Samatova Sevara G‘ayratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ota-ona va o‘smir farzand munosabatlarini barqarorlashtirishda affiliatsiya motivining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/P1013.
Ilmiy rahbar: Rustamov Shavkat Shuxratovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Saidov Azamat Ismoilovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor, Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ota-ona va o‘smir farzand munosabatlarini barqarorlashtirishda affiliatsiya motivining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish hamda amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ota-ona va o‘smir farzand munosabatlaridagi affiliatsiya motivi kommunikativ ustanovkalar, ijtimoiy persepsiya jarayonlaridagi selektivlik, ijtimoiy refleksiyani differensial namoyon bo‘lishiga asoslanib oiladagi “emotsional yaqinlik”, “hamkorlik”, “o‘zaro ishonch”ning ota-onalik ustanovkalari asosida dinamik shakllanishiga ta’sir etishi dalillangan;
oilaviy muloqotda affiliatsiya motivlarining namoyon bo‘lishi oilaning ierarxik, o‘zaro munosabatlardagi mehr va axloq darajasi, tarbiyada bolaning yosh xususiyatlariga moslashuvchanlik jihatlariga asoslanib ota-onaning farzandga nisbatan emotsional qabul qilish, hamkorlik va simbiotik yondashuvi orqali o‘ziga ishonch hamda hissiy yaqinlikning kechinmalar modalligiga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
oilaviy munosabatlar tizimida o‘smirlardagi affiliatsiya motivining namoyon bo‘lishi oila mikromuhitida ijtimoiy munosabatlarga mansublikni his qilish va o‘zaro bir-birlarini qabul qilishga intilishning hamdardlikni ratsional va pozitiv emotsional ustanovkalariga bog‘liq xususiyatlar ta’sirida kuchli ifodalanishiga asoslanib empatiyaning intrasubektiv resurslarini ijtimoiylashuv jarayonida “tan olinish” ehtiyoji orqali faollashuvi asosida yuzaga kelishi aniqlangan;
ota-ona – o‘smir farzand munosabatlarini barqarorlashtirish uchun oiladagi kommunikativ, perseptiv, interaktiv, didaktik funksiyalarning konstruktivligi orqali sog‘lom sotsializatsiyani ta’minlash muhimligi tufayli affiliatsiya motivini oilaviy rollardagi refleksiv xususiyatlarga bog‘liq ijobiy ustanovkalar asosida rivojlanishiga erishish zarurligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinganligi. “Ota-ona va o‘smir farzand munosabatlarini barqarorlashtirishda affiliatsiya motivining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”ni o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ota-ona va o‘smir farzand munosabatlaridagi affiliatsiya motivi kommunikativ ustanovkalar, ijtimoiy persepsiya jarayonlaridagi selektivlik, ijtimoiy refleksiyani differensial namoyon bo‘lishiga asoslanib oiladagi “emotsional yaqinlik”, “hamkorlik”, “o‘zaro ishonch”ning ota-onalik ustanovkalari asosida dinamik shakllanishiga ta’sir etishi dalillanganligiga oid natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-379-son buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-245a-son ma’lumotnomasi). Natijada ota-ona va o‘smir farzand munosabatlarini barqarorlashtirishda affiliatsiya motivini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
oilaviy muloqotda affiliatsiya motivlarining namoyon bo‘lishi oilaning ierarxik, o‘zaro munosabatlardagi mehr va axloq darajasi, tarbiyada bolaning yosh xususiyatlariga moslashuvchanlik jihatlariga asoslanib ota-onaning farzandga nisbatan emotsional qabul qilish, hamkorlik va simbiotik yondashuvi orqali o‘ziga ishonch hamda hissiy yaqinlikning kechinmalar modalligiga bog‘liq ekanligi aniqlanganligiga oid natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-379-son buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-245a-son ma’lumotnomasi). Natijada ota-ona va o‘smir farzand munosabatlarini barqarorlashtirishda affiliatsiya motivini shakllantirishning asosiy usullari ko’rsatib berilgan;
oilaviy munosabatlar tizimida o‘smirlardagi affiliatsiya motivining namoyon bo‘lishi oila mikromuhitida ijtimoiy munosabatlarga mansublikni his qilish va o‘zaro bir-birlarini qabul qilishga intilishning hamdardlikni ratsional va pozitiv emotsional ustanovkalariga bog‘liq xususiyatlar ta’sirida kuchli ifodalanishiga asoslanib empatiyaning intrasubektiv resurslarini ijtimoiylashuv jarayonida “tan olinish” ehtiyoji orqali faollashuvi asosida yuzaga kelishi aniqlanganligiga oid natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-379-son buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-245a-son ma’lumotnomasi). Natijada ota-ona va o‘smir farzand munosabatlarini barqarorlashtirishda affiliatsiya motivini rivojlantirish modeli ishlab chiqilgan;
ota-ona – o‘smir farzand munosabatlarini barqarorlashtirish uchun oiladagi kommunikativ, perseptiv, interaktiv, didaktik funksiyalarning konstruktivligi orqali sog‘lom sotsializatsiyani ta’minlash muhimligi tufayli affiliatsiya motivini oilaviy rollardagi refleksiv xususiyatlarga bog‘liq ijobiy ustanovkalar asosida rivojlanishiga erishish zarurligi dalillanganligiga oid natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-379-son buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-245a-son ma’lumotnomasi). Natijada ota-ona va o‘smir farzand munosabatlarini barqarorlashtirishda affiliatsiya motivini o’rganish imkoniyati oshirilgan.