Abdullaeva Muborak Bekqulovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Trigeminal nevropatiyalarining klinik-etiologik va tibbiy-ijtimoiy xususiyatlari hamda ularning oldini olish va davolash yo‘llarini takomillashtirish», 14.00.13 – Nevrologiya va 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3. DSc/Tib735
Ilmiy maslaxatchi: Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nodir Qodirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.l1.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kenash.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Baxtiyar Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Turuspekova Saulesh Turuspekovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abduraximov Zoxid Abduvasikovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi trigeminal nerv nevropatiyasining klinik-nevrologik va instrumental-laborator xususiyatlarini aniqlash orqali davolash samaradorligini oshirish hamda uni ambulator xamda statsionar sharoitlarda erta aniqlash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor klinik va neyrofiziologik ko‘rsatkichlarni, og‘riq sindromining tabiatini va standart terapiyaga javoblarni taqqoslash orqali TNN kechishiga jins hamda klimakterik holatning ta’siri, ya’ni TNN kechishining klinik ko‘rinishlari va og‘irligi menopauza/klimakterik davrda ayollarda taqqoslanadigan yoshdagi erkaklar populyasiyasiga nisbatan yaqqol ta’siri isbotlangan;
TNNning periferik va markaziy turlari hamda bosh miya shikastlanishining lokalizatsiyasi o‘rtasida korrelyasiya aniqlanib, TNNning periferik turi ko‘proq II va II-III shoxlarining shikastlanishi bilan, markaziy turi esa II shoxning shikastlanishi va neyrovaskulyar ziddiyat bilan kechishi isbotlangan;
trigeminal nerv nevropatiyasi bilan og‘rigan bemorlarda yallig‘lanishga oldi sitokinlar interleykin IL-1, IF-γ, TNF-β, TNF-α darajalari, shuningdek, og‘riq paroksizmining intensivligi uchun mas’ul bo‘lgan R omili darajasi o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlanib, bu davolash samaradorligi va patologik jarayonning faollik darajasining potensial markeri ekanligi asoslangan;
klimakterik yoshdagi ayollarda terapiyaga moyillik va dinamik markerlar: D vitamini, lyuteinlovchi gormon (LG) va follikulostimullovchi gormon (FSG), estradiol darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik hamda ularning pasayishi chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imning artroziga olib kelishi isbotlangan;
trigeminal nerv nevropatiyasi bilan og‘rigan bemorlarda kasallik xususiyatlariga, ijtimoiy moslashuv darajasi va hayot sifatini sub’ektiv baholash ko‘rsatkichlariga moslashtirilgan reabilitatsiya dasturlari, shuningdek, nogironlikka olib keluvchi shakllari bo‘lgan bemorlarni dispanser kuzatuv tizimi doirasida yo‘naltirish, monitoring va ko‘ptarmoqli reabilitatsiya mezonlarini o‘z ichiga olgan boshqarishning klinik menejment modeli ishlab chiqilgan;
ilk bor trigeminal nerv nevropatiyasi bilan xastalangan bemorlarda davolanishga moyillikning ijtimoiy-hududiy omili aniqlangan xamda yashash joyini hisobga olgan holda resurslarni taqsimlashni optimallashtirish, maqsadli profilaktika va reabilitatsiya tadbirlarini ta’minlash, dastur samaradorligini oshirish imkonini beradigan davolash-profilaktika tadbirlarini tashkil etishning tabaqalashtirilgan yondashuvi ishlab chikilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
trigeminal nerv nevropatiyasining klinik-biokimyoviy rivojlanish mexanizmlari, tashxislash va davolashni optimallashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor klinik va neyrofiziologik ko‘rsatkichlarni, og‘riq sindromining tabiatini va standart terapiyaga javoblarni taqqoslash orqali TNN kechishiga jins hamda klimakterik holatning ta’siri, ya’ni TNN kechishining klinik ko‘rinishlari va og‘irligi menopauza/klimakterik davrda ayollarda taqqoslanadigan yoshdagi erkaklar populyasiyasiga nisbatan yaqqol ta’siri ilmiy asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofirilgan ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 4 iyuldagi 01-r/32-son bilan tasdiqlangan «Optimizatsiya kompleksnogo lecheniya nevralgii troynichnogo nerva u jenshhin v klimaktericheskom periode» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga 23.07.2024 yildagi 26-sonli buyruq, TDSI klinikasida 24.07.2024 yildagi 42-sonli buyruq, LOR va BBK ilmiy amaliy tibbiyot markazi 23.07.2024 yildagi 27-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 15 fevraldagi 12/03-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: trigeminal nerv nevropatiyasi (TNN) bilan kasallangan bemorlarda anamnez xususiyatlari va klinik-nevrologik simptomatikalarning yosh va jins nuqtai nazaridan ta’siri baxolanib, yosh ortishi bilan TNN xurujlarining og‘irligi va chastotasi oshishi bemorlarning hayot sifatiga salbiy ta’siriniprognozlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: TNNni tashhislashda va davolashda samarali, kam xarajatli, maqsadli yondoshuvlarni joriy etish orqali ortiqcha tekshiruvlar soni kamaytirib, davolash samaradorligi ortib, xurujlar soni va davolanish muddati qisqartiradi. Xulosa: olingan tadqiqot natijalari klinik amaliyotga joriy qilinishi orqali xronizatsiyasini kamaytirish, og‘riq sindromini samarali nazorat qilish, bemorlarning hayot sifati va ijtimoiy moslashuvini yaxshilashga erishildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: TNNning periferik va markaziy turlari hamda bosh miya shikastlanishining lokalizatsiyasi o‘rtasida korrelyasiya aniqlanib; TNNning periferik turi ko‘proq II va II-III shoxlarining shikastlanishi bilan, markaziy turi esa II shoxning shikastlanishi neyrovaskulyar ziddiyat bilan kechishi ilmiy asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofirilgan ekspert kengashi tomonidan 2024-yil 4-iyuldagi 01-r/31-son bilan tasdiqlangan «Metod povisheniya effektivnosti lecheniya perifericheskogo tipa nevralgii troynichnogo nerva» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga 23.07.2024 yildagi 26-sonli buyruq, TDSI klinikasida 24.07.2024 yildagi 42-sonli buyruq, LOR va BBK ilmiy amaliy tibbiyot markazi 23.07.2024 yildagi 27-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 15 fevraldagi 12/03-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: quyidagilardan iborat periferik tipdagi TNN bilan og‘rigan bemorlarda og‘riq xurujining davomiyligi uzoqligi, xurujlararo davrda kuzatiladigan bemorlar hayot sifatiga salbiy ta’sir qilgan nevrologik o‘zgarishlar yuz sohasida turli paresteziyalar, zararlangan tarmoqni his qilishi kabi simptomatikaning saqlanib qolishi kabi belgilarni bartaraf qilishga qaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari ambulator davolash xarajatlarini har bir bemor uchun o‘rtacha 366355 so‘m, jami 315 bemor hisobida 47 626 150 so‘m miqdorida iqtisodiy tejamkorlikka erishish iqtisodiy samaradorlik hisoblanadi. Xulosa: Olingan tadqiqot natijalari klinik amaliyotga joriy qilinishi orqali xronizatsiyasini kamaytirish, og‘riq sindromini samarali nazorat qilish, bemorlarning hayot sifati va ijtimoiy moslashuvini yaxshilash hamda nogironlik rivojlanish xavfini kamaytirishga erishish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: trigeminal nerv nevropatiyasi bilan og‘rigan bemorlarda yallig‘lanishga oldi sitokinlar interleykin IL-1, IF-γ, FNO-β, FNO-α darajalari, shuningdek, og‘riq paroksizmining intensivligi uchun mas’ul bo‘lgan R omili darajasi o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlanib, bu davolash samaradorligi va patologik jarayonning faollik darajasining potensial markeri ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofirilgan ekspert kengashi tomonidan 2024-yil 4-iyuldagi 01-r/31-son bilan tasdiqlangan «Metod povisheniya effektivnosti lecheniya perifericheskogo tipa nevralgii troynichnogo nerva» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga 23.07.2024 yildagi 26-sonli buyruq, TDSI klinikasida 24.07.2024 yildagi 42-sonli buyruq, LOR va BBK ilmiy amaliy tibbiyot markazi 23.07.2024 yildagi 27-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 15 fevraldagi 12/03-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: klimakterik yoshda periferik tipdagi TNN bilan og‘rigan bemorlarda og‘riq xurujining davomiyligi uzoqligi, xurujlararo davrda kuzatiladigan nevrologik yuz sohasida turli paresteziyalar, zararlangan tarmoqni his qilishi kabi simptomatikaning kamaytirish, bemorlar hayot sifatiga salbiy bartaraf qilish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: davolash samaradorligi ortib, xurujlar davomiyligi va davolanish muddati qisqarib, xizmat ko‘rsatish xarajatlarini 1 bemorga 366355 so‘m tejashga imkonini beradi. Xulosa: olingan tadqiqot natijalari klinik amaliyotga joriy qilinishi orqali erta diagnostika qilish, og‘riq sindromini samarali nazorat qilish, bemorlarning hayot sifati va ijtimoiy moslashuvini yaxshilash hamda nogironlik rivojlanish xavfini kamaytirishga erishildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor klimakterik yoshdagi ayollarda terapiyaga moyillik va dinamik markerlar: D vitamini, lyuteinlovchi gormon (LG) va follikulostimullovchi gormon (FSG), estradiol darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik hamda ularning pasayishi chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imning artroziga olib kelishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofirilgan ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 4 iyuldagi 01-r/32-son bilan tasdiqlangan «Optimizatsiya kompleksnogo lecheniya nevralgii troynichnogo nerva u jenshhin v klimaktericheskom periode» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga 23.07.2024 yildagi 26-sonli buyruq, TDSI klinikasida 24.07.2024 yildagi 42-sonli buyruq, LOR va BBK ilmiy amaliy tibbiyot markazi 23.07.2024 yildagi 27-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 15 fevraldagi 12/03-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: TNN kechishi, davolanishga moyillik va ijtimoiy moslashuv darajasi va hayot sifatini sub’ektiv baholash ko‘rsatkichlariga moslashtirilgan reabilitatsiya dasturlari yaratilishi hayot sifatini yaxshilashi aniqlangan; Iqtisodiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar asosida TNN davolanishgan individual yondashuv har bir bemor uchun 366355 so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy foyda keltirdi. Xulosa: olingan tadqiqot natijalari klinik amaliyotga joriy qilinishi orqali klimakterik yoshdagi ayollarda og‘riq sindromini samarali nazorat qilish, bemorlarning hayot sifati va ijtimoiy moslashuvini yaxshilash hamda nogironlik rivojlanish xavfini kamaytirishga erishish samarali hisoblanadi.
beshinchi ilmiy yangilik: trigeminal nerv nevropatiyasi bilan og‘rigan bemorlarda kasallik xususiyatlariga, ijtimoiy moslashuv darajasi va hayot sifatini sub’ektiv baholash ko‘rsatkichlariga moslashtirilgan reabilitatsiya dasturlari, shuningdek, nogironlikka olib keluvchi shakllari bo‘lgan bemorlarni dispanser kuzatuv tizimi doirasida yo‘naltirish, monitoring va ko‘ptarmoqli reabilitatsiya mezonlarini o‘z ichiga olgan boshqarishning klinik menejment modeli ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofirilgan ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 4 iyuldagi 01-r/33-son bilan tasdiqlangan «Optimizatsiya diagnostiki i lecheniya nevralgii troynichnogo nerva sentral`nogo tipa» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga 23.07.2024 yildagi 26-sonli buyruq, TDSI klinikasida 24.07.2024 yildagi 42-sonli buyruq, LOR va BBK ilmiy amaliy tibbiyot markazi 23.07.2024 yildagi 27-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 15 fevraldagi 12/03-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: davolanishga moyillikning ijtimoiy-hududiy omili davolanish samaradorligiga ta’sir qilishini aniqlash, davolashni monitoring qilish, davolanishga moyilikni kamaytiruvchi omillarni bartaraf qilish samarali hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorligi: TNNni davolashda ushbu yangilikni qo‘llash to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1 bemorga 366355 so‘m iqtisodiy foyda keltirdi. Xulosa: olingan tadqiqot natijalari klinik amaliyotga joriy qilinishi orqali xronizatsiyasini kamaytirish, og‘riq sindromini samarali nazorat qilish, bemorlarning dispanser kuzatuv tizimini takomillashtirish, monitoring va ko‘ptarmoqli reabilitatsiya mezonlarini yaxshilash, hayot sifati va ijtimoiy moslashuvini yaxshilash hamda nogironlik rivojlanish xavfini kamaytirishga erishildi.
oltinchi ilmiy yangilik: ilk bor TNN bilan xastalangan bemorlarda davolanishga moyillikning ijtimoiy-hududiy omili aniqlangan xamda yashash joyini hisobga olgan holda resurslarni taqsimlashni optimallashtirish, maqsadli profilaktika va reabilitatsiya tadbirlarini ta’minlash, dastur samaradorligini oshirish imkonini beradigan davolash-profilaktika tadbirlarini tashkil etishning tabaqalashtirilgan yondashuvi ishlab chikilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofirilgan ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 4 iyuldagi 01-r/33-son bilan tasdiqlangan «Optimizatsiya diagnostiki i lecheniya nevralgii troynichnogo nerva sentral`nogo tipa» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga 23.07.2024 yildagi 26-sonli buyruq, TDSI klinikasida 24.07.2024 yildagi 42-sonli buyruq, LOR va BBK ilmiy amaliy tibbiyot markazi 23.07.2024 yildagi 27-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 15 fevraldagi 12/03-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: davolanishga moyillikning ijtimoiy-hududiy omili davolanish samaradorligiga ta’sirini yaxshilash uchun tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, polipragmaziyani bartaraf qilish samarali hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: TNNni davolashda ushbu yangilikni qo‘llash to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1 bemorga 366355 so‘m iqtisodiy foyda keltirdi. Xulosa: olingan tadqiqot natijalari klinik amaliyotga joriy qilinishi orqali xronizatsiyasini kamaytirish, og‘riq sindromini samarali nazorat qilish, bemorlarning hayot sifati va ijtimoiy moslashuvini yaxshilash hamda nogironlik rivojlanish xavfini kamaytirishga erishildi.