Radjapova Nafisa Muminjonovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Rasmiy muloqotda subektning diktumga munosabatini ifodalovchi vositalar (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil5105.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Cho‘ponov Otanazar Otojonovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Teshabaeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Kalandarov Aybek Ruzimbaevich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida rasmiy muloqotda subektning diktumga munosabatini ifodalovchi lingvistik vositalarni diskurs pragmatikasi nuqtayi nazaridan o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rasmiy muloqot haqidagi lingvistik qarashlarning kommunikativ aspekti, uning tarkibiy komponentlari, kontekstual munosabatlari hamda uni belgilovchi me’yorlar diskurs tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinib, ingliz va o‘zbek tillaridagi rasmiy muloqotning tuzilishi, funksional-pragmatik xususiyatlari bilan bog‘liqligi aniqlangan;
rasmiy muloqotda subektning diktumga munosabatini ifodalovchi ingliz va o‘zbek tillari materiallari leksik-grammatik (modal, kontekstual va sintaktik) vositalarning funksional-semantik xususiyatlari diskurs tahlili qilinib, ularning kommunikativ-pragmatik vazifasi, kontekstual determinatsiyasi, lingvokulturologik ko‘rinishlari va muloqot jarayonidagi o‘rni jahonning ilg‘or funksional diskurs nazariyalari asosida dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi rasmiy muloqotda semantik-pragmatik vositalarning, diktumda bildirilayotgan fikrga subektning kommunikativ pozisiyasini ifodalovchi leksik birliklarning kognitiv tartiblanishi diskursda semantik ifoda (aniqlik, modallik, buyruqlilik, shartlilik, neytrallik, baholash va gradatsiya) turlari kuchli, o‘rta va sust darajada namoyon bo‘lishi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek rasmiy diskursida diktumning pragmatik-semantik ko‘rsatkichlari, uslubiy-reestr xususiyatlari semantik-gradatsion belgilanishi hamda subektning diktumga munosabatining o‘zgarishida pragmatik-munosabat mexanizmlari, illokusion nutq aktlarining bevosita va bilvosita ifodasi chog‘ishtirma diskurs pragmalingvistikasi nuqtayi nazardan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida rasmiy muloqotda subektning diktumga munosabatini ifodalovchi vositalar tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
rasmiy muloqot haqidagi lingvistik qarashlarning kommunikativ aspekti, uning tarkibiy komponentlari, kontekstual munosabatlari hamda uni belgilovchi me’yorlar diskurs tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinib, ingliz va o‘zbek tillaridagi rasmiy muloqotning tuzilishi, funksional-pragmatik xususiyatlari bilan bog‘liqligiga oid tahlillardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Adabiy jarayon” dasturlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 17-dekabrdagi 04-36-1311-son ma’lumotnomasi). Natijada, rasmiy muloqotda subektning diktumga munosabatini ifodalovchi vositalarning tizimli tasnifi, jahon va o‘zbek tilshunosligida nutq madaniyati hamda rasmiy nutq protokoli bo‘yicha shakllangan ilmiy qarashlar mazkur teleloyihalar ssenariylarini yanada takomillashtirishga, ularning mazmuniy aniqligi, uslubiy izchilligi va kommunikativ samaradorligini oshirishga bevosita xizmat qilgan;
rasmiy muloqotda subektning diktumga munosabatini ifodalovchi ingliz va o‘zbek tillari materiallari leksik-grammatik (modal, kontekstual va sintaktik) vositalarning funksional-semantik xususiyatlari diskurs tahlili qilinib, ularning kommunikativ-pragmatik vazifasi, kontekstual determinatsiyasi, lingvokulturologik ko‘rinishlari va muloqot jarayonidagi o‘rni jahonning ilg‘or funksional diskurs nazariyalarini asoslovchi dalillarga oid tahlillaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora-tadbirlar dasturi IX yo‘nalishida belgilangan “Davlat tilini jamiyatdagi mavqei va nufuzini oshirish, matbaa-nashr ishlarini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar”ning 60-bandiga muvofiq “Davlat tili haqida”gi Qonun ijrosini so‘zsiz ta’minlash, Davlat tilini O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan barcha millat va elatlarni birlashtiruvchi umumiy vositaga aylantirish, davlat tiliga hurmat, avvalo, milliy davlatchiligimiz va birdamligimizga nisbatan ehtirom ramzi ekanini yurtdoshlarimiz ongi va qalbiga singdirish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 24-dekabrdagi 10/236-son dalolatnomasi). Natijada, tadqiqot rasmiy muloqotda davlat tiliga hurmat, avvalo, milliy davlatchiligimiz va birdamligimizga nisbatan ehtirom ramzi ekanini yurtdoshlarimiz ongi va qalbiga singdirish borasidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishni takomillashtirishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi rasmiy muloqotda semantik-pragmatik vositalarning, jumladan, diktumda bildirilayotgan fikrga subektning kommunikativ pozisiyasini ifodalovchi leksik birliklarning kognitiv tartiblanishi diskursda semantik ifoda (aniqlik, modallik, buyruqlilik, shartlilik, neytrallik, baholash va gradatsiya) turlari kuchli, o‘rta va sust darajada namoyon bo‘lishiga oid ilmiy isbotlangan xulosalar asosida oliy o‘quv yurti talabalari, magistrantlari, ilmiy izlanuvchilar, o‘qituvchi va maktab o‘quvchilari uchun mavzulashtirilgan “Madaniyatshunoslikka oid inglizcha-o‘zbekcha so‘zlarning izohli lug‘ati” (Toshkent, “Metodist” nashriyoti, 2023-yil) nashr etilgan va EHM dasturi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi, Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning 2024-yil 14-avgustda rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi DGU 42041-raqamli guvohnoma). Natijada, rasmiy diskursdagi kommunikativ-pragmatik vositalarning lingvistik xususiyatlari tavsifi lingvopragmatik tahlil, matn va diskurs tilshunosligi, filologiya va nutq madaniyati fanlari uchun yaratilgan lug‘at shaklidagi o‘quv materiallari mavzuga doir o‘quv kurslarini o‘qitishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek rasmiy diskursida diktumning pragmatik-semantik ko‘rsatkichlari, uslubiy-reestr xususiyatlari semantik-gradatsion belgilanishi hamda subektning diktumga munosabatining o‘zgarishida pragmatik-munosabat mexanizmlari, xususan illokusion nutq aktlarining bevosita va bilvosita ifodasi chog‘ishtirma diskurs pragmalingvistikasi nuqtayi nazardan ilmiy isbot topgan xulosalardan Qoraqalpoq davlat universitetida 2024-2025-yillarda bajarilgan AL-662204393 raqamli “Qoraqalpog‘iston folklorshunosligi antologiyasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida antologiyani tayyorlashda foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining 2025-yil 30 oktyabrdagi 01-21-04/3410-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Qoraqalpog‘iston folklorshunosligi antologiyasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha ilmiy-nazariy jihatdan boyitildi, ish doirasidagi ingliz va o‘zbek tillaridagi rasmiy muloqotda fikr ifodasining turli darajalarini farqlab, diskurs maqsadini aniq ifodalash va ish natijasiga diqqat qaratishda aniqlikka erishilgan.