Dauletov Baxadir Utebayovichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sport mahoratini takomillashtirish guruhida shug‘ullanuvchi sprintga ixtisoslashgan baydarkada eshkak eshuvchilarning yillik mashg‘ulot siklini optimallashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped10454.
Ilmiy rahbar: Mambetnazarov Islambek Muratbaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.28/2025.27.12.Ped.01.01
Rasmiy opponentlar:Raxmatova Dilnoza Nigbaevna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor;
Ikramov Baxrom Farxodovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sport mahoratini takomillashtirish guruhida shug‘ilanuvchi sprintga ixtisoslashgan baydarkada eshkak eshuvchilarning yillik mashg‘ulot yuklamalarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sprintga ixtisoslashgan baydarkachilarning energetik tizimlarini startda portlovchi kuch, start tezligini yaxshilash, tezlik ritmini barqarorlashtirish, charchoqqa bardoshlilikni oshirish hamda anaerob chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgan suvda va quruqlikda bajariladigan maxsus mashqlar majmuasidan foydalanish hisobiga baydarkada eshkak eshuvchilarning energiya taqsimoti samarali takomillashtirilgan;
sprintga ixtisoslashgan baydarkada eshkak eshuvchilarning tezlik va start quvvatini rivojlantirish uchun mashg‘ulotlarda maxsus kuch, bazaviy chidamlilik, masofaviy chidamlilik, musobaqa chidamliligi sifatlarini shiddat zonalari bo‘yicha yuklamaning metobolik intensivlik mezonlarini ishlab chiqish hisobiga mashg‘ulot jarayonini tizimlashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
malakali baydarkachilarning yillik tayyorgarlik davrini musobaqalar taqvimi, yuklamalar hajmi va shiddat nisbatini inobatga olgan holda mashg‘ulot ketma-ketligini vaqt bo‘yicha o‘zgarishi asosida turli mashg‘ulot yuklamalarini ko‘p yillik tayyorgarlikning to‘plovchi, amalga oshiruvchi mezotsikllarida anaerob glikolitik yo‘nalishdagi mashqlar hajmini ko‘paytirishga qaratilgan mashg‘ulot yuklamalari modelini ishlab chiqish hisobiga takomillashtirilgan;
sprintga ixtisoslashgan baydarkada eshkak eshuvchilarning funksional holati, kuch sifatlari, maxsus ish qobiliyati hamda mashg‘ulot jarayonini boshqarishda muhim bo‘lgan anaerob almashinuv chegarasi (AnACh) va maksimal yurak urish chastotasi (MYuCh) kabi ko‘rsatkichlar dinamikasiga ijobiy ta’sir etish asosida ishlab chiqilgan ko‘p siklli mashg‘ulot yuklamalarini qo‘llash hisobiga yillik tayyorgarlik davrida turli yo‘nalishdagi mashg‘ulot yuklamalarini optimal taqsimlash imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sport mahoratini takomillashtirish guruhida shug‘ullanuvchi sprintga ixtisoslashgan baydarkada eshkak eshuvchilarning yillik mashg‘ulot yuklamalarini ko‘p siklli variant asosida taqsimlash orqali yillik tayyorgarlik siklini optimallashtirish bo‘yicha olingan natijalari asosida:
sprintga ixtisoslashgan baydarkachilarning energetik tizimlarini startda portlovchi kuch, start tezligini yaxshilash, tezlik ritmini barqarorlashtirish, charchoqqa bardoshlilikni oshirish hamda anaerob chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar majmuasidan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston ROWING & CANOE federatsiyasi baydarkada eshkak eshish bo‘yicha tarbiyalanuvchilarning o‘quv mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi 2025-yil 27-iyundagi         01-09/3803-son ma’lumotnomasi). Natijada, malakali eshkak eshuvchilarning mushak massasi ko‘rsatkichi 8,6% ga ortdi, yog‘ massasi esa 8,1% ga kamayganligi kuzatildi, shu bilan birga kuch sifatlarini baholashga qaratilgan shtangani ko‘krakka tushirib ko‘tarish testi bo‘yicha ko‘rsatkichlar – 11,7 % ga, yotgan holda shtangani tortish testi bo‘yicha ko‘rsatkichlar – 10,2 % ga yaxshilangan;
sprintga ixtisoslashgan baydarkada eshkak eshuvchilarning tezlik va start quvvatini rivojlantirish uchun mashg‘ulotlarda maxsus kuch, bazaviy chidamlilik, masofaviy chidamlilik, musobaqa chidamliligi sifatlarini shiddat zonalari bo‘yicha yuklamalarning samaradorlik mezonlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv Sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi baydarkada eshkak eshish bo‘yicha malakali sportchilarning maxsus ish qobiliyatini nazorat qilish jarayoniga tatbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi 2025-yil 27-iyundagi 01-09/3803-son ma’lumotnomasi). Natijada, malakali eshkak eshuvchilarning maxsus ish qobiliyati va funksional holatini aniqlashga qaratilgan 40 soniyalik eshkak eshish testi bo‘yicha qondagi laktat konsentratsiyasi tiklanishning 3-daqiqasida 9,7 mMol/l ni, tiklanishning 8-daqiqasida 6,5 mMol/l ni tashkil etib, glikoliz quvvatining ortishi kuzatildi, 40 soniyalik eshkak eshish testi bo‘yicha sportchilarning eshish quvvati – 8,1% ga, test davomidagi eshishlar soni – 9,3% ga, eshish tezligi – 6,8% ga va 40 soniyada bosib o‘tilgan masofa – 8,4 % ga yaxshilangan;
malakali baydarkachilarning yillik tayyorgarlik davrini musobaqalar taqvimi, yuklamalar hajmi va shiddat nisbatini inobatga olgan holda mashg‘ulot ketma-ketligini vaqt bo‘yicha o‘zgarishi asosida turli mashg‘ulot yuklamalarini ko‘p yillik tayyorgarlikning to‘plovchi, amalga oshiruvchi mezotsikllarida anaerob glikolitik yo‘nalishdagi mashqlar hajmini ko‘paytirish asosida transformatsiyalash modelini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Urganch Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o‘quv mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi 2025-yil 27-iyundagi       01-09/3803-son ma’lumotnomasi). Natijada, sprintga ixtisoslashgan eshkak eshuvchilarda energiya ta’minotining aerob mexanizmi imkoniyatlari darajasini aniqlash imkonini beruvchi anaerob almashinuv chegarasi (AnACh) va maksimal yurak urish chastotasi (MYuCh) bo‘yicha ko‘rsatkichlari mos ravishda 8,5% va 7,9% ga oshgan;
sprintga ixtisoslashgan baydarkada eshkak eshuvchilarning funksional holati, kuch sifatlari, maxsus ish qobiliyati hamda mashg‘ulot jarayonini boshqarishda muhim bo‘lgan anaerob almashinuv chegarasi (AnACh) va maksimal yurak urish chastotasi kabi ko‘rsatkichlar dinamikasiga ijobiy ta’sir etish asosida ishlab chiqilgan ko‘p siklli mashg‘ulot yuklamalarining taqsimotini qo‘llash bo‘yicha ratsional taqsimlashga taklif va tavsiyalar «Eshkak eshish sport turida rejalashtirish va hakamlik faolyati» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi 2025-yil 27-iyundagi 01-09/3803-son ma’lumotnomasi).       Natijada,  malakali eshkak eshuvchilarning maxsus va umumiy chidamlilik qobiliyati bo‘yicha ko‘rsatkichi        200 m ga eshkak eshishda o‘rtacha 7,9% ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish