Xo‘jaev Otabek Kadambaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qaror qabul qilishga ko‘maklashish tizimlari uchun intellektual tahlil dasturiy vositasini ishlab chiqish», 05.01.04–Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/T53.
Ilmiy rahbar: Nishanov Axram Xasanovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Muminov Baxodir Boltaevich, texnika fanlari doktori; Xaitov Fayzulla Norbo‘taevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: axborot va qaror qabul qilishga ko‘maklashish tizimi ma’lumotlar bazalari uchun intellektual tahlilning samarali algoritmlarini ishlab chiqish va servisga yo‘naltirilgan arxitekturaga asoslangan dasturiy vosita modellarini loyihalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’lumotlarni intellektual tahlil qilishda axborot va qaror qabul qilishga ko‘maklashish tizimlari ma’lumotlar bazalari uchun vaqtli qatorlarni bashoratlash masalasini echishning neyron to‘rlari asosida takomillashtirilgan algoritm ishlab chiqilgan;
axborot va qaror qabul qilishga ko‘maklashish tizimlari ma’lumotlar bazalari uchun o‘xshash ob’ektlarni saralashning baholarni hisoblashga asoslangan algoritmi ishlab chiqilgan;
axborot va qaror qabul qilishga ko‘maklashish tizimlari bilan intellektual tahlil qiluvchi dasturiy vositaning ma’lumotlar almashish tuzilmasi ishlab chiqilgan;
ma’lumotlarning intellektual tahlili masalalarini echishga mo‘ljallangan samarali algoritmlariga asoslangan dasturiy vositaning funksional IDEF0 va infologik IDEF1x modellari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Axborot tizimlari ma’lumotlari yordamida qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi modullarni ishlab chiqishga imkon beruvchi intellektual tahlil dasturiy vositasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bemorlar oqimini bashoratlash, simptomlar orasidagi yashirin bog‘liqliklarni aniqlash va o‘xshash tashxislarni saralash kabi qaror qabul qilishga ko‘maklashish modullariga ega axborot tizimi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi Xorazm filialiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 13 maydagi 8n-4/157-son va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 16 noyabrdagi 33-8/8597-son ma’lumotnomalari). Ilmiy tadqiqot natijasi aholiga tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish uchun dastlabki tashxislarni taqdim etish jarayonini optimallashtirish imkonini bergan;
tibbiyot axborot tizimi ma’lumotlari asosida qaror qabul qilishga ko‘maklashish modullarini ishlab chiqish algoritmlari Xorazm viloyati Ixtisoslashgan urologiya markaziga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 13 maydagi 8n-4/157-son va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 16 noyabrdagi 33-8/8597-son ma’lumotnomalari). Ilmiy tadqiqot natijasi tibbiy xizmatlar ko‘rsatish jarayonini optimallashtirish hamda bemorlarni kasallik tashxislarining aniqlik darajasini 1,15 martaga oshirish imkonini bergan;
tibbiyot axborot tizimlariga bemorlar kelishini bashoratlash, o‘xshash tashxislarni saralash, simptomlar orasidagi yashirin bog‘liqliklarni aniqlash kabi modullariga ega intellektual tahlil dasturiy vositasi «Mustafo Software» MChJga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 16 noyabrdagi 33-8/8597-son ma’lumotnomasi). Mazkur dasturiy vositadan foydalanish axborot tizimlarini ishlab chiqishda ish jarayoni samaradorligini 1,25 marotaba oshirish imkonini bergan.