Xamraev Obid Zokirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir biliar pankreatitni jarrohlik davolashning taktik va texnik jihatlarini optimallashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4996.
Ilmiy rahbar: Dusiyarov Muxammad Mukumbaevich, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Mamaradjabov Sobirjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent. Matmurodov Quvondiq Jumaniyozovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: V.I.Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
o‘tkir biliar pankreatit bilan og‘rigan bemorlarni xirurgik davolash taktikasini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir biliar pankreatitda optimal jarrohlik taktikasini tanlashning yetakchi mezonlari aniqlangan, ulardan asosiylari xoledoxolitiaz va katta duodenal so‘rg‘ich (KDS)ga kirgan tosh, shuningdek pankreatitning klinik kechishining og‘irlik darajasi aniqlangan;
ilk bor o‘tkir biliar pankreatitda xolangit va pankreonekroz rivojlanishining asosiy sababi bo‘lgan o‘t va pankreatik yo‘llar gipertenziyasini bartaraf etishda endoskopik papillosfinkterotomiyaning patogenetik ahamiyati isbotlangan;
ilk bor residivning oldini olish maqsadida endoskopik papillosfinkterotomiyadan keyingi birinchi sutkada laparoskopik xolesistektomiya o‘tkazish va o‘tkir pankreatit xurujini to‘xtatish asosida davolash algoritmi ishlab chiqilgan;
biliar yo‘l patologiyasini o‘z vaqtida korreksiya qilmaslik sababli kasallikning cho‘zilishi va infeksiyalangan pankreonekrozga o‘tishiga, shuningdek ochiq jarrohlik aralashuvlarini o‘tkazish zaruratiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir biliar pankreatitni jarrohlik davolashning taktik va texnik jihatlarini optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 15.02.2025y. 12/29-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkir biliar pankreatitda optimal jarrohlik taktikasini tanlashning yetakchi mezonlari aniqlangan, ulardan asosiylari xoledoxolitiaz va katta duodenal so‘rg‘ich (KDS)ga kirgan tosh, shuningdek pankreatitning klinik kechishining og‘irlik darajasi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi (29.11.2024 y. 4469-7-107-TB/2024-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali (23.11.2024 y. 110-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir biliar pankreatitning og‘ir shakllarida jarrohlik usulini tanlash tamoyillari asoslangan, o‘tkir biliar pankreatitni aniqlashning eng samarali instrumental va laboratoriya usullari belgilangan hamda uning og‘irlik darajasi va kechishini bashorat qilishning taktik algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: xoledoxolitiaz va katta duodenal so‘rg‘ichga kirgan tosh, shuningdek pankreatitning klinik kechishining og‘irlik darajasini aniqlash amaliyotini o‘tkazish jarrohlik davolashni qo‘llash doirasida bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 9-12 kun uchun 4523400 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 875650 so‘m sarflanadi. miniinvaziv yondoshuvlar yordamida operatsiya kilinganda statsionar davolanish 5 kunga qiskarib, iqtisodiy ko‘rsatkich 4876450 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: o‘tkir biliar pankreatitni davolashning optimal taktikasini tanlashda asosiy mezon biliar yo‘llaridagi toshlarni aniqlash, kasallikning klinik kechishi og‘irligi va qorin parda orti sohasining yallig‘lanish jarayoniga qay darajada bog‘liqligi hisoblanadi. Ushbu mezonlar endoskopik papillosfinkterotomiya, litoekstraksiya, suyuqlik to‘planmalarini drenajlashning kam invaziv punksion usullari yoki "ochiq" jarrohlik amaliyotiga ko‘rsatmalarni belgilash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘tkir biliar pankreatitda xolangit va pankreonekroz rivojlanishining asosiy sababi bo‘lgan o‘t va pankreatik yo‘llar gipertenziyasini bartaraf etishda endoskopik papillosfinkterotomiyaning patogenetik ahamiyati isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi (29.11.2024 y. 4469-7-107-TB/2024-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali (23.11.2024 y. 110-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir biliar pankreatit kechishining og‘irligini o‘z vaqtida baholash va asosli prognoz qilish jarrohlik amaliyotining maqbul muddatlarini aniqlash va o‘lim holatlarini kamaytirish imkonini berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: miniinvaziv texnologiyalardan foydalanish bemorlarning statsionarda qolish muddatining qisqarishi, dori-darmon sarfi kamayishi hisobiga 1 bemor hisobida 1790000 sum tejalishiga olib keldi. Bu mablag‘ning tejalishi statsionarda davolanish muddatini kamaytirdi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslangan. Xulosa: endoskopik papillosfinkterotomiya o‘tkir biliar pankreatit holatida o‘t yo‘llari va pankreatik yo‘llar obstruksiyasini samarali bartaraf etadi hamda yiringli xolangit va pankreonekrozning asosiy sababi bo‘lgan bez yo‘llari gipertenziyasini bartaraf etadi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor residivning oldini olish maqsadida endoskopik papillosfinkterotomiyadan keyingi birinchi sutkada laparoskopik xolesistektomiya o‘tkazish va o‘tkir pankreatit xurujini to‘xtatish asosida davolash algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi (29.11.2024 y. 4469-7-107-TB/2024-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali (23.11.2024 y. 110-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir biliar pankreatitning engil hamda og‘ir kechishida endoskopik papillosfinkterotomiyadan so‘ng asoratlar bo‘lmagan hollarda bir marta shifoxonada davolanish davomida sanatsion xolesistektomiyani o‘tkazish mumkinligi isbotlangan, bu esa o‘tkir pankreatitning takroriy xurujini oldini oladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: laparoskopik xolesistektomiya o‘tkazish va o‘tkir pankreatit xurujini kamaytirish maqsadida kaminvaziv aralashuvlarni ustuvor qo‘llash bilan instrumental va laboratoriya imkoniyatlaridan odatda umumiy o‘rtacha 1180400 so‘m sarflanadi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan minimal invaziv jarrohlikni hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 5311800 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: xolesistektomiyani, asosan laparoskopik usulda, engil biliar pankreatitni konservativ davolashdan so‘ng, kasallikning qaytalanish xavfi tufayli, xurujdan keyingi kunlarda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Endoskopik papillosfinkterotomiya o‘tkazilgandan so‘ng, agar papillotomiya asoratlarsiz bajarilgan bo‘lsa, bemorni kasalxonadan chiqarmasdan xolesistektomiya qilish ham o‘rinli hisoblanadi. Steril yoki infeksiyalangan suyuqlik to‘planishi bilan asoratlangan o‘tkir biliar pankreatitda esa, xolesistektomiyani ushbu to‘planmalar to‘liq bartaraf etilguniga va tizimli yallig‘lanish reaksiyasi bartaraf etilgunga qadar qoldirish maqsadga muvofiq.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: biliar yo‘l patologiyasini o‘z vaqtida korreksiya qilmaslik sababli kasallikning cho‘zilishi va infeksiyalangan pankreonekrozga o‘tishiga, shuningdek ochiq jarrohlik aralashuvlarini o‘tkazish zaruratiga olib kelishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi (29.11.2024 y. 4469-7-107-TB/2024-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali (23.11.2024 y. 110-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bir bosqichli jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish bemorlarning shifoxonada yotish muddatini qisqartirishi va ikki bosqichli jarrohlik davolashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kasallikning qaytalanishi hamda asoratlar rivojlanishi xavfini bartaraf etishi aniqlangan. O‘tkir biliar pankreatitni bosqichma-bosqich jarrohlik yo‘li bilan davolash uning og‘ir kechishi va kuchli mahalliy yallig‘lanish o‘zgarishlari rivojlanganda o‘zini oqlaydi, chunki bu holatlarda o‘t pufagini xavfsiz olib tashlash, ayniqsa buni laparoskopik usulda amalga oshirish imkonsizdir. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: laparoskopik amaliyotlar uchun bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 4893350 so‘m sarflanadi. Bu summaning ichida operativ davo va 2 kun reanimatsiya va 5-7 kun intensiv terapiya bo‘limidagi o‘rin-kunlar 1829900 (431300 + 1398600) so‘mni tashkil qiladi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan kompleks davo natijasida laparoskopik jarrohlik amaliyotini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 32659800 so‘mni (2 ta bemorga) tashkil etadi. Xulosa: biliar pankreatitni tekshirish va davolashning taklif etilgan algoritmi, shuningdek turli xil jarrohlik aralashuvlariga bo‘lgan asosli ko‘rsatmalar jarrohlik taktikasini individuallashtirish imkonini berdi hamda qorin parda orti sohasining bir yoki ikki tomonlama flegmonasi bilan asoratlangan o‘tkir biliar pankreatit holatidan tashqari barcha holatlarda o‘lim holatlarining oldini olishga erishildi. O‘tkir biliar pankreatitning 4 haftadan uzoqroq davom etishi, bemorning ixtisoslashtirilgan bo‘limga kechikib keltirilishi va samarasi past jarrohlik amaliyoti oshqozon osti bezi, parapankreatik va qorin parda orqasi bo‘shliqlarida o‘tkir alkogol pankreatitga o‘xshash o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bu holat o‘lim ko‘rsatkichi 23,3% bo‘lgan 30 nafar bemorda kuzatilgan. Bunday hollarda eng samarali jarrohlik amaliyoti "ochiq qorin" usulidir.