Radjapboeva Xurshida Maxsudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
 “Sharof Rashidovning “Kashmir qo‘shig‘i” asarida borliqni anglashning badiiy-estetik mohiyati”  
09.00.02 - Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fal 1358
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.F.10.02 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: O‘roqova Oysuluv Jamoliddinovna falsafa falsafa doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Muhammadjonova Lalixon Ashuralievna falsafa fanlari nomzodi, dotsent; Sobirova Zilolaxon Mahmudovna falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sharof Rashidovning “Kashmir qo‘shig‘i” asarida borliqni anglashning badiiy-estetik mohiyatini falsafiy-estetik mezonlar asosida tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
borliqni idrok etish va estetik tasvirlash borasidagi qarashlar davr falsafasi nuqtai nazaridan yangicha tahlil etilib, uning ijodiy-estetik yondashuvida pozitivizm va romantizm oqimlarining ta’siri ochib berilgan;
“Kashmir qo‘shig‘i” asari ilk bor falsafa obekti sifatida tahlil etilgan bo‘lib, unda borliqni tabiat, inson va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimida anglashga qaratilgan g‘oyalar estetik mezonlar asosida yoritilgan;
“Kashmir qo‘shig‘i” asarining axloqiy va estetik mazmuni o‘zaro bog‘liq holda o‘rganilib, ularning gedonistik ta’siri, subektiv tafakkurda estetik idrok orqali yuzaga keladigan zavq, hissiy taassurot va ma’naviy qoniqish holatlari falsafiy-estetik mexanizm sifatida nazariy jihatdan asoslab berilgan. 
“Kashmir qo‘shig‘i” asarining estetik mohiyatiga doir yangi, kompleks tahlillar simvollar, psixologik portretlar, estetik muhit orqali borliqni anglashga qaratilgan falsafiy yondashuvlar asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sharof Rashidovning “Kashmir qo‘shig‘i” asarida borliqni anglashning badiiy-estetik mohiyatini tadqiq etish bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida: 
“Kashmir qo‘shig‘i” asarining estetik mohiyatiga oid chuqur va kompleks tahlilni simvollar, psixologik portretlar va estetik muhit orqali borliqni anglashga qaratilgan falsafiy, psixologik yondashuvlar asosida ochib berishda inson va borliq munosabatini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida talqin qilishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyining tegishli ekspozisiyalarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2025-yil 26-maydagi 10/1061-son Ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ilmiy natijalar muzeyga tashrif buyuruvchilarda borliqni falsafiy-ma’naviy tushunish qobiliyati, jamiyat va tabiatga ma’suliyat bilan yondashish tuyg‘usi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat shakllanishiga xizmat qilgan.
 Tabiat va insonning ichki dunyosini birlashtirishda Sharof Rashidovning “Kashmir qo‘shig‘i” asarida tabiat bilan insonning emotsional munosabatlarini va ichki aloqa mexanizmlarini yoritishga oid taklif va tavsiyalardan Sharof Rashidov nomidagi xalqaro fondda foydalanildi (Sharof Rashidov nomidagi xalqaro fondning 2025-yil 26 maydagi 25-son Ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonning adabiy va ma’naviy merosi xalqaro sahnaga chiqishiga, ilmiy tadqiqotlar va ta’lim sohalarida yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lishiga, san’at va madaniyatda yangi ijodiy loyihalar amalga oshishiga, xalqaro hamkorlik va diplomatik aloqalar mustahkamlanishiga, insonning ichki dunyosi va tabiatga munosabatiga oid yangi g‘oyalar ommalashishiga xizmat qilgan; 
Sharof Rashidovning borliqni anglash va uning estetik mohiyatini davrning falsafiy qarashlariga asoslanib yangicha nuqtai nazardan tahlil qilish, adib ijodining pozitivizm, romantizm kabi turli falsafiy oqimlarga ta’siri, shuningdek, “Kashmir qo‘shig‘i asarining falsafiy kontekstiga ilk bor e’tibor qaratilib, uning tabiat, inson va jamiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar orqali borliqni anglashga qo‘shgan hissasini chuqur falsafiy tahlil qilishga oid taklif va tavsiyalardan Sharof Rashidov ilmiy-ma’rifiy yodgorlik uy-muzeyini tashkil etishda foydalanildi (Sharof Rashidov ilmiy-ma’rifiy yodgorlik uy-muzeyning 2025-yil 15-maydagi 15 son Ma’lumotnomasi). Bu esa muzeyga tashrif buyuruvchilarning ma’naviy jihatdan yuksalishiga, ta’lim samaradorligi oshishiga, milliy g‘oya mustahkamlanishi va ilmiy taqdiqotlar rivojlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish