Hayitov Anvar Isomiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining refleksiv kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.01 –Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped9881.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Jalilov Nodirjon Azamatovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Umida Aybekovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Shaamirova Yulduzxon Kabiljanovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining refleksiv kompetentlikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining refleksiv kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari kasbiy faoliyat kontekstidagi qarorlarni qayta  ko‘rib chiqish, muammolarni aniqlash, o‘z o‘zini anglash, empatiya va identifikatsiya komponentlarini o‘zaro integratsiyalash, kompetentlikning tarkibiy qismlarini su’bektlar o‘rtasidagi hamkorlik muhitini kompleks tahliliy baholash orqali aniqlashtirilgan; 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining refleksiv kompetentliligini rivojlantirishning mazmuniy tuzilmasi kasbiy kontekstdagi empatik-motivatsion, kognitiv-emotional, kommunikativ-kooperativ, refleksiv-faoliyatli komponentlarni o‘zaro ta’sir ko‘rsatish darajasiga mos differensiallash, ko‘nikmalarning doimiy barqarorligi va qayta aloqasi dinamikligini propedevtik-texnologik rivojlantirish asosida aniqlashtirilgan; 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining refleksiv kompetentliligini rivojlantirish modeli o‘z faoliyatini kritik tahlil qiluvchi muhitga moslashtirish, mazmunli-texnologik-natija komponentlariga nostandart vaziyatlarda qaror qabul qilish texnologiyalarini identivligini ta’minlash,  bloklarning o‘zaro sinxron aloqadorligini shaxsning empatiklik, emotsional nazoratning mavjudligi, o‘ziga ishonish kabi sifatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan. 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining refleksiv kompetentlikni rivojlantirish samaradorligi refleksiv madaniyatni shakllantirish mezonlarini  baholashning minimal, situativ va kreativ darajalariga muvofiqlashtirish, loyihaviy faoliyatini faol pozisiya munosabatlariga uyg‘unligini pedagogik konsilium tahlili  asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining refleksiv kompetentliligini rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining refleksiv kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari kasbiy faoliyat kontekstidagi qarorlarni qayta  ko‘rib chiqish, muammolarni aniqlash, o‘z o‘zini anglash, empatiya va identifikatsiya kabi komponentlarni o‘zaro integratsiyalash, kompetentlikning tarkibiy qismlarini su’bektlar o‘rtasidagi hamkorlik muhitini  kompleks tahliliy baholash orqali aniqlashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singirilgan  (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 25-iyundagi 22-01-20/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining refleksiv kompetentlilikning tuzulishi, komponentlari, mezonlari va ko‘rsat’ichlarini aniqlashtirishga erishilgan. 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining refleksiv kompetentliligini rivojlantirishning mazmuniy tuzilmasi kasbiy kontekstdagi empatik-motivatsion, kognitiv-emotional, kommunikativ-kooperativ, refleksiv-faoliyatli komponentlarni o‘zaro ta’sir ko‘rsatish darajasiga mos differensiallash, ko‘nikmalarning doimiy barqarorligi va qayta aloqasi dinamikligini propedevtik-texnologik rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 25-iyundagi 22-01-20/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining refleksiv kompetentliligini rivojlantirish omillari aniqlangan. 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining refleksiv kompetentliligini rivojlantirish modeli o‘z faoliyatini kritik tahlil qiluvchi muhitga moslashtirish, mazmunli-texnologik-natija komponentlariga nostandart  vaziyatlarda qaror qabul qilish texnologiyalarini identivligini ta’minlash,  bloklarning o‘zaro sinxron aloqadorligini shaxsning empatiklik, emotsional nazoratning mavjudligi, o‘ziga ishonish kabi sifatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 25-iyundagi 22-01-20/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining refleksiv kompetentliligini rivojlantirish orqali modelini takomillashtirish oshirilgan.  
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining refleksiv kompetentlikni rivojlantirish samaradorligi refleksiv madaniyatni shakllantirish mezonlarini  baholashning minimal, situativ va kreativ darajalariga muvofiqlashtirish, loyihaviy faoliyatini faol pozisiya munosabatlariga uyg‘unligini pedagogik konsilium tahlili  asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 25-iyundagi 22-01-20/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, refleksiv kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganish imkoniyati kengaytirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish