Qodirov Sarvar Azamatovichning 
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Muqobil qurilish bitum asosida “Gidroizol K” olish texnologiyasi», 02.00.08 -Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi, (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4366.
Ilmiy rahbar: Hamidov Basit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.05/2025.27.12.K/T.19.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Oybek Yuliboevich, texnika fanlari doktori, professor; Alieva Leylufer Imran gizi, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi neft shlami, ekstrakt qoldig‘i, gossipol qatroni, so‘ndirilmagan ohaklardan foydalanib muqobil qurilish bitumni olish va u asosida «Gidroizol-K» o‘ramali tom yopish materialini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarkibi 30% neft shlami, 24,5% ekstrakt qoldig‘i, 40% gossipol qatroni va 5,5% so‘ndirilmagan ohak bo‘lganda muqobil qurilish bitumning eng optimal resepturasi ekanligi aniqlangan;
muqobil qurilish bitum tarkibidagi asfalten miqdorini oshirish uchun neft shlami va ekstrakt qoldiqlaridan, qatron va moy miqdori kamayib ketmasligi uchun esa gossipol qatronidan foydalanish samarali ekanligi aniqlangan;
ishlab chiqilgan muqobil qurilish bitumining fizik-kimyoviy (yumshash harorati 97°C, penetratsiyasi 11 mm, 25°C haroratdagi duktilligi 2,1 sm, isitishdan keyin massa o‘zgarishi 0,56%, chaqnash harorati 245°C) ko‘rsatkichlari standart qurilish bitumiga qo‘yilgan minimal talablaridan qolishmasligi isbotlangan; 
muqobil qurilish bitumi hamda ishlatilgan (ondulin va polimer) sepma qoldiqlari asosida issiq va sovuq kunlarda o‘z tuzilishini yo‘qotmaydigan “Gidroizol-K” o‘ramali tom yopish materialini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
“Gidroizol-K” o‘ramali tom yopish materialning asosiy sifat (egiluvchanlik harorati minus 14,0 ºS, suv yutuvchanlik 0,66 %, qizdirilganda massa yuqotilishi 2,58%) ko‘rsatkichlari boshqa analoglariga nisbatan yaxshiroq ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy ikkilamchi xom ashyo va qo‘shimchalardan tayyorlangan yangi tarkibli muqobil qurilish bitumni olish texnologiyasini hamda u asosida “Gidroizol-K” o‘ramali tom yopish materialini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiq qilishdan olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy neftshlami, ekstrakt qoldig‘i, gossipol qatroni va so‘ndirilmagan ohak yordamida yangi tarkibli muqobil qurilish bitumini ishlab chiqarish va u asosida “Gidroizol-K” o‘ramali tom yopish materialini olish texnologiyasi Sho‘rtan NGQChBning “2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2025 yil 17 martdagi 01/18-531-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahaliy ikkilamchi xom ashyolar asosida muqobil qurilish bitumini hamda “Gidroizol-K” o‘ramali tom yopish materialini ishlab chiqish imkonini beradi;
ikkilamchi xom ashyolar va qo‘shimcha asosida olingan muqobil qurilish bitumini hamda “Gidroizol-K” o‘ramali tom yopish materialini sifatini aniqlash va undan foydalanish usuli Sho‘rtan NGQChBning “2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2025 yil 17 martdagi 01/18-531-son ma’lumotnomasi). Natijada, muqobil qurilish bitumining fizik-mexanik ko‘rsatkichlari BN 90/10 bitumdan qolishmaganligini va u asosida sifatli “Gidroizol-K” o‘ramali tom yopish materialini olish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish