Yusupov Berdibek Batirbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Turkiy xalqlar adabiyotini o‘qitishda o‘quvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9575.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abduvalitov Ergash Buranevich, pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Umida Aybekovna, pedagogika fanlar doktori (DSc), professor; Mambetova Lobar Mirzavali qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. turkiy xalqlar adabiyotini o‘qitishda o‘quvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turkiy xalqlar adabiyoti vositasida o‘quvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari madaniy muloqot qilish, ma’sumiyat va empatiya, munosabat va fikr bildirish va bag‘rikenglik tuyg‘ularini bosqichma-bosqich tarbiyalash hamda til va leksik birliklari, madaniy va ijtimoiy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlash asosida aniqlangan;
turkiy xalqlar adabiyoti vositasida o‘quvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetenligini kompetensiyaviy yondashuv doirasida rivojlantirish modeli milliy va umuminsoniy qadriyatlarga shaxsiy munosabatni ifoda qilish, o‘zini-o‘zi anglash, real hayotdagi munosabatlarni muhokama etishi hamda o‘zining ijtimoiy faolligini, insoniy munosabatlarni va umuminsoniy va milliy qadriyatlarni estetik va ma’naviy tarzda ifodalash asosida takomillashtirilgan;
turkiy xalqlar adabiyoti vositasida o‘quvchilar ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirish metodikasi matnni hayot bilan bog‘lash, fikrlarni yig‘ish, taqqoslash, tizimlash mavzuga qiziqish uyg‘otish hamda umuminsoniy g‘oyalarni va ta’lim mazmunini moslashtirish hamda audio-dostonlar, videosaboqlar, interaktiv testlar va forum munozaralarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini turkiy xalqlar adabiyoti vositasida rivojlantirish metodikasi samaradorligi axloqiy-ma’naviy va muloqotga doir ko‘nikmalar va shaxsiy o‘sishida fikrlash mustaqilligi, fuqarolik pozisiyasi, refleksiya orqali emotsional ko‘rsatkich hamda aql-idrok hissiyot, axloq va faollikning o‘sishini muddatli kuzatib borish asosida  takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim qozoq tilidagi maktablarning 5–11-sinflarida turkiy xalqlar adabiyotini o‘rganish orqali o‘quvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turkiy xalqlar adabiyoti vositasida o‘quvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari madaniy muloqot qilish, ma’sumiyat va empatiya, munosabat va fikr bildirish va bag‘rikenglik tuyg‘ularini bosqichma-bosqich tarbiyalash hamda til va leksik birliklari, madaniy va ijtimoiy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlashga oid takliflar «Xalq og‘zaki ijodi» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-son buyrug‘i asosida berilgan 511366 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini kompetensiyaviy yondashuvning asosida rivojlantirish samaradorligi oshgan;
turkiy xalqlar adabiyoti vositasida o‘quvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetenligini kompetensiyaviy yondashuv doirasida rivojlantirish modeli milliy va umuminsoniy qadriyatlarga shaxsiy munosabatni ifoda qilish, o‘zini-o‘zi anglash, real hayotdagi munosabatlarni muhokama etishi hamda o‘zining ijtimoiy faolligini, insoniy munosabatlarni va umuminsoniy va milliy qadriyatlarni estetik va ma’naviy tarzda ifodalash asosida takomillashtirishga oid takliflar «Xalq og‘zaki ijodi» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-son buyrug‘i asosida berilgan 511366 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada turkiy xalqlar adabiyotini o‘qitish orqali o‘quvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirishning lingvistik-madaniy, ijtimoiy-lingvistik, ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-madaniy komponentlari takomillashtirilgan;
turkiy xalqlar adabiyoti vositasida o‘quvchilar ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirish metodikasi matnni hayot bilan bog‘lash, fikrlarni yig‘ish, taqqoslash, tizimlash mavzuga qiziqish uyg‘otish hamda umuminsoniy g‘oyalarni va ta’lim mazmunini moslashtirish hamda audio-dostonlar, videosaboqlar, interaktiv testlar va forum munozaralarni kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar «Xalq og‘zaki ijodi» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-son buyrug‘i asosida berilgan 511366 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada turkiy xalqlar adabiyotini o‘qitish orqali o‘quvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirishning motivatsion, kommunikativ-kognitiv mazmuni takomillashtirilgan.
adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini turkiy xalqlar adabiyoti vositasida rivojlantirish metodikasi samaradorligi axloqiy-ma’naviy va muloqotga doir ko‘nikmalar va shaxsiy o‘sishida fikrlash mustaqilligi, fuqarolik pozisiyasi, refleksiya orqali emotsional ko‘rsatkich hamda aql-idrok hissiyot, axloq va faollikning o‘sishini muddatli kuzatib borish asosida takomillashtirishga oid takliflar «Xalq og‘zaki ijodi» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-son buyrug‘i asosida berilgan 511366 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada adabiy ta’lim jarayonida turkiy xalqlar adabiyotini o‘qitish orqali o‘quvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirishning lingvistik-madaniy, ijtimoiy-lingvistik, ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-madaniy komponentlarini aniqlashtirishga muhim ahamiyat kasb etgan

Yangiliklarga obuna bo‘lish