Xurramov Alisher G‘ayratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi ayrim manzarali daraxtlarning zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kasalliklari va ularga qarshi kimyoviy kurash chorasi”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Qx172.
Ilmiy rahbar: Xolmuradov Erkin Avazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.08/2025.27.12.Qx.01.01.
Rasmiy opponentlar: Xayitbaeva Nodira Seytjanovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Allayarov Abduraxmon Nazaralievich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi ayrim manzarali daraxtlar agrobiotsenozida zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kasalliklar tur tarkibi, ularning bioekologik rivojlanish xususiyatlari va zararlash darajasini tadqiq qilish asosida kimyoviy kurash chorasini ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent shahri va Toshkent viloyati sharoitida ilk bor ayrim manzarali daraxtlar agrobiotsenozida uchraydigan mikromisetlarning 4 bo‘lim, 7 sinf, 11 tartib, 14 oila, 39 turkumga mansub, 71 tur va 3 ta formaga mansub turlari aniqlangan;
Toshkent shahri va Toshkent viloyati sharoitida ilk bor ayrim manzarali daraxt turlarida tarqalgan kasallik qo‘zg‘atuvchi fitopatogen zamburug‘lar tarqalishi hamda zararlash darajasi aniqlangan;
ayrim manzarali daraxtlarda katta zarar etkazadigan asosiy kasalliklar: fuzarioz ildiz chirish, turli xil dog‘lanish, un-shudring kasalliklari ekanligi aniqlangan;
tadqiqotlar natijasida aniqlangan Zygomycota, Ascomycota, Basidiomycota va Deuteromycota bo‘limiga mansub mikromisetlarning taksonomik tahlili hamda asosiy kasalliklarini tarqalish areali hamda bioekologik rivojlanish xususiyatlari, zarar keltirish darajasi aniqlangan;
ayrim manzarali daraxtlarning asosiy kasalliklariga qarshi ilmiy asoslangan samarali kimyoviy kurash chorasi ishlab chiqilgan hamda xo‘jalik va iqtisodiy samaradorligi baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi ayrim manzarali daraxtlarning zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kasalliklari va ularga qarshi kimyoviy kurash chorasi ishlab chiqish mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida;
“Manzarali daraxtlarning zamburug‘li kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari” mavzusida tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/06-04-768-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma o‘simliklarni himoya qilish mutaxassislari, biologiya va qishloq xo‘jalik soxasida ta’lim olayotgan talabalar, magistrlar, ilmiy tadqiqotchilarga qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
ayrim manzarali daraxtlar agrobisenozida uchraydigan fuzarioz kasalligiga qarshi ko‘chatlarni ekishdan oldin Maksim, 2,5% s.k. (0,02-0,04 kg/t), Vitavaks-200, 75% n.kuk. (0,3-0,4 kg/t), Topsin M, 70% n.kuk. (0,1-0,15 kg/t), Baraka, 60% n.kuk. (0,1-0,2 kg/t) va Fundazol, 50% n.kuk. (0,2 kg/t) bilan dorilab ekish Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan “Saksonota” davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonasining 2,0 gektar ko‘chatzor er maydonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/06-04-768-son ma’lumotnomasi). Natijada, nihollar unib chiqqandan so‘ng 30-35 kungacha ildiz va nihol zararlanishiga qarshi 82,3-100% biologik samaradorlikka erishilgan;
ayrim manzarali daraxtlarning un-shudring va dog‘lanish kasalligiga qarshi Bordo suyuqligi (0,5 l/ga), Titul, 39% em.k. (0,02 l/ga), Kolosal` Pro, 50% em.k. (0,03 l/ga), Al`to Super, 33% em.k. (0,03 l/ga), Duplet TT, 22,5% em.k. (0,04 l/ga), Fal`kon, 46% em.k. (0,35 l/ga) Flutriful, 2,5% sus.k. (0,03 l/ga), hamda Skort, 25% em.k. (0,02 l/ga), fungisidlarini qo‘llash Toshkent viloyati, Toshkent tumani, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti “Darxon” ilmiy-tajriba xo‘jaligining 0,5 gektar maydoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/06-04-768-son ma’lumotnomasi). Natijada un-shudring kasalligiga qarshi 61,7-89,4% biologik samaradorlikka erishilgan, gektariga 2540 dona qo‘shimcha ko‘chat saqlanib qolingan va iqtisodiy samaradorlik yiliga o‘rtacha 9 mln so‘mni tashkil etgan.