Temirov Humoyinmirzo Najmiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim tizimida korrupsiyani bartaraf etishning ijtimoiy-falsafiy omillari” 
09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.I.PhD/Fal504
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.F.22.01
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xujaev Muminjon Isoxonovich falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Haydaraliev Shuhrat Abdulazizovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor v.b., Isomiddinov Yunusjon Yusubboevich, falsafa doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiѕton Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korrupsiya hodisasining ijtimoiy-falsafiy mohiyatini ochib berish, uning jamiyat va ta’lim tizimi taraqqiyotiga ta’sirini ilmiy tahlil qilish hamda uni bartaraf etishning asosiy ijtimoiy-falsafiy omillarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ta’lim tizimida korrupsiyaning ijtimoiy-falsafiy mohiyati ilk bor integral yondashuv orqali talqin qilinib, korrupsiyaning jamiyat ongiga, ta’lim subektlarining ma’naviy-huquqiy pozisiyasiga va ta’lim jarayonining institutsional ishonchliligiga ta’sir qiluvchi determinatsiyalovchi omillari konseptual jihatdan asoslandi;
korrupsiyaning ta’lim tizimida shakllanishiga ta’sir etuvchi obektiv (boshqaruv tizimi, nazorat mexanizmlari, iqtisodiy rag‘batlar) va subektiv (qadriyatlar, motivatsiya, axloqiy me’yorlar, ijtimoiy ong) omillar o‘zaro bog‘liq holda tahlil qilinib, ularning korrupsion risklarni kuchaytiruvchi yoki kamaytiruvchi mexanizmlari aniqlashtirildi;
ta’lim tizimida korrupsiyani bartaraf etishga doir falsafiy tamoyillar tizimi (halollik, adolat, mas’uliyat, shaffoflik, ijtimoiy ishonch, meritokratiya) ishlab chiqilib, ularning real ta’limiy amaliyot bilan uyg‘unlashish darajasi yangi nazariy mezonlar orqali baholandi;
ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan integrativ ijtimoiy-falsafiy model ishlab chiqildi. Model korrupsiyani oldini olishning ma’naviy-axloqiy, institutsional, kommunikativ va boshqaruv mexanizmlarini yagona konseptual tizimda uyg‘unlashtiradi hamda halollik madaniyatini mustahkamlashga xizmat qiluvchi asosiy determinantlarni ilmiy jihatdan asoslab beradi. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim tizimida korrupsiyani bartaraf etishning ijtimoiy-falsafiy omillarini o‘rganishga doir tadqiqot natijalari asosida:
Korrupsiyaning ta’lim tizimidagi namoyon bo‘lishini ijtimoiy-falsafiy mezonlar asosida talqin qilishga doir nazariy-model yondashuv ishlab chiqilgan natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi 2025-yil 16-maydagi 04/6-08-22-ѕon ma’lumotnomaѕi). Natijada  ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi ma’naviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish, sohaga oid kadrlarni axloqiy mas’uliyatini oshirish va fuqarolik ongini mustahkamlash kabi yo‘nalishlarda yangi konseptual yondashuvlar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi.
Ilg‘or xorijiy mamlakatlar, jumladan AQSh, Singapur va Finlyandiya davlatlari misolida korrupsiyaga qarshi kurashish tajribasi ijtimoiy-falsafiy aspektda tizimli qiyosiy tahlil etilgan va ishlab chiqilgan taklif-tavsiyalardan Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil ikkinchi yarim yillik ish rejasida belgilangan ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 1-may 05-16-21-2291-son ma’lumotnomaѕi). Natijada yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, fuqarolik ongini mustahkamlash va axloqiy pozisiyani shakllantirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot dasturlari ishlab chiqildi hamda Respublikaning turli hududlarida samarali ravishda amalga oshirildi.
Ta’lim tizimidagi korrupsiyaga qarshi kurashning ijtimoiy-falsafiy determinantlari sifatida axloqiy ong, fuqarolik mas’uliyati va institutsional ishonch kabi tushunchalarning bir-biri bilan uzviy bog‘liqligi asoslangan holda falsafiy konsepsiyaga aylantirilgan ilmiy-falsafiy xulosalar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiѕton Reѕrublikaѕi Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi tomonidan yo‘nalishdagi tahliliy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiѕton Reѕrublikaѕi Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazining 2025-yil 17-iyundagi 02-03/208-ѕon ma’lumotnomaѕi). Natijada Markaz faoliyatida axloqiy mas’uliyat, institutlarga nisbatan ishonch va fuqarolik ongini mustahkamlovchi yondashuvlar asosida korrupsiyaga qarshi barqaror mafkuraviy immunitetni shakllantirishga xizmat qiluvchi siyosiy-ma’rifiy metodikalar joriy etildi va bu markaz faoliyatida mafkuraviy masalalarni tadqiq qilishda foydalanildi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish