Ergashev Umar Kuzievichning 
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): Buxoro amirligi davrida G‘uzor bekligidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar tarixi, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1141. 
Ilmiy rahbar: Boboyorov G‘aybulla Bollievich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti 
DSc 03/2025.27.12.Tar.11.01.
Rasmiy opponentlar: Odilov Abror Anvarovich tarix fanlari nomzodi,dotsent, Qobulov Eshbolta Otamurodovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Buxoro amirligi davrida G‘uzor bekligida kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar tarixini ilmiy yoritish va tahlil qilishdan iborat 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Buxoro amirligi davrida G‘uzor bekligi alohida siyosiy-ma’muriy tuzilmaga aylanganligi, bunga sabab bo‘lgan omillar aniqlanib, bunda G‘uzor bekligi hududi o‘z geografik joylashuviga ko‘ra O‘rta Osiyoning strategik markazlaridan biri bo‘lib, Sug‘d va Baqtriya-Toxariston oralig‘ida o‘rin olgan hudud sifatida mintaqaning o‘ziga xos “darvozasi” vazifasini bajarib kelganligi va bu hududning alohida bir siyosiy-ma’muriy birlik bo‘lishiga zamin yaratganligi asoslangan.
Buxoro amirligi siyosiy hayotida G‘uzorning o‘ziga xos o‘rni bo‘lgani, beklik boshqaruvida “to‘ralar hokimiyatining” yo‘lga qo‘yilish sabablari, amirlikdagi boshqa bekliklar orasida G‘uzor boshqaruvida “to‘ra” – shahzodalar tayinlanishi Buxoro amirlarining bu beklikka alohida ahamiyat berganligi, amirlik uchun birmuncha xavf tug‘dirib kelgan janubiy hududlarda vaziyatni yaqindan nazorat qilish uchun mang‘it hukmdorlari o‘z xonadoni vakillari – to‘ralarni G‘uzor boshqaruviga tayinlanishi muhim strategiya bilan bog‘liq ekanligi dalillangan.
Buxoro amirligida aholining o‘troqlashuv jarayoni yanada kuchaygani aniqlanib, G‘uzor bekligi tarkibidagi yuzlab aholi maskanlarining o‘zbek urug‘lari bilan bog‘liq toponimlar tashkil etgani, G‘uzor bekligi aholisining joylashuv tarkibi ko‘rib chiqilib, beklik mahalliy aholisining katta qismini o‘zbeklar, sezilarli bir qismini tojiklar va o‘zbek tilli arablar tashkil etgani, ular orasida qo‘ng‘irot, saroy, qovchin, batosh, mang‘it, harduri kabi aholi guruhlari ko‘pchilikni tashkil etgani isbotlangan.
Rossiya imperiyasi bosqinidan keyin Buxoro amirligi o‘z mustaqilligini yo‘qotib, imperiyaga tobe davlatga aylanib qolgan davrda amirlikning butun ijtimoiy-siyosiy hayotida rus mustamlakachilik siyosatining ta’siri kuchayib borishi bilan rus-afg‘on chegarasiga olib boradigan yo‘lida joylashgan G‘uzor bekligining harbiy ahamiyati oshib borganligi, asosiy tayanch vazifasini o‘taganligi, boshqa janubiy viloyatlarda yuz berayotgan voqealar, qo‘zg‘olonlar G‘uzor bekligi tomonidan bartaraf etilganligi boisdan ham beklikning mavqei baland ekanligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Buxoro amirligi davrida G‘uzor bekligidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar tarixining o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish, G‘uzor bekligi bo‘yicha yozma manbalar va arxiv materiallarini o‘rganib chiqish, Buxoro amirligi ijtimoiy-siyosiy hayotida G‘uzor bekligining tutgan o‘rnini aniqlash, G‘uzor bekligining siyosiy-ma’muriy tuzilishi, beklikdagi aholi maskanlari nomlari va ularning saqlanish holatini o‘rganish, Buxoro amirligida kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda G‘uzor bekligi aholisining ishtiroki to‘g‘risidagi tarixini tahlil qilish masalasining o‘rganilishi kabi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvining 2024-yil 15-yanvardagi 02–31–74-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi tomoshabinlarga Buxoro amirligi davrida G‘uzor bekligidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar tarixi haqida kengroq tanishish imkoniyatini bergan.
Buxoro amirligi davrida G‘uzor bekligidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar tarixini o‘rganilishda va shu davrda amalga oshirilgan ishlar xalqimizning boy tarixi, moddiy va madaniy merosini ilmiy o‘rganish, targ‘ib qilish va boyitib borish kabi vazifalarni muayyan darajada bajarishda Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi dasturlarida foydalanilgan(Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisining № 01-02/20-01-24 sonli ma’lumotnomasi). Natijada tahlil qilingan manbalar, xulosa va takliflar Buxoro amirligi davrida G‘uzor bekligidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar tarixini o‘rganishga va milliy o‘zlikni anglashga xizmat qilgan.
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “O‘zbekiston tarixi” kanalida “Buxoro amirligi davrida G‘uzor bekligidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar tarixi” mavzusida ilgari surilgan Qashqadaryo vohasining muhim bir qismi bo‘lmish G‘uzor tumanida yaqin o‘tmishda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar tarixini tatqiq etish orqali qo‘lga kiritilgan yangiliklardan foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat unitar korxonasi “Taqdimot” ko‘rsatuvining 2024-yil 15-yanvardagi 02–31–74-sonli ma’lumotnomasi). Bu ma’lumotlar orqali G‘uzor bekligi alohida siyosiy-ma’muriy tuzilma ekanligiga, bunga sabab bo‘lgan omillar dalillar asosida keltirilganligiga ishonch hosil qilingan. Bundan tashqari, G‘uzor bekligidagi o‘zbek urug‘lari – qo‘ng‘irot, saroy, batosh, qovchin, mang‘it va hokazolarning bu hududda tarqalishi, ular yashaydigan aholi maskanlari, ularning turmush tarzi va hokazolar haqida ma’lumotlar aholiga taqdim qilingan. Natijada teletomoshabinlarda vohada kechgan ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni G‘uzor bekligi misolida tarix va toponimlar muammosini o‘rganish yuzasidan amaliy ahamiyatga ega ma’lumotlar va tushunchalar hosil bo‘lishiga yordam bergan.
Buxoro amirligida G‘uzor bekligi ijtimoiy-siyosiy hayotida o‘ziga xos o‘rni bo‘lganligini, beklikni boshqaruvida amirning o‘g‘illari, ya’ni to‘ralar tayinlanganligini, beklikning aholisining joylashuvini va ularning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga ta’siri haqida Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi dasturlarida foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisining № 01-02/20-01-24 sonli ma’lumotnomasi). Natijada G‘uzor bekligida kechgan siyosiy jarayonlar, mang‘itlar xonadoni boshqaruvi, Abdumalik To‘ra faoliyati va uning yo‘lboshchiligida istilochi kuchlarga qarshi kurash kabi tarixiy voqeliklarni yoritish orqali yosh avlodda vatanparvarlik tuyg‘ularining shakllanishiga hissa qo‘shadigan jihatlariga e’tibor berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish