Xaydarova Zilola Normurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Individual yondashuv asosida maktab o‘quvchilarida raqamli savodxonlikni shakllantirish mexanizmlari (Tarix fani misolida)”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7173.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Qoraev Samariddin Barakaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Temur Ismoilovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Babashev Farxad Aytmuratovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi maktab o‘quvchilarining raqamli savodxonligini individual yondashuv asosida shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tarix fanida raqamli savodxonlikni shakllantirish jarayonida individual yondashuv asosida ilmiy-nazariy tamoyillari raqamli ta’lim muhitida o‘quvchilarning shaxsiy kognitiv xususiyatlari, o‘quvchining axborotni izlash, tahlil qilish, tanqidiy baholash va undan ongli foydalanish qobiliyatlarini hisobga oluvchi konseptual yondashuv asosida takomillashtirilgan;
tarix darslarida o‘quvchilarning raqamli savodxonligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan individual yondashuvni aks ettiruvchi zamonaviy AKT vositalari, raqamli platformalar, vizual-didaktik materiallar va interaktiv metodlarni integratsiyalovchi o‘quv-metodik model takomillashtirilgan;
maktab o‘quvchilarining raqamli savodxonligini baholashda tarix fanining mazmun xususiyatlarini o‘quvchilarning individual o‘zlashtirish darajasini va raqamli kompetensiyalarini aniqlovchi mezonlar tizimi hamda pedagogik diagnostika indikatorlari takomillashtirilgan;
taklif etilgan metodik model asosida maktab tarix ta’limida raqamli savodxonlikni shakllantirishga oid innovatsion texnologiyalar samaradorligi tajriba-sinov ishlarida amaliyotga tatbiq etilib, ularning yuqori natija beruvchi jihatlari empirik ma’lumotlar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
tarix fanida raqamli savodxonlikni shakllantirish jarayonida individual yondashuv asosida ilmiy-nazariy tamoyillari raqamli ta’lim muhitida o‘quvchilarning shaxsiy kognitiv xususiyatlari, o‘quvchining axborotni izlash, tahlil qilish, tanqidiy baholash va undan ongli foydalanish qobiliyatlarini hisobga oluvchi konseptual yondashuv asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim Markazi tomonidan berilgan ma’lumotnomaga keltirilgan. (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025 yil 13-iyundagi 01/11-11-377-ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli savodxonlikni o‘rgatishda individual yondashuvga asoslangan ta’lim jarayonini o‘quvchilarning ehtiyojlariga moslashtirilgan o‘quv strategiyalarini ishlab chiqish va tatbiq etishga xizmat qilgan;
tarix darslarida o‘quvchilarning raqamli savodxonligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan individual yondashuvni aks ettiruvchi zamonaviy AKT vositalari, raqamli platformalar, vizual-didaktik materiallar va interaktiv metodlarni integratsiyalovchi o‘quv-metodik modelini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix bilan tanishuv” ko‘rsatuvi dasturlari ssenariysini tayyorlashda foudalanilgan. (O‘zbekiston Millliy teleradiokompaniyasining 2025 yil 3-iyundagi 15-33-393-son ma’lumotnomasi) Natijada, ta’lim mazmunini ommaviy axborot vositalarida yoritish orqali raqamli savodxonlikni keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan;
maktab o‘quvchilarining raqamli savodxonligini baholashda tarix fanining mazmun xususiyatlarini o‘quvchilarning individual o‘zlashtirish darajasini va raqamli kompetensiyalarini aniqlovchi mezonlar tizimi hamda pedagogik diagnostika indikatorlari takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy Universitetida bajarilgan PZ-20170929789-sonli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulugʻbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2026 yil 17-fevraldagi 04/11-5923-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarix ta’limida raqamli kompetensiyalarni baholash mezonlari va interaktiv metodlar integratsiyasiga asoslangan o‘quv-metodik model asosida raqamli savodxonlikni shakllantirishga oid innovatsion texnologiyalarni takomillashtrishga xizmat qilgan.