoni bo‘yicha sport turlariga doir real tadqiqot muammolarini tadqiqotchi olim-izlanuvchilarga yo‘naltirishga qaratilgan “Sportresearchweb” platformasi O‘zbekiston – Finlandiya pedagogika institutining dars mashg‘ulotlarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 14-iyuldagi 02-16/7470-son ma’lumotnomasi). Natijada jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi magistratura mutaxassisligi talabalarida sohadagi natijador tadqiqotlarni tashkil qilishga oid bilimlari 19,4 %, ilmiy tadqiqot natijalarini olish va ommalashtirish ko‘nikmasi 14,7 % ga oshgan. 
bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining mustaqil tadqiqot olib borish kompetensiyasini faollashtirish uchun ilmiy tadqiqot faoliyatini tizimli tashkil qilishga asoslangan “Research-based-learning” texnologiyasiga empirik tadqiqot va analitik bashoratlash topshiriqlarini strukturaviy integratsiyalash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Termiz davlat pedagogika instituti magistratura talabalarining o‘quv jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil14-iyuldagi 02-16/7470-son ma’lumotnomasi). Natijada magistratura talabalarida mustaqil ilmiy tadqiqot olib borish kompetensiyasi 16,9 % yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish