Panjiev Maqsud Aliqulovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagogik jarayonda axborotlar bilan ishlash orqali o‘quvchilar kognitiv faolligini oshirish mexanizmlari” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9159
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.11.04
Ilmiy rahbar: Kamolov Iftixor Baxtiyorovich. pedagogika fanlari doktori, professor 
Rasmiy opponentlar: Chorshanbiev Zafar Esanpulatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Jo‘raev To‘ychi Norbo‘taevich, pedagogika fanlari falsafa doktori, (PhD). 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborotlarni o‘zlashtirish jarayonida umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining kognitiv faolligini rivojlantirish metodikasini asoslash, va takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ta’lim jarayonida axborot bilan ishlash orqali o‘quvchilarning kognitiv faolligini oshirish imkoniyatlari aniqlashtirilgan. Bunda axborotni o‘zlashtirishning pragmatik samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi kommunikativ-rivojlantiruvchi hamda diagnostik-korreksion jarayonlarga ta’sir etuvchi psixologik-pedagogik omillar tahliliy tizimlashtirilgan;
o‘quvchilarning kognitiv faolligini oshirish mexanizmlari ta’limiy axborotlarning verbal, matnli, ramziy va grafik shakllarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan transformatsion metodlar hamda axborotni qabul qilish, idrok etish va baholashga doir universal o‘quv harakatlarini tizimli algoritmlash asosida takomillashtirilgan;
kognitiv faollikni oshirishning pedagogik modeli ma’lumotlarni tizimli-mantiqiy strukturaga keltirishda multisensor vositalardan foydalanish hamda o‘quvchilar o‘zlashtirish darajasini diagnostik tahlil qilishga yo‘naltirilgan loyihaviy prognozlash komponentlari bilan boyitilgan;
o‘quvchilarning kognitiv faolligini rivojlantirish metodikasi raqamli texnologiyalar muhitida jamoaviy, guruhli va individual faoliyat shakllarini optimallashtirish, interfaol texnologiyalarni dars strukturasiga integratsiyalash hamda inversiya (teskari ta’lim) usullarini tatbiq etish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborotlar bilan ishlash orqali o‘quvchilar kognitiv faolligini oshirishga doir olib borilgan tadqiqot ishi natijalari asosida:
pedagogik jarayonda axborotlar bilan ishlash orqali o‘quvchilar kognitiv faolligini oshirishning didaktik imkoniyatlari axborotlarni o‘zlashtirilish pragmatikligini oshirishga yo‘naltirilgan kommunikativ-riovjlantiruvchi va hamda diagnostik-korreksion jarayonlarga ta’sir qiluvchi psixologik-pedagogik omillarni tahliliy tizimlashtirish asosida aniqlashtirishga oid ma’lumotlar “Uzlyuksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar” nomli darsligini ishlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 01-avgustdagi 277-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, 277-264-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, uzlyuksiz ta’lim tizimini rivojlantirish jarayoniga doir yondashuvlar mazmunan boyitilishiga xizmat qilgan;
ta’lim jarayonida o‘quvchilarning kognitiv faolligini oshirish jarayoni ta’limiy axborotlarning verbal, matnli, ishoraviy, grafik shakllarini o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan transformatsion ta’lim metodlarini axborotni qabul qilish, idrok etish, baholash bilan bog‘liq universal o‘quv harakatlarini tizimli algoritmlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Uzlyuksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar” nomli darsligini ishlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 01-avgustdagi 277-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, 277-264-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, uzlyuksiz ta’lim tizimida shaxs kognitiv faolligini oshirishga doir yondashuvlar axborotlar bilan ishlashga doir ma’lumotlar bilan takomillashuviga erishilgan;
axborotlar bilan ishlash orqali o‘quvchilar kognitiv faolligini oshirish modeli ma’lumotlarni tizimli va mantiqiy tashkil etishda Multisensor vositalarni qo‘llash hamda talabalar bilimlarini diagnostik o‘rganishga yo‘naltirilgan yondashuvni loyihaviy prognozlash orqali takomillashtirishga oid takliflar “Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika” nomli darslikni ishlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 01-avgustdagi 277-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, 277-304-sonli nashr guvohnomasi); 
o‘quvchilarning kognitiv faolligini rivojlantirish metodikasi axborotlarni taqdim etishda raqamli texnologiyalar orqali juft-guruh va individual faoliyatni optimal birlashtirish, interfaol texnologiyalarni o‘quv jarayonining tuzilmasiga yo‘naltirish hamda inversiya usullarini amaliyotga tatbiq etish asosida takolmillashtirishga oid takliflar “Texnologiya ta’lim va uni o‘qitish metodikasi” nomli darsligini ishlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 01-avgustdagi 277-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, 277-257-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, pedagogik ta’lim jarayoni o‘quvchilar kognitiv faolligini oshirish metodikasiga doir innovatsion metodikalar bilan boyitilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish