Shamsiddinova Sitora Badriddinovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Gilgamish” dostonida hayot va boqiylik konsepsiyasining badiiy-g‘oyaviy talqini” mavzusidagi 10.00.05 – “Osiyo va Afrika xalqlari tillari va adabiyoti” (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3435.
Ilmiy rahbar: Murodov G‘ayrat, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.05.03  
Rasmiy opponentlar: Xallieva Gulnoz Iskandarovna, filologiya fanlari doktori, professor; To‘xliev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi “Gilgamish” dostonida ifoda topgan hayot va boqiylik konsepsiyasini oydinlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Eposning jahon, shu jumladan, Sharq so‘z san’atida o‘rni, ahamiyati oydinlashtirilib,  uning badiiy matnidagi hayot va boqiylik konsepsiyasining badiiy-g‘oyaviy talqini qamrovli yondashuv asosida yangicha ilmiy tahlil qilingan;
dostonning syujet strukturasi va shakl-mazmun uyg‘unligi tahlili orqali doston qahramonlik eposi sifatida Sharq epik an’analari bilan g‘oyaviy hamda poetik mushtaraklik nuqtayi nazaridan tadqiq qilingan;
asardagi yaralish va tug‘ilish, safar, tush kabi motivlarning badiiy o‘rni va g‘oyaviy yuklamasi aniqlanib, ular hayot va boqiylik konsepsiyasi doirasida tahlil etilgan;
“Gilgamish” qadimiy Sharq eposlarining ayrim namunalari bilan qiyosiy-tarixiy va qiyosiy-tipologik aloqadorlikda o‘rganilgan va shu tarzda muammoning umumbashariy ahamiyati ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Gilgamish” eposining bosh g‘oyasi bo‘lgan hayot va boqiylik konsepsiyasini o‘rganish mobaynida olingan ilmiy natijalar asosida: 
poetik tafakkur mahsuli – eposlarning genezisi, fanga ma’lum ilk epos “Gilgamish”ning tadrijiy takomili, variantlari orasidagi uyg‘unlik va tafovutli jihatlari, g‘oyasi, epik qahramonlarga xos xarakter xususiyatlari, hayot va o‘lim muammosiga aloqador motivlar tahlili haqidagi fikr-mulohazalardan, ushbu dissertatsiya ilmiy natijalari, undagi nazariy qarashlardan davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2021-2023-yillarga bajarilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 12-fevraldagi № 04/1-532 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha ishi “Gilgamish” eposi matniga xos asosiy g‘oyaviy-badiiy xususiyatlar, uning ustuvor konsepsiyasi, variantlari orasidagi uyg‘un va tafovutli jihatlar, mazkur badiiy yaratmaning jahon epik tafakkuri tadrijiga ta’siri bo‘yicha olingan natijalar bilan boyitilgan;
“Gilgamish”ning bosh g‘oyasi bo‘lgan hayot va boqiylik konsepsiyasiga oid qarashlardan,  qahramonlik eposi sifatida sharq eposlari bilan mushtarak xususiyatlari qiyoslangan dalillardan, epos atributi hisoblangan hayot va boqiylikka aloqador yaralish va tug‘ilish, safar, do‘stlik, tush motivlarining badiiy-falsafiy o‘rni va ahamiyatiga oid mulohazalaridan davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2024-yilda bajarilgan AL-662204396  “Buxoro adabiy muhiti ijodkorlarining ilmiy-adabiy merosi bo‘yicha elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan. (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 3-martdagi № 04/1-532 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha Buxoro adabiy muhitida yaratilgan ayrim asarlarning mazkur masalalar yuzasidan qilingan tahlillari bilan boyitilgan,  hayot ifodasi va umrboqiylik muammosiga aloqador motivlarning qiyosiy tahliliga doir  ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan;
xalq ijodiyotining noyob durdonasi – “Gilgamish” eposining  hayot va boqiylikka aloqador motivlar tahlili va tadqiqi natijalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” radiokanalining 2024-yil birinchi choragida efirga uzatilgan “Bir asar tarixi” radioeshittirishini tayyorlashda foydalanilgan. Shuningdek, “Gilgamish” eposining sharq adabiyotida tutgan o‘rni, topilish tarixi, mavzu va g‘oyasi xususida intervyu berilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 7-iyundagi № 10-son ma’lumotnomasi). Bu esa tadqiqotning nafaqat nazariy-ilmiy, balki madaniy-ma’rifiy sohada ham amaliy ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatdi. Xususan, ilmiy xulosalar asosida radioeshittirish mazmuni boyitilib, keng jamoatchilikka qadimiy eposning hayot falsafasi va umrboqiylik g‘oyalarini tushunarli hamda ommabop shaklda etkazish imkoniyati yaratildi. Natijada milliy va jahon adabiy merosiga qiziqish oshishiga, eposning ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatini targ‘ib etishga hamda folklor yodgorliklarini zamonaviy axborot vositalari orqali ommalashtirishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish