Suyumov Jo‘rabek Yunusalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumta’lim maktab o‘quv jarayonini kompyuter imitatsion modellar asosida takomillashtirish texnologiyalari (9-sinf biologiya darsligi misolida)” 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3769.
Ilmiy rahbar: Lutfillayev Maxmud Xasanovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.Ped.04.03
Rasmiy opponentlar: Axmedjonov Dilmurod Gʻulomovich, texnika fanlari doktori (DSc); Muxtarov Farrux Muhammadovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 9-sinf biologiya darsligi mavzulari bo‘yicha kompyuter imitatsion modellarini yaratish va o‘quv jaryoniga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
biologiya o‘qitish jarayonini takomillashtirishda kompyuter imitatsion modellarning didaktik imkoniyatlari virtual, real eksperiment jarayonini konstruktivistik ta’lim paradigmasi asosida integratsiyalashni interaktiv simulyasiya muhitida ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
o‘quv jarayonini kompyuter imitatsion modellar asosida takomillashtirishning ko‘p funksional modeli individual o‘quv sur’atiga moslashtirilgan o‘quv topshiriqlarida biologik jarayonlar sintezini qiyinlik darajalarda formativ baholashni maqbullashtirish asosida takomillashtirilgan;
kompyuter imitatsion modellarida biologiya fanini o‘qitishning modifikatsiyalangan didaktik ta’minoti an’anaviy didaktik tizimda dinamik vizual kontentni illyustrativ-interpretatsion funksiyalarda qisqa intervalli monitoringda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning o‘zlashtirishi va amaliy-tahlil faoliyati samaradorligi kompyuter imitatsion modellarga asoslangan o‘qitish muhitida ta’minlanishi proektiv-akademik o‘quv keyslarini Ispring QuizMaker, Ispring Pro, Course Lab dasturlarida yakka, jamoaviy shakllarda qo‘llanilishi orqali dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 9-sinf biologiya darsligini mavzulari bo‘yicha ishlab chiqilgan KIMlarni umumta’lim maktablarining dars jarayonida qo‘llashga doir tadqiqot natijalari asosida:
biologiya o‘qitish jarayonini takomillashtirishda kompyuter imitatsion modellarning didaktik imkoniyatlari virtual, real eksperiment jarayonini konstruktivistik ta’lim paradigmasi asosida integratsiyalashni interaktiv simulyasiya muhitida ta’minlashga oid tavsiyalari “Kompyuter tarmoqlari” nomli o‘quv qollanma mazmuniga singdirilgan(Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi № 384944-son guvohnomasi). Natijada, o‘quvchilarning biologiya o‘quv predmetidan o‘quv faoliyatini simulyasiya muhitida takomillashtirishga xizmat qilgan.
o‘quv jarayonini kompyuter imitatsion modellar asosida takomillashtirishning ko‘p funksional modeli individual o‘quv sur’atiga moslashtirilgan o‘quv topshiriqlarida biologik jarayonlar sintezini qiyinlik darajalarda formativ baholashni maqbullashtirishga oid takliflardan “OT-Atex-2018-519 kompyuter imitatsion modellar asosida virtual resurslarning Web-ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2023-yil 28-avgustdagi 212/02-son ma’lumotnomasi). Ushbu loyiha doirasida ishlab chiqilgan kompyuter imitatsion modellar 9-sinf o‘quvchilarining biologiya o‘quv predmetidan kreativ fikrilashini rivojlantirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning o‘zlashtirishi va amaliy-tahlil faoliyati samaradorligi kompyuter imitatsion modellarga asoslangan o‘qitish muhitida ta’minlanishi proektiv-akademik o‘quv keyslarini Ispring QuizMaker, Ispring Pro, Course Lab dasturlarida yakka, jamoaviy shakllarda qo‘llashga oid ilmiy-metodik tavsiyalardan o‘quv jarayonida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 14-oktyabrdagi 02-07-4614/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablarining biologiya o‘quv predmetini o‘zlashtirish samaradorligini oshishiga erishilgan.