Azimova Aziza Qodirali qizining
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Vitis L. o‘simliklarining kimyoviy tadqiqi va ular asosida olingan tovarlarni sinflash”, 02.00.10 – Bioorganik kimyo, 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/K1043.
Ilmiy rahbarlar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Islomov Akmal Xushvaqovich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekison Milliy  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.07.04.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Vaxobjon Umarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xolboev Yusufjon Xakimovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent kimyo- texnologiya insituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekison florasida o‘suvchi Vitis L. meva qism quyuq eksraktining kimyoviy tadqiqi, u asosida biologik faol qo‘shimcha olish va TIFTN bo‘yicha tovar kodini sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
“GENERAL BIOIMMUNAA” namunasi tarkibidagi 40 dan ortiq elementlar miqdori «Induktiv bog‘langan argon plazmali Optik emission spektrometriyada aniqlanib, K, P, Mg, Ca, Na, Fe, Mn, Zn, Si kabi hayotiy zarur elementlarni yuqori miqdorda saqlashi hamda Pb, Cd, Hg va As kabi og‘ir metall ionlarining miqdori xalqaro oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi gigiyenik normalari me’yoriga mos kelishi aniqlangan;  
“GENERAL BIOIMMUNAA” BFQ tarkibida samarali ta’sir etishi isbotlangan B guruhi vitaminlarni B9˃C˃B6˃B2˃PP kamayib borish tartibida va aminokislotalardan glutamin kislota, fenilalanin, treonin, prolinning miqdori nisbatan yuqori ekanligi hamda  digidrokversitin, rozavin, rutin, kversitin, salidrozid kabi fenol birikmalari saqlashi YuSSX usulida isbotlangan;
Vitis L. Toifi navi meva qismi quyuq eksraktining tarkibida uchraydigan uglevodlari (glyukoza, fruktoza, saxaroza) bilan GKMAT ni 1:2, 1:4, 1:9 (mol) nisbatdagi kompleks birikmalari olindi, UB, IQ, mass spektri o‘rganilgan va VI-guruh “zaharsiz birikmalar” sinfiga tegishli ekanligi,  gepatoprotektorlik ta’siri, yallig‘lanish hamda immunitet faollikni namoyon etishi asoslangan;
Toifi navi mevasining quyuq eksrakti va urug‘ining in vitro sharoitida  antioksidantlik faolligi o‘rganilganda IC50, (mkl)- t50 sek. ko‘rsatkichi Vitis L. o‘simligini Toifi navi meva qismi quyuq eksraktida 12,5 ± 1,2 ni 125 ± 14  vaqtni, urug‘i esa 7,6 ± 1,6 ni 180 ± 22 vaqtni  tashkil etishi ya’ni meva eksraktida tez va samarali radikal tutib qoluvchiligi, urug‘ida esa erkin radikallarni zararsizlantirish jarayoni meva eksraktiga nisbatan kamroq vaqtni tashkil etishi  aniqlangan;
Vitis L. Toifi navi meva qismi quyuq eksrakti asosida olingan tabiiy “GENERAL BIOIMMUNAA” BFQ TIF TN qoidalari bo‘yicha, kimyoviy tarkibi asosida sinflangan va tovar kodlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekison florasida o‘suvchi Vitis L. meva qism quyuq eksraktining kimyoviy tarkibini aniqlash, u asosida biologik faol qo‘shimcha olish va TIFTN bo‘yicha sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Vitis L. Toifi navi mevas qismi asosida olingan biologik faol qo‘shimcha “GENERAL BIOIMMUNAA” nomli quyuq eksraktini ishlab chiqarish uchun  texnologik yo‘riqnoma (TY 28624239-06:2025) ishlab chiqilgan va O‘zbekison Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekison Respublikasi Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi nazoratining 2025-yil 02-oktyabrdagi 01-28/8818 - sonli ma’lumotnomasi).  Natijada, immunitetni, gemoglobinni ko‘taradigan, quvvat beruvchi, yurak-qon tomirlari, nafas yo‘llaridagi shamollashni oldini olishga yordamchi oziq-ovqat qo‘shilmasini ishlab chiqarish imkonini bergan;
Vitis L. Toifi navi mevasining quyuq eksrakti asosida ishlab chiqilgan “GENERAL BIOIMMUNAA” nomli tabiiy biologik faol qo‘shimcha kimyoviy tarkibi asosida sinflanib, unga tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha 2106 90 540 1 xalqaro tovar kod raqami ishlab chiqilgan va davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekison Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2026 yil 28-yanvar № 29/05-26-0056 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, antioksidant, immunitetni ko‘taradigan, quvvat beruvchi, qon ko‘paytiruvchi xossali oziq-ovqat qo‘shilmalarini sinflash, eksport va import qilishda ulardan undiriladigan boj to‘lovlarini nazorat qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish