Raxmatov Xayrulla Bozorboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro amirligidagi etnik jarayonlarning tarixiy-geografik tahlili”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi va 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya ixtisosliklari bo‘yicha (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1125
Ilmiy rahbar: Aqchaev Farrux Shavkatovich tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. DSc.03/2025.27.12.Tar.11.01.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, dotsent Xudoyqulov To‘lqin Do‘stboboevich; tarix fanlari doktori, dotsent Abdalov Umidbek Matniyazovich
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: “XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro amirligidagi etnik jarayonlarning tarixiy-geografik jixatdan tahlil etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro amirligining ma’muriy tizimidagi bekliklar, amlokliklar kabi amirlikning turli hududlaridagi aholining etnik tarkibi forsiy, turkiy va rus tillardagi manbalar va statistik ma’lumotlar asosida aniqlanib, bu davrda amirlikda turkiy (o‘zbek)cha urug‘lar ko‘pchilikni tashkil etishi dalillangan;
O‘rganilayotgan davrda Buxoro amirligidagi etnik o‘zlikni anglash masalalari hamda yirik etnik guruhlar (mang‘it, qo‘ng‘irot, barhin, kenagas, saroy, nayman, qushchi, burqut, qarluq, barlos, do‘rman va b.lar)ning geografik joylashuvi, ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholining o‘troqlashuvi va yangi aholi maskanlarining tashkil topish jarayonlari amirlikdagi viloyatlar misolida qiyosiy tahlil orqali ochib berilgan;
Buxoro amirligi mahalliy aholisi bo‘lgan o‘zbek, tojik, turkman va qozoqlarning amirlik bo‘ylab tarqalish geografiyasi aniqlanib, ularning nisbati qaysi hududlarda ko‘p yoki oz ekani, ular bilan bog‘liq etnotoponimlar tog‘, tog‘oldi, dasht hamda suv havzalarining qay birida ko‘proq uchrashi isbotlangan;
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro, Surxon vohalari hamda Sharqiy Buxoro va Amudaryoning o‘rta havzasidagi siyosiy-ma’muriy birliklar aholisining turli-tumanlik kasb etishida XIX asr boshlarida o‘zbek urug‘larining, qisman esa turkman urug‘larining yoppasiga o‘troqlasha boshlagani o‘z ta’sirini ko‘rsatgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida: XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro amirligining siyosiy-ma’muriy tizimidagi bekliklar, amlokliklar, amirlikning turli hududlaridagi viloyatlardagi etnotoponimlar, aholining etnik tarkibi forsiy, turkiy va rus tillardagi manbalar va statistik ma’lumotlar asosida aniqlanib, bu davrda amirlikda turkiy (o‘zbek)cha etnotoponimlar ko‘pchilikni tashkil etishi hamda o‘rganilayotgan davrda Buxoro amirligidagi etnik o‘zlikni anglash masalalari hamda yirik etnik guruhlar (mang‘it, qo‘ng‘irot, barhin, kenagas, saroy, nayman, qushchi, burqut, qarluq, barlos, do‘rman va b.lar)ning geografik joylashuvi, ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholining o‘troqlashuvi va yangi aholi maskanlarining tashkil topish jarayonlari amirlikdagi viloyatlar misolida ochib berilgan;
Buxoro amirligining ijtimoiy-siyosiy holati va aholisi orasida kechgan ijtimoiy jarayonlar ilmiy natijalardan kelib chiqib O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2022-yil 16-dekabrda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat muassasasining 2022-yil 16-dekabrdagi 02-31-2085-son ma’lumotnomasi). Bu esa Buxoro amirligi aholisi tarkibining o‘ziga xosligi, turmush tarzi turlicha bo‘lgan o‘troq, yarim o‘troq va yarim ko‘chmanchi aholining voha bo‘ylab joylashuv xususiyatini o‘rganishda, ko‘rsatuv mazmunini boyitishda hal qiluvchi rol o‘ynagan;
Buxoro amirligi mahalliy aholisi bo‘lgan o‘zbek, tojik, turkman va qozoqlarning amirlik bo‘ylab tarqalish geografiyasi aniqlanib, ularning nisbati qaysi hududlarda ko‘p yoki oz ekani, ular bilan bog‘liq etnotoponimlar tog‘, tog‘oldi, dasht hamda suv havzalarining qay birida ko‘proq uchrashi kabi ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022-yil 12-maydagi 01-14/4129-son ma’lumotnomasi). Natijada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro amirligi hududida joylashgan Jizzax viloyatining tarixiy ildizlarini aks ettiruvchi ekskursiya matnlari va ular asosida tarixchilar uchun amalga oshirilgan ekskursiyalar sayyohlarda ham katta qiziqish uyg‘otgan;
Buxoro, Qashqadaryo va Surxon vohalari hamda Sharqiy Buxoro va Amudaryoning o‘rta havzasidagi siyosiy-ma’muriy birliklar aholisining turli-tumanlik kasb etishida XIX asr oxiri – XX asr boshlarida asosan o‘zbek urug‘larining, qisman esa turkman urug‘larining yoppasiga o‘troqlasha boshlagani o‘z ta’sirini ko‘rsatgani haqidagi ma’lumotlardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi Buxoro viloyat muassasasida amirlikning etnik va geografik tarixini o‘rganishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining
2022-yil 1-avgustdagi 01-28/0108.22-son ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro vohasi, Surxon vohasi va sharqiy Buxoro, Qashqadaryo vohalari, Amudaryoning o‘rta havzasidagi siyosiy-ma’muriy birliklari aholisi hamda ulardagi etnik jarayonlar ma’muriy birliklarining etnomadaniy faolligini ko‘rsatib berilganligi Buxoro amirligining geografik joylashuvi tarixiga oid ilmiy adabiyotlarni boyitishga hissa qo‘shgan.