Bo‘riboeva Dilraboxon Norboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Talabalarning grafik kompetentligini rivojlantirishning elektron resurslar tizimini takomillashtirish metodikasi 13.00.06 - Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6332.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Abduvalieva Dilsora Nodirjon qizi, pedagogika fanlari doktori (DSc); dotsent, O‘razmetova Shoira Azatbaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori  (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. talabalarning grafik kompetentligini elektron resurslar tizimi vositasida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning grafik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari grafikaning konstruksiyalash, loyihalashga oid funksional jihatlarni ta’sirchanlik omillariga vizual aniqlikda maqsadni moslashtirish, operatsion-faoliyatning didaktik va raqamli resurslar tizimiga integratsiyasini refleksiv-diagnostikaga bog‘liq baholash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning chizmachilik fanida grafik kompetentligini rivojlantirishning dasturiy-didaktik ta’minoti kasbiy kontekstidagi CAD muhitida elektron o‘qitishning teskari aloqani ta’minlash, interaktiv grafik vositalarini joriy etishga avtomatik baholash va refleksiv-diagnostika orqali erishish asosida takomillashtirilgan;
elektron resurslar tizimi vositasida talabalarning grafik kompetentligini rivojlantirish modeli kompetensiya indekatorlarini grafik tizimlar (MathCad, Maple, Matlab, AutoCad) ga mazmunan moslashtirish, loyihaviy-modulli ta’lim texnologiyalarini kasbiy kontekst komponentlariga adaptiv-vizual indentifikatsiyalash asosida takomillashgan;
talabalarning grafik kompetentligini elektron resurslar tizimi vositasida rivojlantirish metodikasi ta’lim jarayonini elektron resurslar orqali faollashtirishda metodologik asoslarga ustuvorlik berish, interaktiv va loyihaviy o‘qitish metodlarini qo‘llash, shaxsiy bilimlarni rivojlantirishga adaptiv samaradorligini natijaviy baholash va nazorat qilish tezligi va dinamikligini oshirishga erishish asosida optimallashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron resurslar tizimi vositasida talabalarning grafik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
talabalarning grafik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari grafikaning konstruksiyalash, loyihalashga oid funksional jihatlarni ta’sirchanlik omillariga vizual aniqlikda maqsadni moslashtirish, operatsion-faoliyatning didaktik va raqamli resurslar tizimiga integratsiyasini refleksiv-diagnostikaga bog‘liq baholash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Chizmachilik fanini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 25-martdagi 11-05-1878/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning grafik kompetentlini rivojlantirishga oid o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish imkoni kengaytirilgan;
talabalarning chizmachilik fanida grafik kompetentligini rivojlantirishning dasturiy-didaktik ta’minoti kasbiy kontekstidagi CAD muhitida elektron o‘qitishning teskari aloqani ta’minlash, interaktiv grafik vositalarini joriy etishga avtomatik baholash va refleksiv-diagnostika orqali erishish asosida takomillashtirilga oid tavsiyalar “Chizmachilik fanini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 25-martdagi 11-05-1878/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning grafik kompetentligini rivojlantirish orqali takomillashtirishga erishilgan;
elektron resurslar tizimi vositasida talabalarning grafik kompetentligini rivojlantirish modeli kompetensiya indekatorlarini grafik tizimlar (MathCad, Maple, Matlab, AutoCad) ga mazmunan moslashtirish, loyihaviy-modulli ta’lim texnologiyalarini kasbiy kontekst komponentlariga adaptiv-vizual indentifikatsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Chizmachilik fanini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 25-martdagi 11-05-1878/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, didaktik ta’minotini takomillashtirishning nazariy imkoniyatlari kengaytilgan;
talabalarning grafik kompetentligini elektron resurslar tizimi vositasida rivojlantirish metodikasi ta’lim jarayonini elektron resurslar orqali faollashtirishda metodologik asoslarga ustuvorlik berish, interaktiv va loyihaviy o‘qitish metodlarini qo‘llash, shaxsiy bilimlarni rivojlantirishga adaptiv samaradorligini natijaviy baholash va nazorat qilish tezligi va dinamikligini oshirishga erishish asosida optimallashtirishga oid tavsiyalar “Chizmachilik fanini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 25-martdagi 11-05-1878/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning grafik kompetentligi rivojlanganligini uzlyuksiz nazorat qilish texnologiyasi asosida o‘quv jarayoni samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish