Nazarov Anvarjon Turg‘unboevichning pedagogika fanlari  doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarida sport turizmiga doir  bilimlarini rivojlantirishning pedagogik asoslari”, 13.00.01 — Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.1.DSc/Ped828
Ilmiy maslahatchi: Mirzamaxmudov Odiljon To‘xtasinovich, geografiya fanlari doktori, professor v.b.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: University of Business and Science
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mamatqulov Mirzaolim Xaydaralievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Xodjaev Begzod Xudoyberganovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Mamatov Dilmurod Normurodovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarida sport turizmiga oid bilimlarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
bo‘lajak jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini turizm va sport turizmiga doir bilimlarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari faol faoliyat va muvaffaqiyat motivatsiyasi uyg‘unligi va tashqi muhitga nisbatan irodaviy, emotsional munosabatini hamda motivatsion vositalarni vaziyatga ijodiy bog‘lashga moyilligini morfologik va funksional jihatlarini bosqichma-bosqich shakllantirish asosida aniqlangan;
 bo‘lajak jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarida irodaviy sifatlar shakllangan axloqiy munosabatlar, turmush tarzi mazmuni, ishonch tuyg‘usi, jasorat va maqsadga intilishni sport turizmi turlariga yo‘naltirish hamda istak va mayllarni o‘zida mujassamlashtiruvchi voqelikka intilish qobiliyati, harakatlarni va tashqi resurslarni uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini sport turizmiga tayyorlash jarayonlari refleksiyaga moyilliklarini o‘stirish, ijodiy faoliyatda hamkorlik qobiliyatini kommunikativ munosabatlarga yo‘naltira olish, konformizm, ijtimoiy muhitga moslashish hamda ijodiy-intellektual tafakkurni voqea va hosisalarga ilmiy moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini sport turizmiga oid bilimlarini rivojlantirishning tizimli-funksional modelining ob’ektiv yaxlitligi, murakkab aloqalarning ierarxik jihatlarini tizimli-jarayonli maqsadga aksiologik yo‘naltirilganligi hamda intellektual-kognitiv, amaliy, emotsional va motivatsion mezonlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning sport turizmiga doir bilimlarining samaradorligi ijodiy emotsional tasavvurlar, ijodiy alternative va divergent fikrlash aniqligi, tolerantlik mezonlarini sintezlash, individuallshtirish va tabaqalashtirish hamda korreksiyaviy modulli, motivatsion va ijtimoiy o‘zgarishlarni sport intizomini mustahkamlashga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarida sport turizmiga oid bilimlarini rivojlantirish  bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
Bo‘lajak jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini turizm va sport turizmiga doir bilimlarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari faol faoliyat va muvaffaqiyat motivatsiyasi uyg‘unligi va tashqi muhitga nisbatan irodaviy, emotsional munosabatini hamda motivatsion vositalarni vaziyatga ijodiy bog‘lashga moyilligini morfologik va funksional jihatlarini bosqichma-bosqich shakllantirishga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi tomonidan olingan 2025yil 9-iyundagi 4-16-21-3172-sonli ma’lumotnomasi. Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining sport turizmiga oid bilimlarini rivojlantirishning, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot-tashviqot faoliyatida foydalanish zaruratini asoslashga qaratilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarida irodaviy sifatlar shakllangan axloqiy munosabatlar, turmush tarzi mazmuni, ishonch tuyg‘usi, jasorat va maqsadga intilishni sport turizmi turlariga yo‘naltirish hamda istak va mayllarni o‘zida mujassamlashtiruvchi voqelikka intilish qobiliyati, harakatlarni va tashqi resurslarni uyg‘unlashtirish bo‘yicha tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi. “O‘zbekiston 24” Ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 17 iyun 2025 yyildagi 05-09-934-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining sport turizmiga oid bilimlarini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik hamda psixologik yo‘nalishlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan; 
bo‘lajak jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini sport turizmiga tayyorlash jarayonlari refleksiyaga moyilliklarini o‘stirish, ijodiy faoliyatda hamkorlik qobiliyatini kommunikativ munosabatlarga yo‘naltira olish, konformizm, ijtimoiy muhitga moslashish hamda ijodiy-intellektual tafakkurni voqea va hosisalarga ilmiy moslashtirishga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi oily ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Mirzo Ulug‘g‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 09.06.2025 yildagi 04\11-7228 raqamli ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi sport turizmiga doir pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etilishiga xizmat qilgan; 
bo‘lajak jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini sport turizmiga oid bilimlarini rivojlantirishning tizimli-funksional modelining obektiv yaxlitligi, murakkab aloqalarning ierarxik jihatlarini tizimli-jarayonli maqsadga aksiologik yo‘naltirilganligi hamda intellektual-kognitiv, amaliy, emotsional va motivatsion mezonlarni kiritish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “Turizm va uni o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (University of Business and Science kengashining 27.01.2024 yildagi 6-sonli bayoniga asosan № 55142-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining sport turizmiga oid bilimlarini rivojlantirish jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion metod va texnologiyalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan.
talabalarning sport turizmiga doir bilimlarining samaradorligi ijodiy emotsional tasavvurlar, ijodiy alternativ va divergent fikrlash aniqligi, tolerantlik mezonlarini sintezlash, individuallshtirish va tabaqalashtirish hamda korreksiyaviy modulli, motivatsion va ijtimoiy o‘zgarishlarni sport intizomini mustahkamlash asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘iga asosan bakalavriat bosqichi talabalari uchun nashrga tavsiya etilgan “Turizm va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qollanmani tayyorlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 14-iyundagi 11-05-3875/04-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining sport turizmiga oid bilimlarini rivojlantirish jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion metod va texnologiyalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish