Ashirov Boyburi Sheralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suv omborlariga quyiladigan kanallar o‘zanida deformatsiya qonuniyatlarini baholash”. 05.09.07 – “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2157
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Bazarov Dilshod Raimovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.T.17.02. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Komiljon Radjabovich – geografiya fanlari doktori, (DSc), dotsent. Rahimov Ashraf Rasul o‘g‘li. –texnika fanlari falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand arxitektura-qurilish universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Suv omborlariga quyiladigan kanallar o‘zanida deformatsiya qonuniyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv omboriga quyiladigan kanallar o‘zanida oqimning loyqa oqiziqlarini tashuvchanlik qobiliyati, o‘zan ko‘ndalang kesimi va oqim chuqurligi bo‘yicha tezliklar taqsimlanishi bog‘lanishlar asosida baholangan;
suv omboriga quyiladigan kanallar o‘zanida tindirgichning gidravlik parametrlarini aniqlash usuli suv omborining ekspluatatsion rejimi inobat olinib takomillashtirilgan;
suv omboriga quyiladigan kanalning yuqori nishabligini inobatga olib tutash inshootlarning elementlari va so‘ndirish sohasining chuqurligi, mustahkamlik chegaralari gidravlik sxemalar asosida ishlab chiqilgan;
suv keltirish kanalida uzunligi bo‘yicha loyqa oqiziqlarni cho‘kish dinamikasini aniqlash usuli, oqimning gidrologik rejimini inobatga olinib takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
suv omboriga quyiladigan kanallar o‘zanlarida loyqa cho‘kindilar fraksion tarkibini inobatga olib, tindirgichning optimal parametrlarini hisoblash usuli, Surxondaryo suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi tomonidan joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 7-fevraldagi 02/19-543-son ma’lumotnomasi). Natijada suv omborining ishonchliligi va samaradorliligini 5-8 % ga oshirish imkoniyati yaratilgan.
suv omboriga quyiladigan kanalning yuqori nishabliligini inobatga olib tutash inshootlarning elementlari va so‘ndirish sohasining chuqurligi, mustahkamlik chegaralari va gidravlik sxemalari Surxondaryo suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi tomonidan joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 7-fevraldagi 02/19-543-son ma’lumotnomasi). Natijada suv olib kelish kanalining uzunligi bo‘yicha loyqa cho‘kindilarni taqsimlanishi va deformatsion jarayonlarini 7-10 % ga oshirish imkoniyati yaratilgan.
kanalning optimal parametrlarini aniqlash natijasida kanalda suv taqsimlashda oqimning loyqa bosmaydigan tezliklar va oqiziqlar transporti bo‘yicha bajarilgan tahlil va eksperiment natijalarini qayta ishlash asosida kanal ishonchli ekspluatatsiya rejimini ta’minlaydigan gidravlik va morfometrik qiymatlar Surxondaryo suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi tomonidan joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 7-fevraldagi 02/19-543-son ma’lumotnomasi). Natijada kanalning FIK 7-12 % oshirish imkoniyati yaratilgan.