Samatova Nafisa Rustamovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Toshkent viloyati buzilgan erlarini qayta tiklashda landshaft yondashuvini qo‘llash”, 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Gr436.
Ilmiy rahbar: Sharipov Shavkat Muxamajanovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.01.17.
Rasmiy opponentlar: Sabitova Naila Ismailovna, geografiya fanlari doktori, professor; Abdullaev Ilxom Xatamovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyati landshaftlarining buzilgan erlari, ularning turlari va omillarini aniqlash, buzilgan erlarni qayta tiklash chora-tadbirlarini landshaftlarning xususiyatlariga mutanosib amalga oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent viloyati landshaftlarining buzilishiga sabab bo‘luvchi jarayonlar va buzilgan erlarning asosiy turlari baholangan hamda yirik masshtabli (1:100 000) kartasi yaratilgan;   
viloyat landshaftlarida jar eroziyasi xavfi darajasi (past, o‘rta, yuqori, juda yuqori) baholangan va yirik masshtabli (1:100 000) kartasi yaratilgan; 
viloyatda buzilgan erlarning vujudga kelishida tabiiy va antropogen omillarning tarqalishidagi tabiiy geografik qonuniyatlar (balandlik mintaqalanishi, yonbag‘irlar qiyaligi va ekspozisiyasi) aniqlangan;  
viloyat landshaftlarining tabiiy va antropogen omillar ta’sirida buzilganlik darajasi (buzilmagan, kam, o‘rtacha, ko‘p) aniqlangan hamda yirik masshtabli (1:100 000) kartasi yaratilgan; 
buzilgan erlarni qayta tiklash va landshaftlardan oqilona foydalanishni ularning xususiyatlariga mutanosib amalga oshirish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyati buzilgan erlarini qayta tiklashda landshaft yondashuvini qo‘llash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
GIS va Erni masofadan zondlash ma’lumotlari asosida Toshkent viloyati qishloq xo‘jaligi erlarining buzilishiga sabab bo‘luvchi jarayonlar aniqlangan hamda buzilgan erlarning asosiy turlari ma’lumotlari aks ettirilgan 1:100 000 masshtabli kartasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida foydalanilmayotgan erlarni aniqlashda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 24-fevraldagi 05/06-04-217-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, foydalanilmayotgan va holati yomonlashgan erlarni aniqlash ishlarini takomillashtirish imkonini bergan;
Toshkent viloyati erlarining jar eroziyasi xavfi darajasini baholangan hamda yirik masshtabli kartasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida erlarni tahlil etib borish va ulardagi o‘zgarishlarni aniqlashda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 24-fevraldagi 05/06-04-217-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi erlarini monitoring qilish ishlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Toshkent viloyati landshaftlarining tabiiy va antropogen omillar ta’sirida buzilganlik darajasi aniqlangan hamda 1:100 000 masshtabli kartasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida irrigatsiya eroziyasi natijasida jarlangan maydonlarda rekul`tivatsiya ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 24-fevraldagi 05/06-04-217-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, irrigatsiya eroziyasi kuzatilgan maydonda rekul`tivatsiya ishlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Toshkent viloyatidagi buzilgan erlarni qayta tiklash va landshaftlardan oqilona foydalanishni ularning xususiyatlariga mutanosib amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida buzilgan erlarni rekul`tivatsiya qilish loyihalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 24-fevraldagi 05/06-04-217-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi erlarining buzilgan qismlarini rekul`tivatsiya qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihalarni takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish