Mahmudova Umida Ural qizining
filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamli diskursda zamonaviy mediamatnlarning lingvomadaniy tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Fil 716.
Ilmiy maslahatchi: Raximov G‘anisher Xudoyqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc. 03/2025.27.12.Fil.11.05.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Fazilat Shukurovna, filologiya fanlari doktori, professor; Mirsanov G‘aybullo Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sarimsoqov Xurshid Abdimalikovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi raqamli diskursda zamonaviy mediamatnlarning lingvomadaniy xususiyatlarini ilmiy-nazariy tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Transsferik tasnif modeli”ning dinamik traektoriyalari negizida raqamli diskursning veb, mobil va messenjer asosli matnlarda namoyon bo‘ladigan ijtimoiy-semantik, polifonik, personalizatsiya imkoniyatlari hamda gipermediyaviy strukturasi lingvomadaniy tahlil mezonlari orqali aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi raqamli diskursda monoekvivalentlik, poliekvivalentlik, ma’noviy ekvivalentlik hamda ekvivalensiz diskursiv birliklarning gapning tema va remasini belgilashdagi o‘ziga xos roli ijtimoiy tarmoqlardagi heshteg, veb-sayt, klikbeyting va memlarning diskursiv-semantik komponent tadqiqi asosida isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida raqamli diskursning morfologik, sintaktik bog‘lanishidagi universal va farqli xususiyatlari tillarda gipersintaksik, elliptik jumlalar, anaforik bog‘lanishlarning ustunligi hamda o‘zbek tilida kalka tarjimalar va kodlar almashinuvi natijasida yuqori transformativ gibrid sintaktik tuzilmalar shakllanishi orqali asoslangan;
har ikki tildagi raqamli diskursda milliy-madaniy birliklar va emojilarning lingvomadaniy farqlari zamonaviy mediamatnlarning semiotika va metaforalari antropomorf hamda noantropomorf modellarda tahlil etilishi orqali milliy tafakkur va madaniy identifikatsiyaning asosiy vositasi sifatida dalillangan;
ingliz tilida shaxsiylashtirilgan va to‘g‘ridan to‘g‘ri uslublar hamda o‘zbek tilida maqomga asoslangan xushmuomalilik va jamoaviylik mezonlari o‘rtasidagi “individuallik – jamoaviylik”, “verbal – vizual”, “bevositalik – bilvositalik” kabi qarama-qarshi munosabatlar orqali raqamli diskursda kommunikativ strategiyalarning lingvopragmatik mohiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida raqamli texnologiyalar diskursining semantik-struktur, lingvomadaniy xususiyatlarini tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
“Transsferik tasnif modeli”ning dinamik traektoriyalari negizida raqamli diskursning veb, mobil va messenjer asosli matnlarda namoyon bo‘ladigan ijtimoiy-semantik, polifonik personalizatsiya imkoniyatlari hamda gipermediyaviy strukturasi lingvomadaniy tahlil mezonlari orqali aniqlanganiga oid nazariy xulosalardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023 yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR 3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro loyihaning ijtimoiy fanlar sektori filologiya bo‘limida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 1-maydagi 04/1724-son ma’lumotnomasi). Natijada raqamli diskurs transformatsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar nafaqat oliy ta’lim muassasalarida fanlarning innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitilishida, balki keng omma uchun mo‘ljallangan tarbiyaviy ahamiyatga ega adabiyotlarni yaratishda ham muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi raqamli diskursda monoekvivalentlik, poliekvivalentlik, ma’noviy ekvivalentlik hamda ekvivalensiz diskursiv birliklarning gapning tema va remasini belgilashdagi o‘ziga xos roli ijtimoiy tarmoqlardagi heshteg, veb-sayt, klikbeyting va memlarning diskursiv-semantik komponent tadqiqi asosida isbotlangani haqidagi xulosa va natijalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020–2023-yillarda amalga oshirilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining taʻlimiy korpusini yaratish mavzusi” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 30-apreldagi 01/4-1784-son ma’lumotnomasi). Natijada raqamli texnologiyalar sohasiga oid terminlarning semantik xususiyatlari korpus lingvistikasi kontekstida tizimlashtirilgan, mediamatnlar tahlilidan olingan ma’lumotlar asosida til korpusining tematik tarkibi boyitilgan va o‘zbek tilida raqamli texnologiyalar terminologiyasining standartlashtirilgan tasnifi ishlab chiqilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida raqamli diskursning morfologik, sintaktik bog‘lanishidagi universal va farqli xususiyatlari tillarda gipersintaksik, elliptik jumlalar, anaforik bog‘lanishlarning ustunligi hamda o‘zbek tilida kalka tarjimalar va kodlar almashinuvi natijasida yuqori transformativ gibrid sintaktik tuzilmalar shakllanishi orqali asoslangani; har ikki tildagi raqamli diskursda milliy-madaniy birliklar va emojilarning lingvomadaniy farqlari zamonaviy mediamatnlarning semiotika va metaforalari antropomorf hamda noantropomorf modellarda tahlil etilishi orqali milliy tafakkur va madaniy identifikatsiyaning asosiy vositasi sifatida dalillangani bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarda bajarilgan F3 – 201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 12-apreldagi 01/4-1361-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida raqamli texnologiyalar diskursining lingvomadaniy xususiyatlariga doir tizimli tahlillar loyihaning yangi xulosa va umumlashmalar bilan boyishiga xizmat qilgan;
ingliz tilida shaxsiylashtirilgan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri uslublar hamda o‘zbek tilida maqomga asoslangan xushmuomalilik va jamoaviylik mezonlari o‘rtasidagi “individuallik – jamoaviylik”, “verbal – vizual”, “bevositalik – bilvositalik” kabi qarama-qarshi munosabatlar orqali raqamli texnologiyalar diskursida kommunikativ strategiyalarning lingvopragmatik mohiyati isbotlanganiga oid natijalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2021–2022-yillarda bajarilgan AL-412104512 raqamli “O‘zbekistonning geografik obektlari uchun ko‘p tildagi elektron lug‘at yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada keng foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 17-apreldagi 04-01/1859-son ma’lumotnomasi). Natijada geografik obektlarning nomlanishida lingvomadaniy xususiyatlar, milliy-madaniy komponentlar, nom va atamalarni tahlil qilish imkoniyatlarini kengaytirish, madaniyatlararo dialoglarni shakllantirish uchun real vaqt rejimida til va madaniyat muloqotlarini qo‘llash imkonini beruvchi texnologik vositalardan foydalanishga erishilgan.