Xakimova Maxsuna Mamaraxim qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta tolali g‘o‘zada tola chiqimi va chigitida moy miqdori yuqori bo‘lgan seleksion ashyolar yaratish”, 06.01.05– Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Qx1676
Ilmiy rahbar: Xolmurodova Go‘zal Ro‘zievna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Djamolxon Xodjaxonovich, biologiya fanlari doktori, professor; Nabiev Saidg‘ani Muxtorovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘rta tolali g‘o‘zada majmuiy qimmatli-xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan seleksion ashyolarni tanlash hamda yuqori tola chiqimi va moy miqdoriga ega tizmalar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rta tolali g‘o‘zaning konvergent duragaylash asosida ajratib olingan oilalari majmuiy qimmatli-xo‘jalik belgilari bo‘yicha baholanib, ham tola chiqimi, ham chigitdagi moy miqdori yuqori bo‘lgan O-357-68/18, O-541-52/18, O-385-90/18, O-229-32/18 oilalari yangi seleksion ashyolar sifatida tanlab olingan;
o‘rta tolali g‘o‘zaning ajratib olingan oilalarida tola chiqimi va chigitdagi moy miqdori bo‘yicha o‘zaro ijobiy (r=+0,35-0,45) bog‘liqlikka ega, tola chiqimi 38-40 % dan yuqori, tola sifati IV tip va chigit tarkibida moy miqdori o‘rtacha 22,5-23,5 % bo‘lgan seleksion ashyolar tizma darajasiga etkazilgan; 
samarali seleksiya usullari asosida yaratilgan T-189-90/18, T-541-52/18, T-495-500/18, T-385-90/18 tizmalari hosildorligi 40-45 s/ga, tezpisharligi 105-110 kun, tolasi mayin, tola uzunligi va solishtirma uzilish kuchi bo‘yicha andoza navlardan ustun bo‘lib, yuqori seleksion qiymatga ega bo‘lgan genotiplar sifatida baholangan; 
yuqori navdorlikka ega yangi yaratilgan T-189-90/18, T-541-52/18, T-495-500/18, T-385-90/18 tizmalari “dual-purpose” - ikki maqsadli donorlar (tola va moydorlik) sifatida tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rta tolali g‘o‘zada tola chiqimi va chigitida moy miqdori yuqori bo‘lgan seleksion ashyolar yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
tola chiqimi va sifati hamda chigitida miqdori yuqori bo‘lgan, tezpishar, serhosil yangi T-189-90/18, T-541-52/18, T-495-500/18 va T-385-90/18 tizmalari yaratilib, 2022-2024-yillarda Sirdaryo viloyati Xovos tumani “Sirdaryo o‘g‘loni” fermer xo‘jaligining 2,5 ga maydonida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy Markazining 2025-yil 8-iyuldagi №05/04-04-362-son ma’lumotnomasi). Natijada, T-189-90/18 va T-385-90/18 tizmalarining hosildorligi 42-44 s/ga ni, tezpisharligi 105-108 kunni, tola chiqimi 40-41 %ni, T-541-52/18 va T-495-500/18 tizmalarining hosildorligi 43-45 s/ga ni, tezpisharligi 110-112 kunni, tola chiqimi 41-42 %ni tashkil etib, nazorat S-6524 navidan ustunlika erishilgan;
o‘rta tolali g‘o‘zaning yangi T-541-52/18 va T-495-500/18 tizmalari 
2024-yilda Sirdaryo viloyati Xovos tumani “Sirdaryo o‘g‘loni” fermer xo‘jaligida sinovdan o‘tkazish uchun amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 8-iyuldagi №05/04-04-362-son ma’lumotnomasi). Natijada, andoza S-6524 navida unib chiqishdan 50 % gullashgacha bo‘lgan davr 62 kun, ko‘sak ochilishigacha 110 kunni tashkil etgan holda unib chiqishdan 50 % gullash (59,5 kun), 50 % ko‘saklar ochilishi (105,5 kun) bo‘yicha eng qisqa davr T-541-52/18 va T-495-500/18 tizmalarida kuzatilgan hamda mazkur tizmalarda agrotexnika tadbirlarni samarali rejalashtirilish imkonini bergan;
o‘rta tolali g‘o‘zaning yangi T-189-90/18, T-541-52/18, T-495-500/18, 
T-385-90/18 tizmalari 2022-2024 yillarda Sirdaryo viloyati Xovos tumani “Sirdaryo o‘g‘loni” fermer xo‘jaligida sinovdan o‘tkazish uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 8-iyuldagi №05/04-04-362-son ma’lumotnomasi). Natijada, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich T-385-90/18 (6,9 g) va T-495-500/18 (6,8 g) tizmalarida, 1000 dona chigit vazni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich T-189-90/18 (130 g) va T-385-90/18 (125 g) tizmalarida kuzatilib, ushbu belgilar bo‘yicha andoza S-6524 (5,4 g va 118,0 g) navidan ustunligi kuzatilgan hamda sifatli urug‘lik olishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish