OlimovUlug‘bek Nusratullo o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Turonning qadimgi davri arab tarixshunosligida (20-yuzyillikning ikkinchi yarmi – 21-yuzyillik boshlaridagi tadqiqotlar tahlili)”. 07.00.08 – “Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.4.PhD/Tar1753
Ilmiy rahbar: Nigora Ashirovna Allaeva, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.05/2025.27.12.Tar.05.01. 
Rasmiy opponentlar: Azimxo‘ja Muzaffarovich Otaxo‘jaev, tarix fanlari doktori, professor; 
Tohir Xusanovich Norqobilov, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: arab tarixshunosligida Turonning qadimgi tarixi, xususan, eng qadimgi zamonlardan yunon-makedonlar istilosiga qadar bo‘lgan davrga oid ilmiy talqin va yondashuvlarni aniqlash, ularni qiyosiy tahlil etish hamda milliy tarixshunoslik uchun nazariy va manbaviy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Zamonaviy arab tarixshunosligida, umumiy arxeologik o‘xshashliklarga tayanib ilgari surilgan “O‘zbekistondagi Teshiktosh manzilgohi Iroqdagi Shanidar g‘oridan migratsiya qilgan neandertallarning vaqtinchalik makoni” degan nazariyaning ilmiy jihatdan asossiz ekanligi tosh industriyasidagi turlarga oid farqlar (Teshiktoshda og‘ir mehnat qurollari ustunligi, Shanidarda uchli qurollarning ko‘pligi) hamda Turon hududida Teshiktosh bilan zamondosh rivojlangan boshqa manzilgohlarning (Xatak) mavjudligi asosida Boysun tog‘ tizmalari ko‘chish jarayonidagi vaqtinchalik manzilgoh emas, balki mustaqil antropogenez o‘chog‘i ekanligi dalillangan;
Arab tarixshunosligida, ilgari surilgan “Turonning neolit va bronza davri madaniyatlari (Joytun, Anov, Gunurtepa) Yaqin Sharq sivilizatsiyasi ta’sirining mahsulidir” degan yondashuvning biryoqlama ekanligi Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspedisiyasi (M.Masson) va Baqtriya-Marg‘iyona arxeologik majmuasi (V.Sarianidi) materiallarining stratigrafik tahlili asosida inkor etilib, Joytun va Anov yodgorliklarida o‘troq dehqonchilik hamda kulolchilikning shakllanishi tashqi omil hisobiga emas, balki mintaqaning o‘z ichki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi negizida bosqichma-bosqich yuz berganligi, Gunurtepaning me’moriy tuzilishi va dafn marosimlari esa Yaqin Sharq andozasidan farqli o‘laroq, mahalliy diniy-dunyoviy qarashlar asosida rivojlangan mustaqil tamaddun o‘chog‘i ekanligi dalillangan;
Bugungi kungacha fanda mavjud bo‘lgan “Ellin madaniyatining ustunligi”ga asoslanuvchi yondashuvga qarshi o‘laroq, arab tarixshunosligida Makedoniyalik Aleksandrning sharqqa yurishi jarayonida yunon-makedon zodagonlarida Sharq madaniyatining o‘ziga xos jihatlarini (hukmdor shaxsini hurmat qilishga qaratilgan saroy odati, tantanali qabul marosimlari, shohona libos va kiyinish madaniyati hamda hukmdorga murojaat qilishning yuksak tartib-qoidalari) o‘zlashtirishga moyilligi bo‘lganligi, bu esa “ellinlashtirish”ning bir tomonlama jarayon emas, balki nisbiy tushuncha ekanligini ko‘rsatuvchi xulosa ustuvor ekanligi asoslangan;
20-yuzyillikning ikkinchi yarmida arab tarixshunosligida “Avesto” va zardushtiylikni qiyosiy-diniy metod asosida o‘rganish ko‘lamining keskin kengayishi mintaqadagi siyosiy jarayonlar, xususan, 1967-yilgi “Olti kunlik urush”dagi mag‘lubiyat ortidan “panarabizm” (arab birligi) mafkurasining chuqur tanazzuli bilan bog‘liq ekanligi, natijada yuzaga kelgan g‘oyaviy bo‘shliqni to‘ldirish hamda islom dinining qadimgi e’tiqodlardan mutlaq ustunligini ko‘rsatib berishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojning ortishi mazkur yo‘nalishdagi tadqiqotlarning kuchayishiga asosiy turtki bo‘lganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Zamonaviy arab tarixshunosligida, umumiy arxeologik o‘xshashliklarga tayanib ilgari surilgan “O‘zbekistondagi Teshiktosh manzilgohi Iroqdagi Shanidar g‘oridan migratsiya qilgan neandertallarning vaqtinchalik makoni” degan nazariyaning ilmiy jihatdan asossiz ekanligi tosh industriyasidagi turlarga oid farqlar (Teshiktoshda og‘ir mehnat qurollari ustunligi, Shanidarda uchli qurollarning ko‘pligi) hamda Turon hududida Teshiktosh bilan zamondosh rivojlangan boshqa manzilgohlarning (Xatak) mavjudligi asosida Boysun tog‘ tizmalari ko‘chish jarayonidagi vaqtinchalik manzilgoh emas, balki mustaqil antropogenez o‘chog‘i ekanligi haqidagi yondashuvlarga oid xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ochiq dars” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2025-yil 3-avgustdagi 01-044-204-son ma’lumotnomasi). Mazkur ma’lumotlar Turon tarixining xalqaro miqyosda yoritilish darajasini keng ommaga tushuntirib berishga xizmat qilgan.
Arab tarixshunosligida, ilgari surilgan “Turonning neolit va bronza davri madaniyatlari (Joytun, Anov, Gunurtepa) Yaqin Sharq sivilizatsiyasi ta’sirining mahsulidir” degan yondashuvning biryoqlama ekanligi Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspedisiyasi (M.Masson) va Baqtriya-Marg‘iyona arxeologik majmuasi (V.Sarianidi) materiallarining stratigrafik tahlili asosida inkor etilib, Joytun va Anov yodgorliklarida o‘troq dehqonchilik hamda kulolchilikning shakllanishi tashqi omil hisobiga emas, balki mintaqaning o‘z ichki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi negizida bosqichma-bosqich yuz berganligi, Gunurtepaning me’moriy tuzilishi va dafn marosimlari esa Yaqin Sharq andozasidan farqli o‘laroq, mahalliy diniy-dunyoviy qarashlar asosida rivojlanganligi haqidagi ilmiy qarashlariga oid natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining ko‘rsatuvlar turkumini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2025-yil 3-avgustdagi 01-044-204-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar milliy qadriyatlarning jahon ilmiy maydonidagi talqinini boyitishga xizmat qilgan.
Bugungi kungacha fanda mavjud bo‘lgan “Ellin madaniyatining ustunligi”ga asoslanuvchi yondashuvga qarshi o‘laroq, arab tarixshunosligida Makedoniyalik Aleksandrning sharqqa yurishi jarayonida yunon-makedon zodagonlarida Sharq madaniyatining o‘ziga xos jihatlarini (hukmdor shaxsini hurmat qilishga qaratilgan saroy odati, tantanali qabul marosimlari, shohona libos va kiyinish madaniyati hamda hukmdorga murojaat qilishning yuksak tartib-qoidalari) o‘zlashtirishga moyilligi bo‘lganligi, bu esa “ellinlashtirish”ning bir tomonlama jarayon emas, balki nisbiy tushuncha ekanligini ko‘rsatuvchi ilmiy ma’lumotlardan Madaniy meros agentligi tizimidagi muzeylar faoliyatini tashkil etishda foydalanilgan (Madaniy meros agentligining 2025-yil 16-dekabrdagi 04-07/5042-sonli ma’lumotnomasi). Aniqlangan ma’lumotlar muzey ekspozisiyalarini qadimgi dunyo sivilizatsiyalari o‘rtasidagi aloqalarni ko‘rsatuvchi yangi dalillar bilan boyitish imkonini bergan.
20-yuzyillikning ikkinchi yarmida arab tarixshunosligida “Avesto” va zardushtiylikni qiyosiy-diniy metod asosida o‘rganish ko‘lamining keskin kengayishi mintaqadagi siyosiy jarayonlar, xususan, 1967-yilgi “Olti kunlik urush”dagi mag‘lubiyat ortidan “panarabizm” (arab birligi) mafkurasining chuqur tanazzuli bilan bog‘liq ekanligi, natijada yuzaga kelgan g‘oyaviy bo‘shliqni to‘ldirish hamda islom dinining qadimgi e’tiqodlardan mutlaq ustunligini ko‘rsatib berishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojning ortishiga doir ilmiy tahlillardan Madaniy meros agentligi tizimidagi muzey ashyolari tavsifini yaratishda foydalanilgan (Madaniy meros agentligining 2025-yil 16-dekabrdagi 04-07/5042-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari O‘zbekistonning boy madaniy merosini ilmiy dalillar asosida keng ommaga targ‘ib etishga hamda xalqaro madaniy aloqalarni yoritishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish