Qodirov Dilmurod To‘xtasunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shartli Gauss fil`trlash usuli asosida stoxastik boshqaruv ob’ektlari holatini adaptiv baholash algoritmlari», 05.01.08–Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T196.
Ilmiy rahbar: Igamberdiev Xusan Zakirovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Shuxrat Mannapovich, texnika fanlari doktori, professor; Xolmatov Davron Abdualimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shartli Gauss fil`trlash usuli asosida stoxastik boshqarish ob’ektlari holatini adaptiv baholash algoritmlari va hisoblash sxemalarini ishlab chiqish hamda ularni amaliy qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Gauss-Zeydel usulining blokli varianti asosida korrelyasion shovqinlarning noparametrik tavsifida boshqarish ob’ektlarini shartli optimal fil`trlashning turg‘un algoritmlari ishlab chiqilgan;
ishorasi aniqlanmagan yomon shartlangan matrisalar teskarisini aniqlashning turg‘un amallari asosida parametrik g‘alayonlarni hisobga olgan holda boshqarish ob’ektlari holatini adaptiv baholashning muntazamlashgan algoritmlari ishlab chiqilgan;
psevdoteskari matrisani qidirishning rekurrent algoritmlari asosida boshqarish ob’ektlari holatini suboptimal adaptiv baholashning turg‘un algoritmlari ishlab chiqilgan;
nomanfiy aniqlangan matrisalarning turg‘un psevdomurojaat konsepsiyalaridan foydalanilgan holda suboptimal fil`trlash amalining reduksiya usuli asosida nochiziqli boshqarish ob’ektlari holatini ko‘p qadamli baholashning turg‘un algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shartli Gauss fil`trlash usuli asosida stoxastik boshqarish ob’ektlari holatini adaptiv baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
parametrik g‘alayonlarni hisobga olgan holda boshqarish ob’ektlari holatini adaptiv baholashning ishlab chiqilgan muntazamlashgan algoritmlari «Muborakneftgaz» MChJda joriy qilingan («O‘ZNEFTGAZQAZIBChIQARISh» AJning 2019 yil 30 yanvardagi 05/09-58j-son ma’lumotnomasi). Natijada rostlagich parametrlarini hisoblash aniqligi oshgan;
boshqarish ob’ektlari holatini suboptimal baholashning ishlab chiqilgan turg‘un algoritmlari «Muborakneftgaz» MChJda joriy qilingan («O‘ZNEFTGAZQAZIBChIQARISh» AJning 2019 yil 30 yanvardagi 05/09-58j-son ma’lumotnomasi). Natijada algoritmlar gazni past haroratli separatsiyalash jarayonining texnologik rejimini barqarorlash imkonini bergan;
nochiziqli boshqarish ob’ektlari holatini ko‘p qadamli baholashning ishlab chiqilgan turg‘un algoritmlari «Muborakneftgaz» MChJda joriy qilingan («O‘ZNEFTGAZQAZIBChIQARISh» AJning 2019 yil 30 yanvardagi 05/09-58j-son ma’lumotnomasi). Natijada ob’ekt parametrlari va g‘alayonlarini hisoblash aniqligi oshgan.