Achilova Emina Sa’dulloevnaning
falsafa doktori (PhD) disseratsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Adabiyot ta’limini xalqaro baholash dastur talablari asosida rivojlantirish texnologiyalari, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4986.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Achilova Sevara Djatsirkulovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Kazieva Turg‘unoy Tursunbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Jamoliddinova Dilnoza Mirxojiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guluston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida adabiyot ta’limini xalqaro baholash talablari asosida rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XXI asr adabiyot ta’limida fanlararo yondashuvning nazariy-metodologik asoslari kognitiv-estetik yondashuv, ma’no yaratuvchi ta’lim, multimodal savodxonlik va xalqaro baholash mezonlarini ta’lim amaliyotiga adabiy tahlil, shaxsiy interpretatsiya va interfaol ta’lim orqali integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
xalqaro baholash dasturlari talablariga mos holda adabiyot ta’limi mazmuni va texnologiyalari o‘quv jarayonini transformatsiya qilish, savodxonlikni chuqurlashtirish, ta’limiy metodikani qayta ko‘rib chiqish va baholash usullarini yangilash hamda ta’lim natijalarini sifat jihatdan baholash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda PISA mezonlariga mos o‘qish savodxonligini rivojlantirish metodikasi adabiyot ta’limi mazmuni, dars formatlari va interfaol usullarni xalqaro baholash dasturlariga muvofiq qayta tuzish hamda funksional savodxonlikni shakllantirish asosida transformatsiyalash orqali takomillashtirilgan;
adabiyot ta’limini xalqaro tadqiqotlar talabiga muvofiq transformatsiya qilish modeli ilmiy modellashtirishning universallik va normativlik tamoyillarini adabiy ta’limning kognitiv, funksional va texnologik parametrlariga integrativ moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Adabiyot ta’limini xalqaro baholash dastur talablari asosida rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
kognitiv-estetik yondashuv, ma’no yaratuvchi ta’lim, multimodal savodxonlik va xalqaro baholash mezonlarini ta’lim amaliyotiga adabiy tahlil, shaxsiy interpretatsiya va interfaol ta’lim orqali integratsiyalash asosida tahlil qilingan XXI asr adabiyot ta’limida fanlararo yondashuvning nazariy-metodologik asoslari bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789-sonli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihani  bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025 yil 15-maydagi 04/11-6771-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida adabiyot fanini o‘qitish jarayonida PISA mezonlariga mos o‘qish savodxonligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘quv jarayonini transformatsiya qilish, savodxonlikni chuqurlashtirish, ta’limiy metodikani qayta ko‘rib chiqish va baholash usullarini yangilash hamda ta’lim natijalarini sifat jihatdan baholash asosida takomillashtirilgan xalqaro baholash dasturlari talablariga mos holda adabiyot ta’limi mazmuni va texnologiyalari bo‘yicha tavsiyalar Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” nomli amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan.(2025 yil 12-maydagi 212-son ma’lumotnomasi). Natijada,  xalqaro baholash dasturlari talablariga uyg‘un holda milliy adabiyot ta’lim mazmunini transformatsiya qilishning aniq texnologik mexanizmlari ishlab chiqishga xizmat qilgan;
adabiyot ta’limi mazmuni, dars formatlari va interfaol usullarni xalqaro baholash dasturlariga muvofiq qayta tuzish hamda funksional savodxonlikni shakllantirish asosida transformatsiyalash orqali takomillashtirilgan o‘quvchilarda PISA mezonlariga mos o‘qish savodxonligini rivojlantirish metodikasi, ilmiy modellashtirishning universallik va normativlik tamoyillarini adabiy ta’limning kognitiv, funksional va texnologik parametrlariga integrativ moslashtirish asosida takomillashtirilgan adabiyot ta’limini xalqaro tadqiqotlar talabiga muvofiq transformatsiya qilish modeli bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi  “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Talim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” radioeshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025 yil 28-maydagi 05-09-572-son  ma’lumotnomasi).O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi DUK “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” DUK “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2021 yil 18 avgustdagi 02-40-1329-son ma’lumotnomasi). Natijada, fanlararo, multimodal va ma’noyaratuvchi yondashuvlarga asoslangan adabiy darslarni tashkil etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar va metodik tavsiyalarni ommalashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish