Juraqobilova Xamida Xolmatovnaning filologiya fanlari doktori (DSc) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va fransuz tillaridagi kognitiv metaforaning nutqiy voqelanishi” 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Fil1013 
Ilmiy rahbar: Xolmanova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK raqami: DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05. 
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Adizova Obodon Istamovna; filologiya fanlari doktori, professor Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor Durdona Sidikovna Xudayberganova. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va fransuz tillarining  kognitiv metaforaning nutq birliklari orqali voqelanish imkoniyatlarini  asoslash, voqelikni idrok etish, tafakkur, tajriba  bilan bog‘liq kognitiv, psixolingvistik, lingvomadaniy belgilarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kognitiv metaforaga oid dunyo tajribasi o‘rganilib, turli kognitiv yondashuvlar va metodologiyalar, kognitiv metaforani tadqiq etish yo‘nalishlari tizimlashtirilgan, ularning til, madaniy tajriba, psixologiya va lingvistik strukturalar bilan bog‘liqligi xususidagi tahlillari, o‘zbek va fransuz tillaridagi kognitiv metaforaning tarjima usullari, shuningdek, tarjima jarayonida turli tillarda mavjud bo‘lgan metafora tizimlari o‘rtasida yuzaga keladigan lingvistik va madaniy muammolar tahlil qilingan va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
o‘zbek va fransuz  tillaridagi kognitiv metafora tasniflari, metaforalarning kognitiv asoslari, umuminsoniy tafakkur bilan izohlanuvchi universal belgilari, qadriyatlari, madaniyatlar bilan bog‘liq xususiyatlari, kognitiv metafora modellari, milliy-madaniy asoslari, tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ifodalashdagi ko‘rinishlari, kognitiv metaforaning tafakkur mahsuli sifatida namoyon bo‘lishi hamda psixolingvistik, lingvomadaniy belgilari ochib berilgan; 
o‘zbek va fransuz tillaridagi kognitiv metaforalarning tub motivi, ularning kognitiv omillari, til va tafakkurga yo‘naltirilgan lingvokognitiv, lingvokulturologik, psixolingvistik xususiyatlari, metaforaning shaxs omili bilan aloqadorligi, inson nutqida voqelanishing muayyan qonuniyatlar hamda til va tafakkur tamoyiliga asoslanishi;  o‘zbek va fransuz “baxt” va “qayg‘u” konsepti insonlarning jismoniy harakatlaridagi fazoviy munosabatlar orqali ifodalanishi, mazkur tillarda ham orientatsion metaforalarda izchillikni ta’minlaydigan global tashqi tizimlilik ularning madaniyatlararo universal belgilarini ifodalashi asoslangan;
o‘zbek va fransuz tillaridagi nasriy hamda she’riy asarlardagi kognitiv metafora, milliy-madaniy semalar, mentalitetiga xos belgilarni aks ettirishdagi ahamiyati ochib berilgan va o‘zbek va fransuz tillari she’riyatidagi kognitiv metaforalar, ularning badiiy funksiyasi, emotsional-ekspressiv xususiyatlari, o‘zbek mumtoz adabiyotidagi badiiy san’atlar, istiora, uning turlari, metafora va istiora munosabati tahlil etilgan;
o‘zbek va fransuz tillarida borliq, narsa-buyum, voqelikning bir xil ifodalanishini ta’minlovchi madaniyatlardan mustaqil bo‘lgan universal hamda ijtimoiy madaniy belgilariga ko‘ra madaniyatlar ichida farqlanadigan konseptual metafora modellari aniqlanib, tadqiqot ishi doirasidagi ilmiy natijalar asosida tavsiyalar  ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  
O‘zbek va fransuz tillaridagi kognitiv metafora tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
o‘zbek va fransuz tillaridagi kognitiv metaforaning til, madaniyat, tajriba, psixologiya hamda lingvistik strukturalar bilan bog‘liq belgilari, tarjima usullari, mavjud metafora tizimlarining tarjimada aks etishi, nutqiy voqelanishida yuzaga keladigan lingvistik va madaniy xususiyatlar ifodasiga oid muammolar tahlili va  ishlab chiqilgan tavsiyalardan Qarshi davlat universitetida 2021 – 2023 yillarda amalga oshirilgan “Access Microscholarship Program” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 26-noyabrdagi №03/1119-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ma’lumotlar bazasi bir-biridan farq qiladigan madaniyatlarda yaratilgan hissiy ekspressiv lug‘at manbalari bilan boyigan; 
o‘zbek va fransuz  tillaridagi kognitiv metaforaning umuminsoniy tafakkur bilan izohlanuvchi universal belgilari, qadriyatlar, madaniyatlar bilan bog‘liq xususiyatlari, kognitiv modellaridan, milliy-madaniy asoslari, tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ifodalashdagi ko‘rinishlari, tafakkur mahsuli sifatida namoyon bo‘lishi, psixolingvistik, lingvomadaniy belgilariga oid nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020 – 2023-yillarda bajarilgan AM – F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 22-noyabrdagi №04/1-5605-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’limiy korpus materiallari kognitiv metaforaning chogishtirma tahlillariga oid misollar bilan boyitilgan;
o‘zbek va fransuz tillari badiiy matnlaridagi kognitiv metaforalar tarjimasida milliy-madaniy semalarni ifodalashda madaniy farqlar hal qiluvchi omil ekani,  tarjima jarayonida qo‘llanadigan asosiy strategiyalar aniqlanib tizimlashtirilgan, fransuzcha va o‘zbekcha matnlar tarjimasida kognitiv metaforalarning matnga muvofiqlik darajasiga ko‘ra to‘liq, qisman, past muvofiqlik turlari ishlab chiqilishiga doir ilmiy xulosalaridan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogika milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1–XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogika milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 17-dekabrdagi №501-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy loyihanining ma’lumotlar bazasi o‘zbek va fransuz badiiy asarlari va she’riyatidagi kognitiv metafora lingvopoetikasi va badiiyatiga doir ma’lumotlar bilan boyitilgan;
o‘zbek va fransuz tillaridagi kognitiv metaforaning yuzaga kelishidagi davriylik, kuzatish va tajriba mezonlari,  konseptual xarita, son, miqdor, belgi bildiruvchi so‘zlar, somatizm, zoonim, fitonimlarning konseptual ma’nolari izohlaridan, freym, refreym asosidagi tahlillardan, harakat, belgi, xarakter-xususiyatning metaforik modellaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2021-2023 yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik ta’siri” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2026-yil 24-fevraldagi 81/1- son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy loyiha mazmuni yangi nazariy materiallar bilan boyigan;
o‘zbek va fransuz tillaridagi kognitiv  metaforalarda  maqsad sohasining manba sohasida ifodalanish darajasi,  shaxs omili bilan aloqadorligi, nutqda voqelanishining muayyan qonuniyatlar hamda til va tafakkur aloqadorligi tamoyiliga amal qilishi,  konseptlarning moddiylik, shaxs jismoniy harakatlaridagi fazoviy munosabatlar orqali ifodalanishi, tajriba, makon, vaqt haqidagi tafakkur hamda milliy-madaniy xususiyatlar bilan belgilanadigan kognitiv omillari, o‘zbek tilida kognitiv metaforaning gradual qiymatga egaligi, motivatsion omillari va ifoda vositalarining xilma-xilligi, fransuz tilida natijadorlikka asoslanishi dalillangan tahlillardan, ilmiy-nazariy xulosalardan “O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston 24” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Bolalar va biz”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlari ssenariylarini ishlab chiqishda (2022 – 2024-yillarda) foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 4-dekabrdagi 05-09-1965-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlar materiallari mazmuni til va tafakkur munosabatiga asoslangan badiiy ko‘chim haqidagi nazariy ma’lumotlar bilan ta’minlangan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish