Aslonova Orzigul Pirimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rivojlantiruvchi ta’limni variativ modellashtirish nazariyasi va metodikasi”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan 2022.3.DSc/Ped356
Ilmiy rahbar: Shadiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.11.04
Rasmiy opponentlar: Turdiev Shoxrux Razzoqovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Urazova Marina Batirovna pedagogika fanlari doktori, professor, Hamraev Alijon Ro‘ziqulovich pedagogika fanlari doktori, professor,
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: rivojlantiruvchi ta’limni variativ modellashtirishning ilmiy-pedagogik asoslarini tadqiq etish hamda ilmiy-metodik xarakterga ega variativ modellashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
rivojlantiruvchi ta’limning psixologik-pedagogik xususiyatlari pedagogik jarayonning faollikni ta’minlash, ta’lim oluvchini qo‘llab-quvvatlash, refleksivlik, shaxsga yo‘nalganlik kabi komponentlari bilan shaxs subektogenezida mustaqil topshiriqlarni tizimli bajarishga ustuvorlik berish asosida ochib berilgan;
variativ modellashtirish mazmuni innovatsion pedagogik faoliyat tuzilmasining shaxsiy munosabatli, axloqiy-qadriyatli, kognitiv-pedagogik kabi amaliy komponentlariybyu dars va darsdan tashqari faoliyat bilan amaliy integratsiyasi asosida takomillashtirilgan;
variativ modellashtirish konsepsiyasi mazmuni ta’lim oluvchilarning maqsadni ongli belgilash, o‘z-o‘zini rivojlantirish kabi subektiv paradigmasini variativ ta’limni diversifikatsiyalash, fleksibillik, muqobillik va ijodiylik tamoyillari bilan kognitiv sinergiyasi muammolarini samarali hal qilish asosida takomillashtirilgan;
rivojlantiruvchi ta’limning variativ modellarini faoliyatda samarali qo‘llash texnologiyalari o‘qituvchi faolligini rag‘batlantiruvchi “O‘qituvchi mindseti” variativ dasturiybyu pedotsentrizm g‘oyalari (insonparvarlik, madaniy dialog, didaktik faollikni jadallashtirish) bilan o‘zaro aloqasini innovatsion usullar orqali dialektik integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
ta’lim oluvchilarning individual qobiliyatlarini rivojlantirishning amaldagi metodikasi variativ ta’limning “Operativ model”, “Kvazi-tadqiqot”, “Ijtimoiy faollik”, “Vizual diskret” kabi modellarini o‘quv jarayoniga emergensiyalash hamda yangi kontekstda fleksibil holda o‘zgartirib o‘quvchilarning proksimal zonasiga bosqichma-bosqich personallashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Rivojlantiruvchi ta’limning variativ modellashtirish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining individualligini rivojlantirishga doir ishlab chiqilgan nazariya va metodika asosida:
rivojlantiruvchi ta’limning psixologik-pedagogik xususiyatlari pedagogik jarayonning faollikni ta’minlash, ta’lim oluvchini qo‘llab-quvvatlash, refleksivlik, shaxsga yo‘nalganlik kabi komponentlari bilan shaxs subektogenezida mustaqil topshiriqlarni tizimli bajarishga ustuvorlik berishga doir xulosalardan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Akmeologiya” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Pespublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 31-maydagi 237-173 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘z-o‘zini anglash, faollashtirish, mustaqil harakat qila olish ko‘nikmasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
variativ modellashtirish mazmuni innovatsion pedagogik faoliyat tuzilmasining shaxsiy munosabatli, axloqiy-qadriyatli, kognitiv-pedagogik kabi amaliy komponentlariybyu dars va darsdan tashqari faoliyat bilan amaliy integratsiyasi asosida boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Mutaxassislikka kirish” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Qarshi davlat universiteti rektorining 2024-yil 18-maydagi 293- sonli buyrug‘i). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining variativ yondashuv asoslarini tizimli o‘zlashtirishiga xizmat qilgan;
variativ modellashtirish konsepsiyasi mazmuni ta’lim oluvchilarning maqsadni ongli belgilash, o‘z-o‘zini rivojlantirish kabi subektiv paradigmasini variativ ta’limni diversifikatsiyalash, fleksibillik, muqobillik va ijodiylik tamoyillari bilan kognitiv sinergiyasi muammolarini samarali hal qilish asosiga doir ilmiy-metodik ma’lumotlardan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiyasi va integratsiyasi” nomli darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Pespublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-173 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu darslik yo‘nalish talabalarining pedagogik, psixologik va metodik tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
rivojlantiruvchi ta’limning variativ modellarini faoliyatda samarali qo‘llash texnologiyalari o‘qituvchi faolligini rag‘batlantiruvchi “O‘qituvchi mindseti” variativ dasturiybyu pedotsentrizm g‘oyalari (insonparvarlik, madaniy dialog, didaktik faollikni jadallashtirish) bilan o‘zaro aloqasini innovatsion usullar orqali dialektik integratsiyalashga doir tajribalardan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Pespublikaci Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-dekabrdagi 388-134 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu darslik talabalarning ijtimoiy sohadagi faoliyatida variativ shakllardan foydalanish imkoniyatini oshirish uchun xizmat qilgan;
ta’lim oluvchilarning individual qobiliyatlarini rivojlantirishning amaldagi metodikasi variativ ta’limning “Operativ model”, “Kvazi-tadqiqot”, “Ijtimoiy faollik”, “Vizual diskret” kabi modellarini o‘quv jarayoniga emergensiyalash hamda yangi kontekstda fleksibil holda o‘zgartirib o‘quvchilarning proksimal zonasiga bosqichma-bosqich personallashtirish orqali takomillashtirilgan metodlari magistratura talabalari uchun “Oliy va professional ta’limda mutaxassislik fanlarini o‘qitish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan O‘zbekiston Pespublikaci Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi magistrlar faoliyatlarini ilmiy tashkil etish, ijodkorlikning kognitiv va shaxsiy-motivatsion jihatlarini oshirish uchun xizmat qilgan;