Ergasheva Gulzoda Shermurod qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Do‘stlik va dushmanlik konseptlarini ifodalovchi ingliz va o‘zbek xalq maqollarining pragmatik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil15402
Ilmiy rahbar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.04.
Rasmiy opponentlar: Abduvaliev Muhammadjon Arabovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ganieva Gulnoza Zaxirovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi do‘stlik va dushmanlik konseptlarini ifodalovchi ingliz va o‘zbek xalq maqollarining pragmalingvistik xususiyatlarini ochib berish, maqollarning korpus tahlilida faollik darajasi hamda statistikasini aniqlashni o‘z ichiga oladi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
do‘stlik/dushmanlik konseptlarini ifodalovchi ingliz va o‘zbek xalq maqollari visual semantik maydon prinsipi asosida ma’nolar noziklashib borishi ko‘rsatilgan hamda ularning lingvopragmatik xususiyatlari Jon Serlning nutqiy aktlar nazariyasi asosida aniqlangan;
o‘zbek va ingliz xalq maqollarida do‘stlik/dushmanlik konseptlarining pragmatik xususiyatlari differensiya tamoyili bo‘yicha dushmanlik konsepti salbiy ma’noda uch guruhga (turlari, belgilari, oqibatlari), do‘stlik konsepti esa ijobiy ma’noda uch guruhga (qonuniyatlari, belgilari, qadriyat tizimi) ajralish imkoniyati aniqlangan;
do‘stlik/dushmanlik konseptlarini ifodalovchi ingliz va o‘zbek xalq maqollaridagi sinonimik va antonimik munosabatlar statistik tahlillar natijasida aniqlanib, COCA korpusidagi natijalari yordamida ingliz tilida friendship konsepti bilan bog‘liq so‘zlar yuqori faollikni ko‘rsatsa, O‘zbekiston Milliy Korpusi asosida o‘zbek tilida do‘stlik va dushmanlik konseptlari muvozanatli qo‘llanilishi isbotlangan;
paremiologik tahlil va tarixiy dinamikaga ko‘ra ingliz tilidagi variatsiyalar semantik maydonni kengaytirsa, o‘zbek tilidagi variatsiyalar dushmanlikning o‘zgarmasligini konseptual metaforalar orqali ifoda etayotgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi davomida bir qator ilmiy-amaliy natajalarga erishilgan bo‘lib, jumladan:
do‘stlik va dushmanlik konseptlarini ifodalovchi ingliz va o‘zbek xalq maqollarining pragmatik tasnifi, o‘zbek xalq maqollarida dushmanlik konsepti salbiy ma’noda (turlari, belgilari, oqibatlari), do‘stlik konsepti esa ijobiy ma’noda (qonuniyatlari, belgilari, qadriyat tizimi) shaklida tizimlashtirilishi, ingliz va o‘zbek tillaridagi “do‘stlik” va “dushmanlik” konseptlarini ifodalovchi leksik birliklarning qo‘llanish darajasi COCA va O‘zbekiston Milliy Korpusi asosida taqqoslanib, mazkur natijalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilgi chora-tadbirlar dasturida samarali qo‘llanilgan (IJRO.GOV.UZ tizimi orqali tasdiqlangan, Hujjat kodi: SQ43445683, 2025-yil 20-mart, 02-333-sonli ma’lumotnoma).amaliy faoliyat uchun ilmiy asos sifatida xizmat qildi. Natijada, tadqiqotda ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar yosh avlodning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini boyitish, ularning “do‘stlik” va “dushmanlik” haqidagi tasavvurlarini izchil shakllantirish hamda o‘zaro ijtimoiy munosabatlarda do‘stlik ruhini mustahkamlashga yo‘naltirilgan targ‘ibot ishlarida qo‘llanildi;
ingliz va o‘zbek xalq maqollarida do‘stlik va dushmanlik konseptlarining lingvopragmatik xususiyatlarini ochib berish hamda ularning madaniyatlararo muloqotdagi kommunikativ ahamiyatini aniqlashga xizmat qildi. ingliz va o‘zbek xalq maqollarida do‘stlik/dushmanlik konseptlarining lingvopragmatik xususiyatlari ochib berilib, friend/enemy leksemalarining semantik maydoni vizual modellashtirildi, COCA va O‘zbekiston Milliy Korpusi asosida konseptlarning qo‘llanish faolligi aniqlanib, maqollarning tarixiy dinamikasi va variativligi tahlil qilindi. Olingan ilmiy xulosalar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, AQSh Davlat Departamenti va AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida 2022–2024-yillarda amalga oshirilgan “English Access Microscholarship Program” loyihasida qo‘llanilib, loyihaning mazmuniy boyitilishiga hissa qo‘shdi. “English Access Microscholarship Program” loyihasida amaliyotga joriy etildi. Natijada, mazkur loyiha doirasida ingliz va o‘zbek xalq maqollarida aniqlangan do‘stlik hamda dushmanlik konseptlari borasidagi asoslar dissertatsion tadqiqot jarayonida olingan ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish