Abdullaev Azizbek Akbar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Alloksanli oksidativ stressda antioksidant tizimni biokimyoviy o‘zgarishlari va uni korreksiya qilish yo‘llari», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi, 03.00.10 - Biokimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/V1543.
Ilmiy rahbarlar Aripov Taxir Fatixovich, biologiya fahlari doktori, professor, akademik; Gayibov Ulugbek Gapparjanovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.V.22.05 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xamrakulov Sharifjon Xoshimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Baratov Qo‘zijon Rabbim o‘g‘li, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: alloksan bilan chaqirilgan oksidlovchi stress sharoitida hayvon to‘qimalaridagi antioksidant himoya tizimi ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlash hamda ularning molekulyar-hujayraviy ta’sir mexanizmlarini tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
RH, SM va MN ekstraktlarining asosiy ikkilamchi metabolitlarining sifat va miqdoriy tarkibi zamonaviy fitokimyoviy va xromatografik usullar yordamida eksperimental tarzda aniqlangan;
ekstraktlarning IV–V sinfga mansub kam toksik moddalar ekanligi eksperimental ravishda ko‘rsatilgan, sichqonlarga me’da ichiga yuborilganda LD₅₀ ko‘rsatkichlari aniqlangan bo‘lib, bu ularning yuqori xavfsizlik profiliga ega ekanligini va keyingi doklinik tadqiqotlar uchun istiqbolli ekanligini ko‘rsatgan;
birinchi marta in vitro, ex vivo va in vivo sharoitlarda alloksan-induksiyalangan oksidlovchi stress modeli asosida Rhodiola heterodonta (RH), Silybum marianum (SM) va Morus nigra (MN) ekstraktlarining yuqori antioksidant hamda antiradikal faolligi kompleks tarzda aniqlanib, ularning erkin radikal oksidlanish jarayonlarini susaytirishi va endogen antioksidant himoya tizimini faollashtirishi asoslab berilgan;
RH, SM va MN ekstraktlarining superoksid-anion radikali, gidroksil radikali, vodorod peroksidi hamda 2,2-difenil-1-pikrilgidrazil (DPPH) kabi faol kislorod shakllari va erkin radikallarni samarali neytrallash qobiliyatiga ega ekanligi aniqlanib, ularning keng spektrli antiradikal ta’siri isbotlangan;
birinchi marta dorivor o‘simlik ekstraktlarining jigar mitoxondriyalari membranalarida lipidlarning peroksid oksidlanishi mahsulotlari to‘planishini kamaytirishi aniqlanib, bu ularning mitoxondrial membranalar strukturaviy-funksional yaxlitligini saqlashga xizmat qilishi asoslab berilgan;
birinchi marta molekulyar doking yordamida ekstraktlar tarkibidagi biologik faol komponentlarning Keap1 oqsili bilan o‘zaro ta’sirlashishi aniqlanib, bu ularning Keap1/Nrf2 signal yo‘lini faollashtirishi isbotlangan;
ekstraktlar ta’sirida mitoxondriyalarning energetik ko‘rsatkichlari tiklanishi hamda hujayralarning oksidlovchi stressga nisbatan barqarorligi oshishi aniqlangan bo‘lib, bu ularning mitoxondrioprotektiv ta’sirini eksperimental asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘simlik ekstraktlarining antioksidant va antiradikal xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Rodiola ekstrakti” (RH) biologik faol qo‘shimchasiga texnik shart (TSh) ishlab chiqilgan va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan (S 03535693-49:2023) (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2023 yil 27 noyabrdagi 14-2/1451-2-683-sonli qarori). Natijada, “Oltin ildiz” nomli biologik faol qo‘shimchani ishlab chiqarish imkoniyatini bergan;
Rhodiola heterodonta ekstraktining antioksidant faolligiga oid ta’sir mexanizmidan UMO-2020/37/N/NZ5/02359 raqamli “Tirozin bilan modifikatsiyalangan polietilenimin polimerlari sinergik antitumor immunoterapiya sharoitida siRNA etkazib berish uchun istiqbolli vektor sifatida” (Polshaning Lodz universiteti) mavzusidagi loyihasida antioksidant moddalarning ta’sir mexanizmini aniqlashda foydalanilgan (Polshaning Lodz universitetining 2025 yil 20 iyundagi malumotnomasi). Natijada, Rhodiola heterodonta ekstraktining yuqori antioksidant faolligi va immunomodulyatorlik salohiyati aniqlanib, tabiiy antioksidantlarning biotibbiyot tadqiqotlari hamda istiqbolli terapevtik ishlanmalarda qo‘llanish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish