Ergashev Botir Zokir o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Meva-sabzavot mahsulotlarini etkazib berish zanjirlarining barqaror rivojlanishida intermodal tashishlarni tashkil etish tizimini takomillashtirish”, 05.08.01 – “Mamlakat, uning mintaqa, shahar va sanoat markazlarining transport tizimlari. Transport logistikasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.4.PhD/T5146
Ilmiy rahbar: Samatov G‘affor Allokulvich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.10/2025.27.12.T.01.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash
Rasmiy opponentlar: Ilesaliev Dauren Ixtiyarovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor; Juraboev Kamoljon Abdumuminovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi meva-sabzavot mahsulotlarini etkazib berish zanjirlarini barqaror rivojlantirishda intermodal tashishlarni tashkil etish tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlardagi eksport ko‘rsatkichlarini hisobiga olgan holda simulatsion modellashtrish usuli yordamida kontreyler terminallarini ratsional joylashtirish modeli takomillashtirilgan.
yuk terminali parametrlarining statistik ma’lumotlari orqali eksportchilar hamda tashuvchilar manfaatlarini inobatga olgan holda yuk terminallarini baholash mezoni ishlab chiqilgan.
yuk terminallarini baholash mezonlarining muhimlik darajalarini hisobga olgan holda ko‘p mezonli optimallashtrish usuli yordamida kontreyler tashishlarni minimal muddat ichida amalga oshirishda yuk terminalini tanlash uslubi ishlab chiqilgan.
temir yo‘l platformasining texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari orqali diskret hodisa modellashtirish usuli yordamida yuk terminali parametrlarini optimallashtrish modeli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Etkazib berish zanjirlarining barqaror rivojlanishini ta’minlashda intermodal tashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
O‘zbekiston hududida kontreyler terminallarini ratsional joylashtirish modeli “O‘zbekston eksportchilar uyushmasi”da joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025 - yil 27 - yanvardagi 4/E119 - son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston hududida ratsional kontreyler terminallarini joylashtirish imkoni yaratilgan.
Yuk terminallarini baholash mezoni “O‘zbekston eksportchilar uyushmasi”da joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025 - yil 27 - yanvardagi 4/E119 - son ma’lumotnomasi). Natijada, yuk terminallarini baholash mezoni muhimlik darajalarini aniqlash imkoni yaratilgan.
Meva va sabzavot mahsulotlarini kontreylerda minimal vaqt muddat ichida tashishini tashkil etishda yuk terminallarni tanlash usuli “O‘zbekston eksportchilar uyushmasi”da joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025 - yil 27 - yanvardagi 4/E119 - son ma’lumotnomasi). Natijada, meva va sabzavot mahsulotlarini kontreylerda minimal vaqt muddat ichida tashishini tashkil etishda yuk terminallarni tanlash imkoni yaratilgan.
Yuk terminali parametrlarini takomillashtirilgan diskret hodisa modeli “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Xalqaro raqamli transport koridorlarini rivojlantirish strategiyasi loyiha ofisi” joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025 - yil 27 - yanvardagi 4/E119 - son ma’lumotnomasi). Natijada, kontreylarlarning bekor turib qolish vaqti 12 foizga qisqardi va logistika xarajatlari 10 foizgacha kamaydi. Yillik iqtisodiy samara 415,5 million so‘mni tashkil etishiga olib kelgan.