Madrimov Israil Modraximovichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Havaskor va professional bokschilarning o‘ziga xos individual xususiyatlari” 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped11123.
Ilmiy rahbar: Matkarimov Rashid Masharipovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.28/2025.17.12.Ped.02.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Vladimr Shavkatovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Turdiev Farhod Karimovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi havaskor va professional bokschilarning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda tayyorgarlik davrlarini optimal rejalashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
havaskor bokschilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun tayyorgarlik bosqichlarida o‘tkaziladigan janglar soniga muvofiqlashtirgan tartibda murakkab kombinatsiyalar va musobaqa sharoitida zarbalar seriyasini modellashtirish hisobiga jang tempiga oldindan tayyorlanish imkoniyati oshirilgan;
havaskor va professional bokschilarning sport formasini yillik tayyorgarlik davrida barqaror darajada saqlash uchun uyqu va dam olish vaqtiga tabiiy uyg‘onish tartibini kitirish, taktik tayyorgarlikni turli usulda jang olib boruvchi raqiblarga noqulay bo‘lgan usulda yondashuvni takrorlash hamda doimiy ruhiy barqarorliki ta’minlashga qaratilgan maxsus psixologik mashqlarni tanlab yo‘naltirish hisobiga musobaqa davrida jangovor holatda jang olib borish imkoniyatlari oshirilgan;
sport takomillashuv bosqichidagi havaskor bokschilarning musobaqa faoliyati samaradorligini oshirish uchun kunning birinchi yarimidagi mashg‘ulotlarda jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni turli og‘irliklar bilan elka, bilak, bel va oyoq mushaklariga tanlab yo‘naltirish, kunning ikkinchi yarimidagi mashg‘ulotlarda sparring janglarini 3x3 daqiqa formatida 6-8 raundga taqsimlab bellashuv olib borish tartibini tayyorgarlik jarayoniga kiritish hisobiga hujum harakatlarini samarali yakunlash imkoniyatlari oshirilgan;
professional bokschilarning maxsus chidamliligini oshirish uchun yaqin holatlarda himoyalanish va qarshi hujumda zarbalar texnikasini yuqori shiddatda uzlyuksiz 10-12 raund davomida 20-30 marta bellashuvni sun’iy yaratish hisobiga ishchanlik qobiliyatini pasaytirmagan holda jang yakuniga qadar faoliyat olib borishga qaratilgan tayyorgarlik uslubiyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. havaskor va professional bokschilarning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda tayyorgarlik davrlarini optimal rejalashtirish bo‘yicha tajriba tadqiqotlari asosida:
havaskor bokschilarning ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida tayyorgarlik turlari bo‘yicha bosqich ko‘rsatkichlari, mashg‘ulot mazmuni, yuklamalar hajmi va shiddat zonalarini ratsion taqsimlagan holda tizimli model yordamida mashg‘ulotlarni tashkil qilish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tahsil oluvchi havaskor bokschilarning musobaqadan oldingi tayyorgarlik davrida turli shiddat zonalarida bajariladigan intensiv mashqlarni hafta davomida uzviy ketmaketligiga rioya etgan holda tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 4-sentyabrdagi 02-16/9442-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bokschilarning hujum va himoyadagi harakatlar samaradorligi 15,2% ga oshgan;
oliy sport mahorati bosqichidagi professional bokschilarning maxsus chidamkorligini oshirishda yuklamalar hajmi hamda musobaqa faoliyati vaqt diapazonlariga moslashgan kunduzgi va kechki mashg‘ulotlar rejasiga aerob va anaerob mashqlar tuzilmasidan musobaqa oldi mezotsikllarida foydalanish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tahsil oluvchi professional bokschilarning mashg‘ulotlar jarayonlariga taqdim etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 4-sentyabrdagi 02-16/9442-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, professional bokschilarning maxsus chidamkorlik darajasi 19,7% ga hamda umumiy chidamkorlik darajasi 17,5% ga yaxshilangan;
havaskor va professional bokschilarning sport formasini yuqori darajada saqlash uchun yuqori malakali (I.M) misolidagi individual kunlik faoliyatidagi tiklanish, ruhiy tayyorgarlik hamda autogen mashqlarini shaxsiy grafik asosida qo‘llash bo‘yicha takliflar Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bokschilarining mashg‘ulotlariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 4-sentyabrdagi 02-16/9442-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, professional bokschilarda tiklanish ko‘rsatkichlarining o‘rtacha 15,2% ga, havaskor bokschilarda esa 21,6 % ga oshgani bilan tasdiqlangan;
sport takomillashuv bosqichidagi havaskor bokschilarnining musobaqa faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida tayyorgarlik turlari mashqlari, sparinglarda 3x3, zarbalar taktikasi, oyoq harakatlarini shiddat zonalariga ko‘ra bajariladigan intensiv mashqlarni hafta davomida uzviy ketma-ketlikda bajarish bo‘yicha takliflar Xorazm olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bokschilarining mashg‘ulotlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 4-sentyabrdagi 02-16/9442-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sportchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi 16,7% ga, maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasi 20,3% ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish