Ismati Amir Olimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori oshqozon-ichak traktidan qon ketishi bo‘lgan bemorlarda salbiy oqibatlar xavfini baholashning bashoratli usullarini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya, 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menedjment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3921.
Ilmiy rahbarlar: Anosov Viktor Davidovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent. Mamaradjabov Sobirjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Zayniev Alisher Faridunovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc). Iskandarova Shaxnoza Tulkunovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: CHA University, Janubiy Koreya.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
oshqozon-ichakdan qon ketishi bo‘lgan (yuqori bo‘limlar) bemorlarda 30 kunlik statsionar o‘lim ko‘rsatkichini prognoz qilish usullarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
sun’iy intellekt dasturidan (program of AI) foydalanib, yuqori oshqozon-ichak traktidan qon ketishi bo‘lgan bemorlarni prognozlash tizimini takomilashtirish orqali yarali qon ketishlarda 32.1% dan 19.6% gacha, varikozli qon ketishlarda 10.5% dan 6.1% gacha residivlarlar sonining kamayishi ilmiy asoslangan;
retrospektiv taxlillar asosida bemorlar guruhida tavsiya etilgan prognostik tizimlarning AUROC ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori oshqozon-ichak traktidan qon ketishidan keyingi o‘lim kursatkichi asosan oshqozon-ichak tizimida varikoz kon tomirlar kengayishi bulgan bemorlarda ko‘p uchrashi aniklangan;
oshqozon-ichakning yuqori bo‘limlaridan qon ketishlari bo‘lgan bemorlarda takomillashtirilgan prognostik mezonlarini ko‘llash buyicha, davolashning tashkiliy-uslubiy jihatlari asosida klinik protokollar takomillashtirilgan;
yuqori oshqozon-ichak traktidan qon ketishi bilan bog‘liq (yarali qon ketish uchun 85.3%, varikozli qon ketish uchun – 94.1%) 30 kunlik gospital letallikni oldini olish imkonini beruvchi intellektual modelning prototipi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yuqori oshqozon-ichak traktidan qon ketishi bo‘lgan bemorlarda salbiy oqibatlar xavfini baholashning bashoratli usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 10.06.2025 y. 19/11-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor sun’iy intellektni mashinali o‘rganish dasturidan foydalanib yukori oshqozon-ichak traktidan qon ketishi bo‘lgan bemorlarda statsionar sharoitida prognozlash tizimi takomilashtirilgan va natijada (yarali qon ketishlar uchun dastlab 32.1% va keyinchalik pasiyishi bilan 17.6% darajagacha, varikozli qon ketishlar uchun dastlab 10.5% va keyinchalik pasiyishi bilan 6.1% darajagacha) residivlar sonining kamayishi ilmiy isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (05.05.2025 y. 187-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyati filiali (12.05.2025 y. 215-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: takomillashtirilgan prognostik tizimlardan foydalangan holda dasturiy stratifikatsiya qabul bo‘limi sharoitida bemorlarni yuqori va past xavf guruhlariga ajratish, shuningdek, dinamikada bemor holatini kuzatish imkonini berdi, bu esa o‘lim xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarga o‘z vaqtida kengaytirilgan tibbiy yordam hajmini tezkor ko‘rsatish, shuningdek, past xavfdagi bemorlar uchun tibbiyot muassasasi resurslaridan foydalanishni dozalangan holda optimallashtirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorlarni tabaqalashtirish konservativ terapiya va gemotransfuziya xarajatlarini kamaytirishga imkon berdi, bu esa o‘rtacha yotoq kunlari sonini 7.8±2.2 dan 6.6±1.9 gacha (har bir holat uchun ≈279 600 so‘mni tejash) va 30 kun ichida takroriy kasalxonaga yotqizish ko‘rsatkichini 7.2% dan 4.9% gacha kamaytirishga olib keldi. Bunday yondashuv sog‘liqni saqlash tizimi uchun yiliga 100 ming aholiga 50 ta holatda 5.6 milliard so‘mga yaqin mablag‘ni tejash imkonini berishi kutilmoqda. Retrospektiv guruhda residivlarning o‘rtacha chastotasi yarali qon ketishi bo‘lgan bemorlarda 32.1% ni tashkil etdi, takomillashtirilgan prognostik tizimlardan foydalangandan so‘ng pasayish 17.6% darajasiga etdi. Varikoz qon ketishlarda 10.5% dan 6.1% gacha pasayish kuzatildi. Residivlar chastotasining pasayishi bemorlarning reabilitatsiyasini tezlashtirishga yordam berdi (o‘rtacha yotoq kunlari soni 7.8±2.2 dan 6.6±1.9 gacha kamaydi, har bir holat uchun ≈279 600 so‘m iqtisod qilindi; reanimatsiyada o‘rtacha qolish 2.0±0.4 dan 1.2±0.2 kungacha kamaydi), shuningdek, yanada ratsionallikni ta’minladi. Xulosa: ilk bor yuqori oshqozon-ichak qon ketishi bo‘lgan bemorlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini mashinali o‘qitish modellari asosida kasallik oqibatlarini statsionar bashoratlash tizimi takomillashtirilgan. Yarali va varikoz qon ketishlarda residivlar chastotasining pasayishi isbotlangan. Tizimning joriy etilishi xavfni tabaqalashtirish aniqligini oshirdi, tibbiy resurslardan foydalanishni optimallashtirdi va sezilarli iqtisodiy ta’sir potensialiga ega bo‘lgan kasalxonada yotishning o‘rtacha davomiyligini kamaytirdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: retrospektiv taxlillar asosida bemorlar guruhida tavsiya etilgan prognostik tizimlarning AUROC ko‘rsatkichlari asosida yuqori oshqozon-ichak traktidan qon ketishidan keyingi o‘lim kursatkichi asosan oshqozon-ichak tizimida varikoz qon tomirlar kengayishi bulgan bemorlarda kamroq uchrashi aniklangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (05.05.2025 y. 187-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyati filiali (12.05.2025 y. 215-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, varikoz qon ketish bilan og‘rigan bemorlarda o‘lim darajasi yarali qon ketish guruhlariga qaraganda restrospektiv derivatsion (31.3%) va prospektiv validatsion (30.6%) namunalarda past bo‘lgan (derivatsion va validatsion guruhlarda mos ravishda 37.7% va 33.3%). O‘lim darajasidagi farqlarni aniqlash bemorlarni yo‘naltirishni optimallashtirish imkonini beradi, gospital o‘limni kamaytirishga va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifatini yaxshilashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalar sezilarli iqtisodiy samaradorlikka ega, chunki oshqozon-ichak traktining yuqori bo‘limlaridan qon ketishidan keyin o‘lim xavfi turlicha bo‘lgan bemorlar guruhlarini aniqroq ajratish imkonini beradi. Differensial yondashuv kasalxona resurslaridan oqilona foydalanishga, asossiz kasalxonaga yotqizishlar sonini kamaytirishga (tatbiq etish bosqichida 30 kunlik davrda 7.2% dan 4.9% gacha) va takroriy endoskopik aralashuvlarni (tatbiq etish bosqichida o‘rtacha 56% ga) kamaytirishga yordam beradi. Bemorlarni yo‘naltirishni optimallashtirish va sa’y-harakatlarni salbiy oqibat xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarga yo‘naltirish kasalxonada qolish muddatini qisqartirishni ta’minlaydi. Xulosa: retrospektiv tahlil natijasida birinchi marta oshqozon-ichak traktining yuqori qismlaridan qon ketishidan keyingi o‘lim ko‘rsatkichi varikoz manbalari bo‘lgan bemorlarda yarali manbalarga nisbatan past ekanligi aniqlandi. Ishlab chiqilgan prognostik tizimlarning joriy etilishi bemorlarni yo‘naltirishni optimallashtirish, gospital o‘limni, takroriy endoskopik aralashuvlar va asossiz kasalxonaga yotqizishni kamaytirish, shuningdek, kasalxonada qolish muddatini qisqartirish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: oshqozon-ichakning yuqori bo‘limlaridan qon ketishlari bo‘lgan bemorlarda takomillashtirilgan prognostik mezonlarini ko‘llash buyicha, davolashning tashkiliy-uslubiy jihatlari asosida klinik protokollar takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (05.05.2025 y. 187-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyati filiali (12.05.2025 y. 215-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: xavflarni yuqori va pastga tabaqalashtirish yuqori xavfli bemorlarni o‘z vaqtida intensiv terapiya o‘rinlariga o‘tkazish, shuningdek, ambulator davolanishni uzoq muddatli rejalashtirish bilan statsionar sharoitda past xavfli bemorlarni davolash, tibbiy yordamning manzilliligi va samaradorligini oshirish, resurslarni eng og‘ir bemorlarni davolashga o‘z vaqtida yo‘naltirish va asoratlar rivojlanishining oldini olish imkonini beradi (residivlar soni ikkala etiologik guruhda o‘rtacha 56% ga kamaydi). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: oshqozon-ichak traktining yuqori bo‘limlaridan qon ketishi bo‘lgan bemorlarda yuqori va past xavf guruhlariga ajratilgan holda prognostik mezonlar asosida klinik algoritmlarni takomillashtirish diagnostika va davolash resurslaridan foydalanishni optimallashtirish, asossiz kasalxonaga yotqizish va takroriy aralashuvlar sonini kamaytirish (3 oylik joriy etish davrida 39% ga kamaydi), shuningdek, bemorlarning kasalxonada qolish muddatini qisqartirish (o‘rtacha yotoq kunlari 7.8±2.2 dan 6.6±1.9 gacha kamaydi) va reanimatsiya (o‘rtacha reanimatsiyada qolish 2.0±0.4 dan 1.2±0.2 kungacha kamaydi), ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni tashkil etishning umumiy samaradorligini oshirish imkonini beradi. Xulosa: oshqozon-ichak traktining yuqori bo‘limlaridan qon ketishi bilan og‘rigan bemorlarni davolashning klinik protokollari prognostik mezonlar va xavflarni tabaqalashtirish asosida takomillashtirilgan. Joriy etish yuqori xavfli bemorlarni intensiv terapiya bo‘limlariga o‘z vaqtida yotqizishni ta’minladi, kasallikning qaytalanish chastotasini, takroriy aralashuvlar sonini kamaytirdi, kasalxonaga yotqizish va reanimatsiyada bo‘lish muddatini qisqartirdi, ixtisoslashtirilgan yordamning samaradorligi va manzilliligini oshirdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yuqori oshqozon-ichak traktidan qon ketishi bilan bog‘liq (yarali qon ketish uchun 85.3%, varikozli qon ketish uchun – 94.1%) 30 kunlik gospital letallikni oldini olish imkonini beruvchi intellektual modelning prototipi takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (05.05.2025 y. 187-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyati filiali (12.05.2025 y. 215-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: takomillashtirilgan prognoz tizimlari yuqori xavfli bemorlarni aniq aniqlash imkonini berdi, o‘z vaqtida bajarilgan endoskopik aralashuvlar sonini oshirdi (mediana 4.3 soatdan 3.3 soatgacha qisqardi), ulim kursatkichi yarali qon ketishda 16% dan 8% gacha va varikoz qon ketishlar uchun 12% dan 4% gacha kamaytirdi 3 oy ichida (p <0.05), qayta yotqizilishlarni 39% ga pasaytirdi 3 oy ichida. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tizimlarning yuqori spetsifikligi past xavfli bemorlarning ortiqcha yotqizilishlari va intensiv terapiyaga keraksiz o‘tkazishlarni chekladi, o‘rtacha statsionar kunlarni 7.2 kundan 5.8 kungacha qisqartirdi (3 oy kuzatuvda). Bu esa qon transfuziyasi va dori xarajatlarini optimallashtirdi hamda qayta yotqizilishlar ko‘rsatkichining pasayishiga, ambulator davolanish muddatining qisqarishiga va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik xarajatlarining kamayishiga olib keldi. Milliy miqyosda tatbiq etish yillik kamida 28 mlrd so‘m tejashni, 3 yilda ROI ≈ 4.5 ko‘rsatkichini va bir vaqtning o‘zida letallikni pasaytirish hamda byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirishni ta’minlaydi. Xulosa: 26 ta prediktor asosida ishlab chiqilgan yangi prognostik tizim varikoz manbalariga ega oshqozon-ichakdan qon ketishi bo‘lgan bemorlarda 30 kun ichida statsionarda o‘lim xavfini bashorat qilishda AUROC 0.941 (95% ISh 0.835–0.988; p <0.0001) qiymatini ko‘rsatib, barcha mavjud tizimlardan ustun ekanini tasdiqladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish