Chinalieva Ayjamal Baxitjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tanqidiy fikrlash kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped9889.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Nisanbaeva Akmaral Kaldibaevna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Usmida Aybekvovana, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xaydarova Mahliyo Habibullaevna pedagogika fanlari doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tanqidiy fikrlash kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tanqidiy fikrlash kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari shaxsiy va kasbiy sifatlarni divergent va konvergent tafakkur shakllariga didaktik integratsiyalash, faoliyatning tashkiliy-funksional komponentlarini analitik-refleksiv va loyihalash jarayonlariga bosqichma-bosqich adaptiv uyg‘unlashtirishni diagnostik tahlil asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tanqidiy fikrlashini rivojlantirish shart-sharoitlari kasbiy faoliyat kontekstidagi innovatsion muhitni pedagogik vaziyatlarga integratsiyasining barqarorligini ta’minlash, refleksiv faoliyatni kuchaytirishni didaktik ta’sir ko‘rsatkichlariga adekvat moslashtirish va proporsional bog‘liqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tanqidiy fikrlashini rivojlantirish modeli tuzilmaviy komponentlarini kompetentlik indikatorlarining strategik maqsadlarga ustuvorligini ta’minlash, innovatsion ta’lim sharoitlariga moslashuvchi didaktik tamoyillar va omillarni uyg‘unlashtirish, mantiqiy va dialektik fikr me’yorlariga mos vektorli faoliyat traektoriyasini variativ muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tanqidiy fikrlashini rivojlantirish mezon va ko‘rsatkichlari pedagogik vaziyatlarni plyuralistik qarashlar orqali tahlil qilish, shaxs refleksivligini individual ehtiyojlarga vektorli yo‘naltirish va tanqidiy munosabat bildira olishni tahliliy tafakkurning kommunikativ va produktiv darajasiga validlik va ishonchliligini ta’minlash asosida optimallashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tanqidiy fikrlash kompetentligini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tanqidiy fikrlash kompetentligini rivojlantirish jarayoni shaxsiy va kasbiy muhim sifatlarni shakllantirish bosqichlarini didaktik integratsiyalash hamda tashkiliy-funksional imkoniyatlarini divergent va konvergent tafakkur shakllariga bosqichma-bosqich adaptiv uyg‘unlashtirish asosida rivojlantirishga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 28-iyuldagi 22-01-347/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tanqidiy fikrlash kompetentligini rivojlantirish jarayonining pedagogik imkoniyatlarini tahlil etish imkoni yaratilgan.
Talabalarning tanqidiy fikrlash kompetentligini rivojlantirish modeli kasbiy faoliyatning frontal, individual topshiriqlar integratsiyasi barqarorligini ta’minlashga qaratilgan sifat ko‘rsatkichlari dinamikligiga proporsional bog‘liqligini aniqlash va didaktik ta’sir imkoniyatlariga adekvat moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 28-iyuldagi 22-01-347/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning tanqidiy fikrlash kompetentligini divident va konvergent tafakkur shakllarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirish samaradorli oshgan.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tanqidiy fikrlash kompetentligini rivojlantirish modeli taqdim etilgan o‘quv materiallarini mantiqiy va dialektik fikr meyorlariga mos o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan vektorli faoliyat traektoriyasini ta’limiy maqsadga kreativ muvofiqlashtirish asosida rivojlantirishga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 28-iyuldagi 22-01-347/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning tanqidiy fikrlash kompetentligini rivojlantirishning modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tanqidiy fikrlash kompetentligini rivojlantirish mezonlari o‘quv materiallarini plyuralistik qarashlar orqali o‘zlashtirish, shaxs refleksivligini uning individual ehtiyojlariga vektorli yo‘naltirish hamda tahliliy tafakkurning kommunikativ va produktiv darajasini tadrijiy rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 28-iyuldagi 22-01-347/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning tanqidiy fikrlash kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini rivojlantirish imkoni kengaytirilgan.