Adilova Dilorom Kadirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“O‘zbek va rus tillaridagi she’riy matnlarda “ayol” leksik birligining lisoniy voqelanishi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B.2025.3. PhD/Fil6519
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xalilova Shaxlo Jalilovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Turon universiteti, PhD.03/2025.27.12. Fil.39.01
Rasmiy opponentlar: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat instituti filologiya fanlari doktori (DSc), professor Gafurov Baxtiyor Zakirovich hamda Qarshi davlat universiteti filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dots. Shodmonova Dildor Ergashevna.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va rus tillaridagi she’riy matnlarda “ayol” leksik birligining semantik xususiyatlarini chog‘ishtirib o‘rganish hamda ushbu leksik birlikni voqelantiruvchi allegoriya, metafora va tavsif kabi badiiy ifoda vositalarini tahlil qilishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- badiiy adabiyotda “ayol” obrazining antroposentrik paradigma sifatida verballashuvi, poetikada “ayol” leksik birligining o‘rni va ularning semantik xususiyatlari isbotlangan;
- o‘zbek va rus she’riy matnlarida “ayol” leksik birligining tematik guruhdan kelib chiqadigan leksik-semantik tarkibi kompleks tahlil qilinib, ona/mat`, mahbuba/lyubimaya, ma’shuqa/vozlyublyonnaya, rafiqa/jena, hayot/jizn`, faoliyat/deyatel`nost` va boshqa birliklarning umumiy ma’noviy maydoni aniqlangan;
- chog‘ishtirilayotgan tillarda “ayol” leksik birligining qon-qarindoshlik munosabatlari orqali voqelanish xususiyatlari (momo/babushka, qiz farzand/ doch`, xola-amma/tyotya, opa-singil/sestra va boshqalar) hamda ona/mat` birliklari orqali onalik ma’nosining konseptual ifodasi ilk bor qiyosiy-lingvopoetik asosda dalillangan;
- o‘zbek va rus she’riy matnlarida ayolning tashqi qiyofasi va shaxsiy fazilatlarini ifodalashda allegoriya, metafora va tavsif kabi badiiy vositalarning lisoniy va poetik voqelanish mexanizmlari tahlil qilingan, ularning ikki til doirasidagi o‘xshash va farqli jihatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va rus tillaridagi she’riy matnlarda “ayol” leksik birligining lisoniy voqelanishi mavzusida olib borilgan tadqiqot bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbek va rus she’riy matnlarida “ayol” leksik birligi qon-qarindoshlik munosabatlariga ko‘ra tahlil qilinganda momo – babushka, qiz – doch`, xola/amma – tyotya, opa/singil – sestra va hokazo ayol jinsiga mansub qarindosh-urug‘chilikni anglatuvchi so‘zlarning hamda onalik ma’nosining ifodalanishiga ko‘ra ona – mat` so‘zlarining semantik maydoni aniqlanganligi bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining “FA-FI-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 22-maydagi 205/1-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy adabiyotda “ayol” obrazining antropotsentrik paradigma doirasida verballashuvi jarayonlari muammolariga doir xulosalar nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni, maxsus seminarlarni tashkil qilishda foydalanish imkonini oshirishga xizmat qilgan;
Chog‘ishtirilayotgan tillardagi she’riy matnlar doirasida ona, mahbuba, yor, ma’shuqa, rafiqa, hayot, faoliyat va boshqa shu kabi birliklarning umumiy semantik maydonini aniqlashga oid xulosalardan Qarshi davlat universitetining SUZ-800-21-GR-3181 raqamli “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 28- martdagi №04/851-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va rus she’riy matnlarida “ayol” leksik birligiga xos bo‘lgan lingvistik xususiyatlarning antropotsentrik faoliyat bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borishda muhim manba bo‘lib xizmat qilishi aniqlangan;
o‘zbek va rus she’riy matnlarida ayol leksik birligining ijtimoiy-madaniy timsollar asosidagi lisoniy modellari aniqlanib, ular qiyosiy aspektda umumiy va milliy xos belgilar doirasida tavsiflanganligiga doir xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024- yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 10- sentyabrdagi №1771/02-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tayyorlangan materiallarning amaliy dolzarbligini oshirishga xizmat qilgan;
o‘zbek va rus she’riy matnlarida “ayol” konseptining epitet, metafora, metonimiya, ramz, poetik parallelizm kabi vositalar orqali voqelanishi funksional-pragmatik va uslubiy jihatdan yangi nazariy asosda talqin etilganligiga oid xulosalardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Ochiq muloqot” eshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 15-apreldagi № 17-05/58-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlanib, yosh avlodning badiiy-estetik takomiliga oid fikr-mulohazalar bilan boyitilgan.