Islomova Dilorom Asatullaevnaning
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Toponimik indikatorlarning leksik-semantik va funksional tadqiqi”, 10.00.11 – “Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.1.PhD/Fil1696
Ilmiy rahbar: Uluqov Nosirjon Muhammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.03.
Rasmiy opponentlar: Akbarova Zuxra Akmaljanovna – filologiya fanlari doktori, professor; Rajabov O‘tkir Xudayarovich - filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi toponimik indikatorlarning lisoniy xususiyat va vazifalarini toponimiya materiallari asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
joy nomlari (toponimlar)ning leksik-semantik, funksional, struktural, derivatsion jihatdan shakllanishida muhim o‘rin tutuvchi toponimik indikatorlarning tilning toponimik tizimdagi lisoniy maqomi, lug‘aviy-ma’noviy va vazifaviy xususiyatlari dalillangan;
toponimik indikatorlarning toponimik makroko‘lamga mansub boshqa birliklar, xususan, topoasos, toponimik formantlar bilan bog‘liq, mushtarak va farqli jihatlari, lisoniy taraqqiyoti va buning sabab hamda omillari, topoformant vazifasiga o‘tish jarayonlari asoslangan;
toponimik makroko‘lamga mansub oykonimik, xoronimik, urbanonimik, gidronimik, oronimik, agronimik, nekronimik, ekklezionimik indikatorlarning leksik-semantik, tarixiy-etimologik va qo‘llanish xususiyatlari ochib berilgan;
toponimik indikatorlarning semiotik (belgili), indikator (ishora qilish, ko‘rsatish, aniqlash), informatsion (axborot tashish), differensiyasiyalsh (farqlash), derivatsion (yasovchilik), darajalash kabi funksional jihatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toponimik indikatorlar tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
joy nomlari (toponimlar)ning leksik-semantik, funksional, struktural, derivatsion jihatdan shakllanishida muhim o‘rin tutuvchi toponimik indikatorlarning tilning toponimik tizimdagi lisoniy maqomi, lug‘aviy-ma’noviy va vazifaviy xususiyatlari dalillangan tahlil va xulosalaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023-2024-yillarda bajarilgan AL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” (“Xazoyin ul maoniy” kulliyotidagi g‘azallar asosida) mavzusidagi amaliy loyihada mualliflik korpusi nazariy ma’lumotlar bazasini shakllantirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 10-iyundagi 01/4-2380-son ma’lumotnomasi). Natijada mualliflik korpusi nazariy ma’lumotlar bazasida toponimik indikatorlarga doir izoh hamda talqinlar mukammallashgan;
toponimik indikatorlarning toponimik makroko‘lamga mansub boshqa birliklar, xususan, topoasos, toponimik formantlar bilan bog‘liq, mushtarak va farqli jihatlari, lisoniy taraqqiyoti va buning sabab hamda omillari, topoformant vazifasiga o‘tish jarayonlari asoslangan o‘rinlardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 raqamli “Axborot qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori ma’lumotlar bazasini yaratishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 10-iyundagi 01/4-2381-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori ma’lumotlar bazasida toponimik indikatorlarga doir izoh hamda talqinlar takomillashgan;
toponimik makroko‘lamga mansub oykonimik, xoronimik, urbanonimik, gidronimik, oronimik, agronimik, nekronimik, ekklezionimik indikatorlarning leksik-semantik, tarixiy-etimologik va qo‘llanish xususiyatlari ochib berilgan hamda toponimik indikatorlarning semiotik (belgili), indikator (ishora qilish, ko‘rsatish, aniqlash), informatsion (axborot tashish), differensiyasiyalsh (farqlash), derivatsion (yasovchilik), darajalash kabi funksional jihatlari isbotlangan to‘xtam va xulosalardan 2024-2025-yillarda O‘zMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Milliy ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradio kanali davlat muassasasining 2025-yil 13-maydagi 26-36-988-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning o‘zbek tili toponimiyasiga doir bilim va tasavvurlarini boyishida ahamiyatga ega bo‘ldi.