Surayyo Xolqo‘zi qizi Raxmonovaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda ayollarning ijtimoiy hayoti (1917 – 1941-yillar)”. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.3.PhD/Tar1124
Ilmiy rahbar: Muhayyo Srajiddinovna Isakova, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.05/2025.27.12.Tar.05.01.
Rasmiy opponentlar: Dilora Nazarovna Rajabova, tarix fanlari doktori, dotsent;
Gavhar Esanovna Mo‘minova, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1917 – 1941-yillarda O‘zbekiston ayollarning ijtimoiy hayoti, ular borasida hukumat siyosatining mohiyati hamda uning oqibatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sovet davrining 1917 – 1941-yillarida xotin-qizlar ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar – jadidlarning islohiy harakatlari (1917-yil fevral – 1918-yil yanvargacha); nikoh munosabatlarida yangi tartiblar (1918 – 1924-yillar); sovet hokimiyatining mustahkamlanishi (1924 – 1926-yillar); “Hujum” oqibatidagi ijtimoiy-ruhiy bosim ortgan payt (1926 – 1932-yillar); og‘ir hamda majburiy mehnat kuchaygan (1932 – 1941-yillar) bosqichlarda yuz berganligi aniqlangan;
sovet hokimiyati o‘rnatilgan dastlabki yillarda qurolli qarshilik harakatlari avj olgani sababli o‘z qo‘llab-quvvatlovchilarini oshirish maqsadida ayollarni jabrlangan va huquqsiz toifa sifatida talqin qilib, ularni o‘zlariga g‘oyaviy tarafdor etishga intilish yuz bergan bo‘lsa, kolxoz va sovxozlar tashkil etilgach hukumat “himoyasida” deb qaralgan ayollar erkaklar bilan teng mehnat qilsa-da, kam haq to‘lanadigan arzon ishchi kuchi sifatida foydalanish qaratilgan siyosat yuritilgani dalillangan;
oilaviy munosabatlarda sovet hokimiyati erta nikoh, ko‘pxotinlilik, qalin pulini bekor qilishdan sinfiy dushman boy va dindorlarni yo‘q qilish maqsad qilingan bo‘lsa-da, ammo aholi orasida ocharchilik (aholi farzandlarini boqa olmaganligi, hukumat himoyaga muhtoj aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlamaganligi) hamda milliy turmush tarzga zid bo‘lgan “Hujum” harakatida va undagi qat’iy - majburiy siyosat sababli erta nikoh, qalin puli jamiyatda saqlanib qolganligi asoslangan;
xotin-qizlar uchun ochilgan “savodsizlikni tugatish kurslari”da ta’limdan ko‘ra siyosiy targ‘ibotga asosiy urg‘u berilgani (sovet qonunchiligini bilish, sotsialistik dohiylarni ulug‘lash), xalqning ma’naviy tarbiyasiga zid bo‘lgan dinga qarshi kurash targ‘ib qilingani (Qur’on va Hadisni ayollar huquqini tahqirlaydi deb uqtirish), kadrlar, moddiy-texnik etishmovchiliklar oqibatida tinglovchi-ayollar soni yil sayin kamayib borgani, o‘quvchilarning 50 foizdan 70 foizgacha o‘qishni tamomlamay tashlab ketganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
sovet davrining 1917 – 1941-yillarida xotin-qizlar ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar – jadidlarning islohiy harakatlari (1917-yil fevral – 1918-yil yanvargacha); nikoh munosabatlarida yangi tartiblar (1918 – 1924-yillar); sovet hokimiyatining mustahkamlanishi (1924 – 1926-yillar); “Hujum” oqibatidagi ijtimoiy-ruhiy bosim ortgan payt (1926 – 1932-yillar); og‘ir hamda majburiy mehnat kuchaygan (1932 – 1941-yillar) bosqichlarda yuz berganligi “O‘zbekiston24” radiokanalining “Jadidchilik ma’rifati” eshittirishida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston24” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi 2025-yil 28-oktyabr 03-09-1687-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari sovet davrida xotin-qizlar ijtimoiy hayotida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni yoritishga xizmat qiladi;
sovet hokimiyati o‘rnatilgan dastlabki yillarda qurolli qarshilik harakatlari avj olgani sababli o‘z qo‘llab-quvvatlovchilarini oshirish maqsadida ayollarni jabrlangan va huquqsiz toifa sifatida talqin qilib, ularni o‘zlariga g‘oyaviy tarafdor etishga intilganligi yuz bergan bo‘lsa, kolxoz va sovxozlar tashkil etilgach hukumat “himoyasida” deb qaralgan ayollar erkaklar bilan teng mehnat qilsa-da, kam haq to‘lanadigan arzon ishchi kuchi sifatida foydalanish qaratilgan siyosat yuritilgani “O‘zbekiston24” radiokanalining “Jadidchilik ma’rifati” eshittirishida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston24” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi 2025-yil 28-oktyabr 03-09-1687-son ma’lumotnomasi). Ushbu tadqiqot natijasining joriy etilishi sovet hokimiyatining ayollar siyosati borasidagi asl maqsadini oydinlashtirish imkonini bergan;
oilaviy munosabatlarda sovet hokimiyati erta nikoh, ko‘pxotinlilik, qalin pulini bekor qilishdan sinfiy dushman boy va dindorlarni yo‘q qilish maqsad qilingan bo‘lsa-da, ammo aholi orasida ocharchilik (aholi farzandlarini boqa olmaganligi, hukumat himoyaga muhtoj aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlamaganligi) hamda milliy turmush tarzga zid bo‘lgan “Hujum” harakatida va undagi qat’iy - majburiy siyosat sababli erta nikoh, qalin puli jamiyatda saqlanib qolganligi 2021 – 2023-yillari Tarix institutida bajarilgan AL 03-05 “JADID.UZ elektron platformasini yaratish” mavzusidagi ilmiy loyihasida “Manbalar” bo‘limining “Matbuot” rukni boyitilib foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi 2025-yil 23-oktyabr 3/1255-2534-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar elektron platformani ilmiy ma’lumotlar bilan to‘ldirishga xizmat qilgan;
xotin-qizlar uchun ochilgan “savodsizlikni tugatish kurslari”da ta’limdan ko‘ra siyosiy targ‘ibotga asosiy urg‘u berilgani (sovet qonunchiligini bilish, sotsialistik dohiylarni ulug‘lash), xalqning ma’naviy tarbiyasiga zid bo‘lgan dinga qarshi kurash targ‘ib qilingani (Qur’on va Hadisni ayollar huquqini tahqirlaydi deb uqtirish), kadrlar, moddiy-texnik etishmovchiliklar oqibatida tinglovchi-ayollar soni yil sayin kamayib borgani, o‘quvchilarning 50 foizdan 70 foizgacha o‘qishni tamomlamay tashlab ketganligi 2021 – 2023-yillari Tarix institutida bajarilgan AL 03-05 “JADID.UZ elektron platformasini yaratish” mavzusidagi ilmiy loyihasida “Manbalar” bo‘limining “Matbuot” rukni boyitilib foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi 2025-yil 23-oktyabr 3/1255-2534-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar tadqiqotga oid kam o‘rganilgan ma’lumotlarni kengaytirishga xizmat qilgan.