Sobirov Bekzod Nizomboy o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “She’riy matn o‘zbekcha tarjimasida badiiy mahorat masalasi (I.Yusupov ijodi misolida)”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1844.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Duysenbaev Olimjon Ismailovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alniyazov Aytmurat Ismailovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Sapaeva Feruza Davlatovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ibrayim Yusupov lirikasining mavjud o‘zbekcha tarjimalarida shoir estetik tafakkurining namoyon bo‘lishini qiyoslash orqali tarjimonlar mahoratini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adabiy aloqalar, qardosh tillardan tarjima mas’uliyati, tarjima turlari va adabiy komparavistika muammosining nazariy asoslari sohaga doir ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish natijasida tizimlashtirilgan;
she’riy asar tarjimasida shakl va mazmun mutanosibligi, badiiy tasvir vositalarining qayta yaratilishi, shoir va tarjimon ifoda uslubining o‘ziga xosligi masalasi turli tarjimonlar tomonidan qilingan tarjimalarni qiyosiy tahlil qilish natijasida dalillangan;
Ibrayim Yusupov lirikasini o‘zbek tiliga tarjima qilishning tadrijiy bosqichlari hamda badiiy-estetik qimmati turli davrlarda qilingan tarjimalar tahlili asosida aniqlangan hamda Ibrayim Yusupov she’rlari o‘zbekcha talqinida ijodkorning muqobil so‘z tanlash mahorati, shoir va tarjimon shaxsiyati munosabati tarjimalarning adekvatligi nuqtayi nazaridan asoslangan;
Ibrayim Yusupov she’rlari o‘zbekcha tarjimasida milliy koloritning saqlanishi, badiiy uyg‘unlik, adabiy va madaniy an’analar ifodasi ikki tilga mansub realiyalar qiyosiy tahlili natijasida yoritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. I.Yusupov she’rlari o‘zbekcha tarjimalarining qiyosiy tahlili, qardosh tillardan tarjima masalalari tahlili jarayonida olingan natijalar asosida:
adabiy aloqalar, qardosh tillardan tarjima mas’uliyati, tarjima turlari va adabiy komparavistika muammosining nazariy asoslari sohaga doir ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish natijasiga hamda she’riy asar tarjimasida shakl va mazmun mutanosibligi, badiiy tasvir vositalarining qayta yaratilishi, shoir va tarjimon ifoda uslubining o‘ziga xosligi masalasi turli tarjimonlar tomonidan qilingan tarjimalarni qiyosiy tahlil qilish natijasiga oid ilmiy nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan FA-043429-raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 17-apreldagi 225/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, adabiy aloqalar taraqqiyotida badiiy tarjima va uning vositachiligi masalalarini asarlarning nazariy asoslari boyitilishiga erishilgan;
Ibrayim Yusupov lirikasini o‘zbek tiliga tarjima qilishning tadrijiy bosqichlari hamda badiiy-estetik qimmati turli davrlarda qilingan tarjimalar tahlili asosida aniqlangan hamda Ibrayim Yusupov she’rlari o‘zbekcha talqinida ijodkorning muqobil so‘z tanlash mahorati, shoir va tarjimon shaxsiyati munosabati tarjimalarning adekvatligi bilan bog‘liq ilmiy xulosalar Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasida “Til baylıǵı – el baylıǵı”, “Tilge itibar – elge itibar” kabi ko‘rsatuv va eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi televideniesining 2025-yil 15-apreldagi 05-22/215-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv va eshittirishlar ilmiy-ommabopligi ta’minlangan, yangi manbalar bilan boyitilgan;
Ibrayim Yusupov she’rlari o‘zbekcha tarjimasida milliy koloritning saqlanishi, badiiy uyg‘unlik, adabiy va madaniy an’analar ifodasi ikki tilga mansub realiyalarga doir tahlil materiallaridan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyining ekspozisiyalari tarjimalari adabiy qiymatini aniqlashda foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyining 2025-yil 21-maydagi 01-02/03-116-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzeyda Ibrayim Yusupov ijodiga xos badiiy izlanishlar, individual xususiyatlar bo‘yicha materiallar va eksponatlar boyitilgan.